10 – Ma’ruza: Devorlarning asosiy defektlari. Devorlar konstruktsiyasi Reja



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#162368
  1   2
Bog'liq
10 - Maruza



10 – Ma’ruza: 

Devorlarning asosiy defektlari. Devorlar konstruktsiyasi 

Reja: 

 

1.  Devor konstruktsiyalarini namlanishidan himoyalash  



2.  Xonalarda namlanishni bartaraf etish usullari.  

 

     Tayanch  so’zlar:  grunt  suvlaridan  himoyalash,  quritishning  samaradorligi, 

hajm,  gidroizolyatsiya,  dielektrik      gidroizolyatsiya,  tabiiy  quritish,  elektroosmos 

usuli. 

 

Binoning  konstruktsiyaviy  yechimiga  bog’liq  holda  devorlar  turli 



funktsiyalarni bajaradi. Asosiy funktsional belgilaridan biri bino xonalarini iqlimiy 

ta’sirlardan  himoya  qilish,  hamda  vaqtinchalik  va  doimiy  yuklarni  poydevorga 

uzatishidan iborat.  

 

Bino devorlaridan texnik foydalanishning asosiy vazifasi butun xizmat qilish 



jarayonida  o’zining  yuk  ko’tarish  qobilyatini  va  himoya  –  qamrab  turuvchi 

xossalarini  saqlab  turishdan  iborat.  Atrof  muhit  yoki  ta’sir  etadigan  yuklarning 

loyihada  ko’rsatilgan  miqdoridan  oshib  ketishi  natijasida  devor  materiallarining 

fizik  –  mexanik  xossalari  o’zgaradi  va  yuk  ko’tarish  qobilyatini  yo’qotishi 

mumkin.  

 

Devorni  tez  yemirilishining  keng  tarqalgan  asosiy  sabablaridan  biri  doimiy 



ravishda namlik bilan o’zgaruvchan haroratning birgalikdagi ta’siridir. 

 

Devor  materiallarining  ko’pgina  qismini  xuddi  uch  fazalik  sistema  kabi 



qarash mumkin: qattiq jins – suv – havo. Bularning o’zaro nisbatlari ularning fizik 

xossalarini, ya’ni zichligi va namlik darajalarini belgilaydi. 

 

Massa namligi 



 qo’yidagi formula orqali hisoblanadi, % : 

 





100

/

)



(

1

2



1

P

P

P

в



,    


 

(1) 


 

bu yerda: 

R

 1 


 - material namunasining  qurutgunga qadar bo’lgan massasi, kg;  

R

2



 – o’sha materialning qurutgandan so’ngi massasi, kg. 

     


Hajmni namlik 



 quyidagi formula orqali  aniqlanadi % 

 

2



1

/

100



V

V

o



,                                 (2) 

 

bu yerda: 




          V

– namuna materialidagi namlik hajmi, sm



3

Turar joy binolari devorlaridagi hisobiy namlik  qurilish me’yoriy hujjatlari 



bilan me’yorlanadi. Masalan, keramzitobeton  devorlari uchun uning miqdori 10% 

dan, g’isht devorlari uchunesa 2% dan oshib ketmasligi kerak. 

 

Agar  materialning  hajmiy og’irligiγi γ  va  uning  massa  namligi  



ma’lum 



bo’lsa hajmiy namlikni quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 

 

                    



,





в

o

      



                                 (3) 

 

bu yerda:  



 γ - materialning quruq holdagi hajmiy massasi, g/sm

3

 . 



 

Tuzulma  tarkibida  bug’,  suyuqlik  yoki  muz  shaklidagi  namlik  material 

qalinligi  bo’yicha  harakatlanib  turadi.  Bug’larning  harakati  ular  elastikligining 

farqi (harakatdagi molekulalarning zarbasi natijasidagi bug’ bosimi, Pa) va xonaga 

ikki  tomondan  ta’sir  etadigan  havo  bosimining  farqi    natijasida  vujudga  keladi. 

Suyuq  holdagi  harakat  tortishish  qonuniyatlari,  kapilyarlik  kuchlari,  materialning 

harorat  kuchlanishi  natijasida  vujudga  keladigan  ichki  kuchlarning  o’zgarishlari 

natijasida  keladi.  Qattiq  holatdagi  nam  tashqi  bosim  va  harorat  kuchlanishlari 

ta’siridan harakatlanadi. 

 

Quyidagi sabablarga ko’ra namlik materialga kirib boradi: 



-  sorbtsiya  (materialning  havodan  namlikni  surib  olish  xossasi)  orqali,  havoda 

nisbiy namlik katta bo’lganda so’rib olish; 

-  suyuqlik  tekkanda  materialning  ho’llanishi  (kapilyar  so’rish,  kapilyarlik 

diffuziyasi  –  material  qa’rida  mikroskopik  ochiq  quvurlar  orqali  namlikning 

harakatlanish qobilyati); 

- havodan materialga namlikning qirib borishi  (namlikning  kirishi  );   

- fiziko – kimyoviy jarayonlar. 

Qurilish  materiallari  sorbtsiya  xossalariga  ko’ra  faol  sorbtsiyalanadigan  namlik 

(ko’pik  va  gazobeton,  fibrolit,  solomit,  oxak,  gips,  shlakobeton  va  boshqalar)  va 

inertsorbtsiyalanadigan  namlik  (beton,  qizil  va  sillikat  g’ishtlar,  granit,  ohaktosh, 

chag’irtosh, qamishit va boshqalar) turlariga bo’linadi.  

 

Harorat  pasayishi  bilan  materiallarning  sorbtsiya  xossalarini  oshishini 



e’tiborga olish lozim.  

 

Inertsorbtsiyalanadigan  materiallardan  tiklanadigan  devorlar  namligi 



xonaning  namlik  darajasiga  kam  ta’sir  ko’rsatadi,  biroq  xonadagi  namlik  uzoq 

muddatda ortiqcha miqdorda ajrab turadigan bo’lsa xona tomonidan material sirtqi 

qatlamida xo’llik vujudga kelishi mumkin.  

 

Odatiy  devorlar  gidrofil-  yaxshi  hullanadigan  materiallardan  tiklanadi, 



ularda  ho’llanish  natijasida  namlikning  faol  so’rilishi  kuzatiladi.  Kam  xollarda 


devorlar  gidrofob  materiallardan  tiklanadi,  bular  o’z  navbatida  suvni  surish 

xossalariga ega bo’ladi. 

 

Boshlang’ich  katta  namlikka  ega  bo’lgan  materiallar  quruq  materialiga 



nisbatan namlikni tez so’radi. Ayniqsa gips va ko’liqsilikatlar namlikni tez so’rish 

xossasiga  ega.  Qizil  g’ishtning  ham  nam  so’rish  tezligi  katta,  sillikat  g’ishtining 

nam so’rish xossasi qizil g’ishtnikiga nisbatan ikki marta kam. 

 

Nam so’rish tezligi kichik bo’lgan devor materiallarini boshlang’ich namligi 



kam  bo’lgan  devorlarda  qo’llash  kerak  hamda  keyinchalik  ularning    namdan 

saqlanish chora – tadbirlarini ko’rish lozim. Ayniqsa bu shlak va ko’pikbetonlarga 

ta’luqlidir. 

 

Qamrab  turuvchi  devorlar  havo  namligini  so’rish  bilan  zaxlaydi.  Buning 



natijasida  devorning  ayrim  qatlamlari  o’ta  tez  namlanishi  va  ko’chib  tushishi 

mumkin. 


 

Namlikning  bug’  shaklida  harakatlanishi  va  materiallarning  namlanishi 

diffuziyasiga  asosan  hamda  havoning  infilьtratsiyasi  natijasida  vujudga  keladi. 

Ikkala turdagi harakat ham nam o’tkazuvchanlik   deb ataladi. 

 

Quruq  xolda  material  nam  holatdagi  materiallarga  nisbatan  diffuzion  nam 



o’tkazuvchanlikka    katta  qarshilik  ko’rsatadi.  G’ovak,  bo’sh  materiallarda  suv 

bug’larining diffuzion haraktlarining tezligi intensiv bo’ladi.  

 

Infilьtrattsion  nam  o’tkazuvchanlik      suv  bug’larining  mexanik  harakati 



bosim natijasida vujudga keladi, bug’ qarshilik kam tomonga kirib boraveradi. 

 

Devorning  to’liq  nam  o’tkazuvchanligi    diffuzion  va  infelьtratsion  nam 



o’tkazuvchanliklarning algebraik yig’indisidir. 

 

Devordagi  namlikga  turli  xil  kimyoviy  jarayonlar  xam  sabab  bo’ladi. 



Qurilish  materiallari  tarkibidagi  Sa  O,  Mg  Cl

2

  ,  Ca  Cl



2

  lar  kuchli  gigroskopik 

xossalarga  ega  bo’lib,  havodagi  namlikni  o’ziga  tortib  oladi.  Kimyoviy 

reaktsiyalar  ham  devorni  namlanishiga  olib  keladi.  Masalan,  kalьtsiy  gidrooksid 

havodan dioksid uglerodini uzluksiz, sekin astalik bilan so’rab olishi natijasida suv 

ajralib chiqadi: 

 

Sa (ON)


2

 + SO


2

 → Sa SO


3

 + N


2

 O. 


 

 

Devorlarning  namga  chidamliligi  ularini  gidrofobizatsiya  qilish  bilan 



oshiriladi:  maxsus  ishlov  berish  natijasida  devor  sirtida  gidrofob  moddalar  va 

gazlardan tashkil topgan qatlam hosil qilinadi. 

 

Gidrobizatsiya  uchun  neftь  mahsulotlarining  chiqindilaridan  foydalaniladi 



(mыloneft,  bitumlar  va  sh.o’),  toshko’mir    mahsulotlari.  (degotь,  pek), 

kremnitorganlik  birikmalar  (silanlar,  siloksanlar),  sintetik  laklar,  yelimlar  va 




plastmassalar.  Hozirgi  vaqtda  devor  sirtini  kremniyorganikli  suyuqlik  bilan 

gidrofobizatsiya qilish keng qo’lamda qo’llanilmoqda. 

Hosil  bo’lgan  felyonka  suv  o’tkazmovchan  bo’lib,  bug’  va  havoni  yahshi 

o’tkazadi, yani u “nafas oladi”.  

 

Devor  konstruktsiyasi  ichki  sirtlari  yoki  uning  ichida  namning 



kondensatsiyalanishi  natijasida  namlanishi  mumkin    (ichki  kondensatsiya).  Ichki 

kondensat harorat “qirov nuqtasidan” past bo’lgan joylarda kuzatiladi.  

 

Ba’zi hollarda tashqi havo harorati ilkisko’tarilib ketganda ham devor tashqi 



qatlamlarida  namlik  kondensati  vujudga  keladi,  chunki  devor  harorati  havo 

haroratidan past bo’ladi. 

 

Ko’p  qatlamli  devorlardan  kondensatsiyalanishi  intensivligi  qatlamlarining 



joylashishiga  bog’liq.  Devorning  ichki  tomonidan  zich  bug’ni  kam  o’tkazadigan 

qatlam, tashqi qismidan esa – ko’p bug’ o’tkazadigan va kam issiqlik o’tkazadigan 

qatlam  joylashgan  devorlarda  namlarning  devor  ichida  kondensatsiyalanish 

ehtimoli kam. 

 

Devorning  namlanishiga  tashqi  devor  tomonga  mebellarning  qo’yilishi, 



gilamlar osib qo’yilishi, oziq ovqat tayyorlashda,  kir yuvishida, kirlarni quritishda, 

pollarni  yuvishida,  vannalardan  foydalanishda,  sabzavotlarni  saqlashdagi  

bug’larning ajralib chiqishi  sababchi bo’ladi. Masalan, odam tinch holatda 1 soat 

mobaynida  45  g,  og’ir  jismoniy  ish  qilayotganda  esa  180  –  220  g  bug’  ajratib 

chiqaradi.  Bir  sutkada  bitta  odam  uchun  ovqat  tayyorlashda  620  g    nam  ajralib 

chiqadi.  Kir  yuvishda  esa  3  kg  dan  ortiq  nam  ajralib  chiqadi.  20  m

2

  yuvilgan  pol 



sathidan 3,5 kg gacha nam ajralib chiqadi. Gaz apparatlarida gazning yonib turishi 

natijasida bug’ shaklidagi nam ajralib chiqadi.  

 

Metan gazini yonish jarayoning quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin. 



 

SN

4



 + 2O

 → SO



2

 + 2 N


2

 O + 212 k kal. 

16          64               44               36 

 

Bir  gramm  molekula  metan  gazi  yonishi  natijasida  36/16  =  2,25  g/g  suv 



ajralib chiqadi. 1m

3

  gaz  yonganda esa  havoga 0,7168 · 2,25 = 1,62 kg  suv bug’i 



ajralib chiqadi. Gazning 4 ta konforkasi bir vaqtda yonib tursa 1 soatda havoga 3,2 

kg suv bug’i ajralib chiqadi. 

 

Qish  sharoitida  namlik  harakatida  natijasida  namlik  issiqlik  izolyatsiyasi 



tomonidan so’rib olinadi. Issiqlik izolyatsiyasida namning  muzlashi o’z navbatida 

muz to’sig’i  vujudga keltiradi, bu esa  material qa’rida  namning to’planishi  uchun 

kondensat vazifasini bajaradi. Buning natijasida devorning ichki sirtida namlanish 

vujudga keladi. 




 

Yig’ma  panellardan  tiklangan  devorlarning  o’ta  namlanishiga  karniz  va 

binolar  chiqib  turgan  qismlari  yuqori  qismlarning  no’sozliklari  ;  balkon  pollari 

qiyaliklarining  yetarli  emasligi;  balkon  gidroizolyatsiyasining  yomonligi  (ayniqsa 

ularning  devorga  birikkan  joylarida);  panellarning  va  eshik  hamda  derazalarni 

birikkan  joylarining  yomon  germetizatsiya  qilinganligi;  devor  paneli  faktur 

qatlamining  qanoatlanarsiz  holati;  devorlarda  yoriqlar  va  ko’chgan    joylarining 

mavjudligi;  devor  panellari  oblitsovkalarini  buzilishlari  va  boshqalar.  Keltirilgan 

nuqsonlar  binoni    foydalanishga  qabul  qilguncha  qadar  bartaraf  etilishi  lozim. 

Foydalanish  jarayonida  esa  odatiy  va  mukammal  ta’mirlashlar  bilan  vujudga 

kelgan nuqsonlar bartaraf etiladi. 

 

Devorlarning  nam  bo’lishi  ularni    mustaxkamlik  tavsiflarini  kamaytirib 



qolmay, 

issiqlik 

o’tkazmovchanligini 

ham 


yomonlashtiradi. 

Qurilish 

materiallaridagi hajmiy namlikning 1٪ ga oshishi ularning issiqlik o’tkazuvchanlik 

koeffitsentini 4...5٪ ga oshishiga olib kelishi aniqlangan.  

 

Yoriqbardoshlik –  materiallarning yoriq xosil bo’lishiga qarshilik ko’rsatish 



xossasidir.  Devor  materiallarini  yoriqbardoshligini  oshirish  uchun  ularning 

boshlang’ich  namligi  unchalik  katta  bo’lmasligi  kerak    (  binoni  foydalanishga 

qabul qilishda), foydalanish jarayonida esa namlikning o’zaro o’zgarib turishi 2,5٪ 

dan  oshib  ketmasligini  ta’minlash  lozim  (namlik  gradienti).  Keltirilgan  miqdorni 

saqlash  uchun  devor  sirtini  gidrofobizatsiya  qilish,  tashqi  sirt  fakturasi  beton 

zichligini oshirish yoki oblitsovka qilish ishlari bajariladi.  

 

Hozirgi  paytda  ko’ndalang  yuk  ko’taruvchi  devorga  ega  bo’lgan  binolar 



keng  qo’lamda  qurilmoqda.  SHuning  uchun  ko’ndalang  devorlar  uchun 

mustahkamligi  katta  bo’lgan  materiallar,  bo’ylama  devorlar  uchun  esa  issiqlik 

izolyatsiyasi  xossasi  yaxshi  bo’lgan  materiallar  qo’llaniladi.  Bir  yoki  kam  qavatli 

binolarda bo’ylama va ko’ndalang devorlar tutashgan joylarida vujudga keladigan 

deformatsiyalar  unchalik  katta  emas  va  chegaraviy  qiymatlardan  oshib  ketmaydi. 

Ko’p qavatli g’isht va yig’ma devorli binolarda ko’ndalang va bo’ylama devorlar 

tutash  joylaridagi  deformatsiyalar  chegaraviy  qiymatlaridan  oshib  ketadi.  (1  - 

rasm). 


 

Yig’ma  devor  panellaridan  tiklangan  binolar  uchun  tashqi  devor 

panellarining o’zaro ichki devor panellari va orayopma plitalari bilan tutash joylari 

o’ta  muhim  hisoblanadi.  Bu  joylar  yaxshi  germetizatsiya  qilinmagan  bo’lsa 

qo’yma  detallarining  korroziyalanishiga  olib  keladi  va  bu  tugunlardan  yashash 

xonalarining  namlanishi vujudga keladi. 

G’ishtdan tiklangan devorlardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi: 

-  eshik  va  derazalar  uchun  mahalliy  kengash  qurilish  bo’limi  tomonidan 

tasdiqlangan loyixasiz yangi joylar ochish; 

- xonalarda va umumiy foydalanish joylarida kir quritish; 




- xonani qo’shimcha isitish uchun gazdan foydalanish; 

-  devor  tashqi  sirtlarida  maxsus  loyihasiz  va  qo’shimcha  gidroizolyatsiya  chora  – 

tadbirlarisiz birikmalar o’rnatish; 

 

 



 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish