1. Testlash va verifikatsiya jarayonini kuzatish



Download 21,39 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi21,39 Kb.
#535334
Bog'liq
10-Amaliy ish
adiblar, Lecture 4, Lab1, SALMONXON, Yo`ldoshev S, T, o-zbekistonda-baliqchilikning-xalq-xojaligidagi-ahamiyati-va-uni-tashkil-etish-masalalari (1), O\'quv markazlari haqida 1111, 9-sinf so\'rovnoma blankasi, 9-sinf so\'rovnoma blankasi, TRANSPORT VOSITALARINING KONSTRUKSIYASI test JAVOBI TAYYOR YANGi, Parmonov Aslbek buxdu, J J Russoning «ijtimoiy shаrtnomа» hаqidаgi tа’limoti , бетликка, Пакет хужжатлари Учун Шаблон

Mavzu: Testlash va tekshirish jarayonini xujjatlashtirish, kuzatish. Texnologik jarayonlar. Tekshirish rejasi va strategiyasi.
1. Testlash va verifikatsiya jarayonini kuzatish.
2. Verifikatsiya jarayoninng texnologiyasi va loyihadagi roli.
3. Verifikatsiyaning strategiyasi va rejasi.
Ixtyoriy murakkab dasturiy tizimni yaratish loyixasi ustida ishlanganda katta miqdordagi loyixa xujjatlari yaratiladi. Uning asosiy vazifasi – bir biriga bog‟liq bo‟lgan katta miqdordagi ishlab chiquvchilarning tizimni boshlang‟ich ishlab chiqish jarayoni, modifikatsiya qilish jarayoni, kuzatish jarayonining uzoq yoki qisqa davomli vaqt oralig‟idagi xarakatidir. Loyixa xujjatining tuzilmaviy qismi ko‟pgina loyixalarda bir xil – bu tizimning xar xil bosqichidagi (tizimli, funktsional va tuzilmaviy) talablardan, uning arxitektirasi xaqidagi ma‟lumot, dastur kodi, testi va xujjatlaridan, hamda o‟rnatish jarayonini(yuklash bo‟yicha qo‟llanma, sozlash, foydalanuvchi uchun qo‟llanma) kuzatishdan iborat. Dasturiy tizimning verifikatsiya jarayoni (optimistik xollarda) etarli darajada katta bo‟lgan ishlab chiquvchilar kollektiv tomonidan ishlab chiqiluvchi xayot tsikli davomida bajariladi. Testlash jarayonida esa testlash xujjatlari yaratiladi. Uning asosiy vazifasi – belgilangan sifat bahosiga mos keluvchi testlashni, hamda tizimning barcha aspektlari(qarashlari) ni testlashni bajarishda kafolatni ta‟minlash orqali har xil bosqichdagi testlovchilarning xarakatini sinxronizatsiya qilishdir. Bundan tashqari testlash xujjati tizimning yangi funksional xolati eski xolati kabi aniq ishlayotganligini tekshirish uchun o‟zgartirishlarda ishlatiladi.
Testlash rejasi – tashkiliy xujjat bo‟lib, aniq keltirilgan loyixada teslash qanday bajarilishi bo‟yicha talablardan iborat bo‟ladi. Unda verifikatsiya va ishlab chiqish jarayoni mosligi bo‟yicha umumiy yondashuv aniqlanadi, verifikatsiyani amalga oshirish metodikasi, testlash xujjatlar tarkibi va uning verifikatsiyaning turli xil bosqichlaridagi ishlab chiquvchilar xujjatlari bilan bog‟liqligi, testlashda ishlatiladigan barcha kerakli bo‟lgan ma‟lumotlarni bajaruvchi testlovchilarning turli xil rollari va kvalifikatsiyalari, testlash asboblari va stendlariga bo‟lgan talablar aniqlanadi, xavf-xatar baholanadi va ularni bartaraf etish yo‟llariga o‟tiladi. Ushbu xujjatda testlash xujjatiga ya‟ni test-talablar, test-reja, testlash bo‟yicha xisobotga tegishli talablar xam aniqlanadi. Bu talablarga mos ravishda tizimli va funktsional talablar bo‟yicha testlovchilar test-talablarini – tizimning qaysi bir aspektlari testlangan bo‟lishi kerakligi xaqidagi xujjatlar ishlab chiqadi. Arxitektura asosida esa quyi darajadagi test-talablar ya‟ni testlanishi kerak bo‟lgan aniq dasturiy tizim aspektlari ishlab chiqiladi. Test-talablarining asosida testlovchilar test-talablarning testlanishi kerak bo‟lganligi xaqidagi to‟liq beriluvchi xujjatni ya‟ni test-rejani ishlab chiqadi. Test-talablari va ishlab chiquvchilarning loyixa xujjatlari asosida testlash muxiti, testning aniq bajarilishi uchun zarur bo‟lgan testlash stendlari – drayverlar, fayllar va boshqalar yaratiladi. Tizimga o‟zgarish xisobotlarni to‟liq o‟rganib chiqilgandan va talablarga mos bo‟lmagan muammolar lokalizatsiyalashdan so‟ng kiritiladi. O‟zgartirish jarayoni nazoratdan chiqib ketmasligi va ixtiyoriy o‟zgartirish protokollashtirilganligi (muammolarni aniqlovchi testlar bilan bog‟langan) uchun tizim o‟zgartirilishi xaqida so‟rov yaratiladi. Testlash jarayoni o‟zgartirish bo‟yicha so‟rovlar barcha ishlar bajarilgandan so‟ng dasturiy tizimning sifatli bosqichiga etgunga qadar takrorlanadi. SHuni ta‟kidlash lozimki, barcha xujjatlar unikal identifikatorga ega bo‟lishi va loyixa xujjatlari joylashgan yagona bazada saqlanishi kerak. Bu testlash jarayoning boshqaruvchanligini saqlab qolish imkonin beradi va ishlab chiqiluvchi tizim sifatini ta‟minlaydi. Eng yomoni xisobot yo‟qligi va ishlab chiquvchiga yetib kelmaganligi tufayli topilgan xatoliklar to‟g‟rilanmasligidir. Verifikatsiyaning strategiyasi va rejasi Verifikatsiya jarayoni texnologik xujjatlari tarkibiga kiruvchi birinchi xujjat – testlash strategiyasidir. Verifikatsiya strategiyasida loyixa xujjatlari va dastur kodi uchun kerakli bo‟lgan verifikatsiyaning umumiy yondashuvi va metodikasi, texnologiyasi va instrumental vositalari aniqlanadi. Verifikatsiya jarayonidan oldin yaratiladigan xujjat – verifikatsiya rejasi xisoblanadi. Bu reja verifikatsiyaning barcha bosqichlarini, xar bir bosqichdagi protsedura va ishlab chiqiluvchi bosqichlar bilan bog‟liqligi ketma-ket ro‟yxatga olishdan iborat. Xar bir bosqichda quyidagilar aniqlanadi:
kiruvchi va chiquvchi xujjatlar turi;
verifikatsiyaning umumiy prodsedurasi;
vazifalar va majburiyatlar;
chiquvchi xujjatlar identifikatsiyasi bo‟yicha bitim va formatlar;
bosqichlarni natijaviy baxolash.
Ba`zida verifikatsiya rejasi alohida xujjatlarga ajratiladi va xar bir bosqichda to`liqroq keltiriladi. Masalan:
tizimli talablari verifikatsiya rejasi;
arxitekturasi verifikatsiya rejasi;
dastur kodi testlash rejasi;
modular va ular integratsiyasi testlash rejasi;
tizimli testlash rejasi;
teslash yuklamasi rejasi;
yarimtabiat sinov rejasi;
topshirilgan-usul sinov rejasi.
Testlash rejasining asosiy vazifasini IEEE 829standartiga asosan 4 qismga bo‟lingan. Bular quyidagilar:
testlash chegarasini aniqlash;
testlashning rejasi va grafikasi;
testlash yo‟li;
resurslarni testlash uchun talablar.
Testlash rejasi testlanayotgan elementlar va tizim funktsiyalari, vazifalari, testlash yo`lini xal qilish, xodimlar, testlash va xavf – xatarlarga javobgarlik kabilar bilan belgilanadi. Testlash rejasining bunday shakli etarli darajada to‟liq va o‟z ichiga texnik jixatlaridan tashqari boshqalarni mujassamlashtiradi, testlash jarayonini umumiy boshqarish bilan bog‟langan. Amaliyotda texnik va tashkiliy qismlari testlash rejasida etarli darajada kuchli variantlangan. Har bir testlash rejasi o‟z ichiga quyidagilarni olishi zarur: Testlash rejasi identifikatori va versiya nomeri. Bu bir urinishda zarur bo‟lgan testlash rejasini va uning loyixa ma‟lumotlar bazasidagi oxirgi aktual versiyasini topishga yordam beradi.
Test – rejasi umumiy tavsifi;
Boshqa xujjatlar yo’nalishini belgilash (trassirovkalash) – standartlar, testlash rejalari,
test – talablar, bajarilgan test natijalari;
Tizimni testlanayotgan qismini aniqlash – ko‟rsatilgan loyixaviy xujjat qismi kiruvchi matnlar, bajarilayotgan kod,
Testlash yo’lini aniqlash – testlash tizimini davomiy ushlab turishga yordam beruvchi umumiy metodikasini aniqlash.
Ko`pgina testlar etarli darajada kuchli farq qilishi, umumiy metodlar va ularning qurilish yo`llari yagona bo‟lishi mumkin. Har bir testlash rejasi o‟z ichiga quyidagilarni olishi zarur:
Testlash rejasi identifikatori va versiya nomeri. Bu bir urinishda zarur bo‟lgan testlash rejasini va uning loyixa ma‟lumotlar bazasidagi oxirgi aktual versiyasini topishga yordam beradi.
Test – rejasi umumiy tavsifi;
Boshqa xujjatlar yo’nalishini belgilash (trassirovkalash) – standartlar, testlash rejalari, test – talablar, bajarilgan test natijalari;
Tizimni testlanayotgan qismini aniqlash – ko`rsatilgan loyixaviy xujjat qismi kiruvchi matnlar, bajarilayotgan kod,
Testlash yo’lini aniqlash – testlash tizimini davomiy ushlab turishga yordam beruvchi umumiy metodikasini aniqlash.
Ko‟pgina testlar etarli darajada kuchli farq qilishi, umumiy metodlar va ularning qurilish yo‟llari yagona bo‟lishi mumkin. bo‟yicha testlansa, bu qismda qurilmalarga bo‟lgan talabga nisbatan ozgina yuqori, tizim ishlashi uchun etarli bo‟lgan testlash uchun kerakli bo‟lgan talablar qurilmalarga o‟tkaziladi.
Resurslar va ularning tayyorlanish darajasiga oid – testlash guruxlari tarkibi, belgilangan muddatlarga testlashni muvaffaqiyatli yakunlash.
.Reja-grafik testlash – testlashning barcha fazasi muddatini aniqlaydi.
Xavf-xatarlar – testlash muddatini yakunlashga xalaqit berishi mumkin bo‟lgan xavf-xatarlar ro‟yxatini o‟z ichiga oladi. Strategiya va testlash rejalari testlash loyixasiga nisbatan boshqa xujjatlardan ancha farq qiladi.
Download 21,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti