4-ma’ruza. Burchak turlari. Simmetrik shakllar.
Reja:
1. Burchak turlari, shakllarni burish tushunchalarini kiritish metodikasi.
2.Burchak simmetriyasi, simmetrik shakllar tushunchalarini o’rgatish. Sodda grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan tanishtirish.
1-reja:Burchak turlari, shakllarni burish tushunchalarini kiritish metodikasi.
Oldingi mavzularda ta’kidlaganimizdek, yoyiq burchakning gradus o’lchovi 1800 ga teng. Buni qisqacha: oeYoyiq burchak 180 gradusga teng deb ham aytamiz. Burchaklar kattaligiga qarab turlarga ajratiladi. Agar burchakning gradus o’lchovi: 900 dan kichik bo’lsa (1a-rasm), u o’tkir burchak, 900 ga teng bo’lsa (1b-rasm), to’g’ri burchak, 900 bilan 1800 orasida bo’lsa (1c-rasm), o’tmas burchak deyiladi. Demak, o’tkir burchak to’g’ri burchakdan kichik, o’tmas burchak esa katta bo’ladi.
Chizmada burchakning to’g’ri burchak ekanligi alohida, 1b-rasmdagidek belgilanadi.
Burchakning uchidan chi qib, uni teng ikki burchakka ajratuvchi nur burchak bissektrisasi deb ataladi.
1-reja yuzasidan test: 89 graduslik burchak qanday burchak deyiladi?
A) to’g’ri
B) yoyiq
C) o’tkir
D) o’tmas
2-reja: Burchak simmetriyasi, simmetrik shakllar tushunchalarini o’rgatish. Sodda grafiklar, diagrammalar, jadvallar bilan tanishtirish.
Simmetriya (yun. symmetria — oʻlchovdosh) (matematikada) — 1) tor maʼnoda — S. fazoning a tekislikka (tekislikdagi a toʻgʻri chiziqqa) nisbatan unga tegishli har bir M nuqtaga shunday M’ nuqtani mos qoʻyuvchi almashtirishki, MM’ kesma a tekislikka (a toʻgʻri chiziqqa) tik boʻlib, tekislik (toʻgʻri Chizik} bilan kesishish nuqtasida teng ikkiga boʻlinadi. a tekislik (toʻgʻri chiziq) S. tekisligi (oʻqi) deyiladi; 2) keng maʼnoda — S. geometrik F shaklning shunday xossasiki, harakatlanish va qaytishlar natijasida F ning shakl koʻrinishi oʻzgarmay qoladi. Aniqrogʻi, F shaklni oʻz-oʻziga aylantiruvchi ortogonal almashtirish mavjud boʻlsa, bu F shakl S.ga ega (simmetrik) deb yuritiladi (1rasm). S.ning markaziy oʻqqa nisbatan va koʻchirma S.si mavjud. O nuqtaga nisbatan markaziy S. (inversiya) natijasida F shakl birbiriga perpendikulyar uchta tekislikdan ketma-ket qaytish natijasida oʻz-oʻziga aylanadi, boshqacha aytganda O nuqta F ning simmetrik nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalar oʻrtasidir. Oʻqqa (toʻgʻri chiziqqa) nisbatan ltartibli S.da shaklni shu oʻq (toʻkri chiziq) atrofida 360°/" ga teng burchakka aylantirish natijasida oʻz-oʻzi bilan ustmaust keltiriladi. Koʻchirma S.sida shaklni oʻz-oʻziga ustmaust keltirish uchun u biror toʻgʻri chiziq (koʻchirish oʻqi) boʻylab belgili kesmaga kadar siljitiladi (2-rasm). 3) Umumiy maʼnoda S. matematik (yoki fizik) obʼyekt sgrukturasining uning almashtirishlarga nisbatan invariantligini bildiradi. Mas, nisbiylik nazariyasi qonunlari S.si ularning Lorens almashtirishlariga nisbatan invariantligi bilan belgilanadi.
2-reja yuzasidan test: ,, symmetria’’ so’zi qaysi tildan olingan?
A) lotin
B) ingliz
C) turk
D) yunon
Do'stlaringiz bilan baham: |