1. Quyidagi Rim sarkardalaridan qaysi biri nisbatan oldinroq yashagan?



Download 72,7 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi72,7 Kb.
#423994
  1   2
Bog'liq
DTM Variant VII


1. Quyidagi Rim sarkardalaridan qaysi biri nisbatan oldinroq yashagan?
A) Mark Krass B) Ssipion C) Sezar D) Trayan
2. Quyidagilardan bir davrda sodir bo'lgan voqealarni aniqlang.
1) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 2) Shumer-Akkad davlatining qulashi; 3) Dovon davlatining barham topishi; 4) Kushon davlatining inqirozga yuz tutishi
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 3, 4
3. Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun etrusklar yunon koloniyalari bilan kurash boshlagan davrda vatanimiz tarixida bo'lgan voqeani belgilang?
A) Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi.
B) Ilk temir davriga o'tish boshlandi.
C) Saklar o'z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun
harbiy ittifoq tuzdilar.
D) Saklar Qang' davlatiga asos soldilar.
4. Abulqosim Bobur vafotidan keyin qaysi temuriy shahzodaning isyonlari ko'proq Abu Saidni tashvishga solgan edi?
A) Mirzo Abdullo B) Shoxrux Mirzo C) Sulton Ahmad D) Sulton Husayn
5. Ilk o'rta asrlarda Xuroson deb atalgan hududni aniqlang?
A) Eronning shimoli sharqiy, Afg'onistonning shimoliy, qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
B) Afg'onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Bolujistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
C) O'zbekistonning janubi, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
D) Afg'onistonning shimoliy, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Hindiston to Amudaryogacha bo'lgan hududlar
6. Eftallar bilan to‟nashuvning muqarrarligi Turk xoqonligini qaysi davlatlar
bilan yaqinlashtirdi?
A) Sosoniylar va Vizantiya
B) Xitoy va Hindiston
C) Xuroson va Movaraunnahr
D) Sosoniylar va Xitoy
7. Qo'qon xonligida mavjud bo'lgan quyidagi soliqlar turi to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) "qo'ra boshi"; 2) "tutun haqi"; 3) "yig'im soliq";
a) bahor kelganda yangi yaylovlarga ko'chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo'y bilan olinadigan soliq;
b) ko'chmanchi chorvadorlardan mol boshiga va qo'rasiga qarab, qishda mollar qo'ralarda turganida yig'ib olinadigan soliq;
c) zakot to'lamaydigan boylar va ularning qarindoshlari
bekka berdadigan 9 buyumdan iborat in'omlar
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c
8. Vatanimizdagi qaysi madrasining qurib bitkazilishi Qo‟qondagi Xudoyorxon saroyi qurilishi vaqtiga to‟g‟ri keladi?
A) Sulton Murodbek madrasasi
B) Norbo‟tabiy madrasasi
C) Muxammad Raximxon madrasasi
D) Hokim oyim madrasasi
9. Buxoro taxtida Sayid Olimxon o'tirgan davrda tarixda o'tgan voqealarni toping?
1) Abdulla Avloniy "Turon" truppasini tashkil etdi; 2) Samara teatri Turkiston o'lkasida bir necha kunlik dasturlarini namoyish etdi; 3) Sirdaryo magistral kanali bunyod etish ishlari boshlandi; 4) Turkistonda tatar va
ozarbayjon truppalarining gastrollari bo'lib o'tdi; 5) Mahmudxo'ja Behbudiy islom tarixiga oid asar yozdi.
10. 1892-yilda Turkiston o'lkasida noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablar to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang?
1) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi; 2) shahar Dumasiga saylovlarda mahalliy aholi va rus aholisiga teng imkoniyatlar berilganligi; 3) xalq ommasining og'ir ahvoli, hunarmandchilik, kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; 4) mahalliy aholini harbiy xizmatga ommaviy safarbar etilishi; 5) iste'mol mahsulotlari narxlarining to'xtovsiz oshib borishi, soliqlarning ko'pligi; 6) amaldorlarning o'z mansablarini
suiiste'mol qilishi va poraxo'rligi; 7) vaqf yerlarini tugatish to'g'risidagi farmonning chiqarilishi.
A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 6, 7
11. Turkiston o'lkasida tarixan shakllanib kelgan an'anaviy egalik qilish munosabatlari qachon va qaysi hujjat bilan o'zgartirildi?
A) 1867-yilgi "Nizom" loyihasining "Turkiston o'lkasining yer tuzilishi"degan bo'lim asosida
B) 1865-yilgi "Turkiston viloyatini boshqarish to'g'ridagi Nizomning "Turkistonda yer-suvdan foydalanish tartiblari" to'g'risidagi bo'limi asosida
C) 1876-yilgi "Turkiston o'lkasida yer-suvdan foydalanish to'g'risida"gi Nizom asosida
D) 1886-yilgi "Nizom"ning "Turkiston o'lkasining yer tuzilishi" degan bo'limi asosida
12. Buxoro Xalq Soveti Respublikasida savdo va sanoat ishlari vaziri kim edi?
A) Muxtorjon Saidjonov B) Mirzo Muhiddin Mansurov
C) Y.Ibrohimov D) Najib Husainov
13. O’zbekistonda ‘’Umid’’jamg’armasini tashkil etish to’g’risida qonun qachon qabul qilingan?
A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
14. ‘’O’zbekmuzey’’Respublika jamg’armasi qachon tuzildi?
A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
15. Angliyada qo'shimcha jon solig'i joriy etgan qirol vafot etgan yilda Amir Temur… ?
A) Xitoyga yurish boshladi.
B) Besh yillik urushdan Samarqandga qaytdi.
C) To'xtamishxonni mag'lub qilib, Oltin O'rda poytaxti Saroy Berkani qo'lga kiritdi.
D) Mahmud Sulton qo’shinlarini yengib,Dehlini egalladi.
16. Aleksandr Nevskiy kimlarning yordami bilan Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qildi?
A) Rostov qshinlari
B) Vladimir knyazligi qshinlari
C) yollanma Viking qabilalari qshinlari
D) Suzdal qshinlari
17. O’rta asrlarda Inklarda ‘’kipu’’ tugunli xatining siri faqatgina kimlarga ma’lum edi?
A) kohinlarga B) Oliy Inkaga
C) ruhoniylarga D) rohiblarga
18. Buyuk Britaniyada birinchi temiryoʻl qurilgan yilda sodir boʻlgan voqeani aniqlang.
A) Meksika mustaqil boʻldi
B) Rossiyada “dekabristlar qoʻzgʻoloni” boʻldi
C) Meksika respublika bldi
D) Lionda toʻquvchilar qoʻzgʻoloni boʻldi
19. Prussiyada qaysi hukmdor taxtga chiqqanda Nodirshoh Xiva va Buxoroni egalladi?
A) Fridrix I B) Fridrix II C) Fridrix III D) Fridrix IV
20. Rossiyada birinchi podsholik va birinchi imperatorlik tojini kiygan hukmdorlarni toping.
1) Ivan III; 2) Ivan IV; 3) Pyotr III; 4) Pyotr I;
5) Vasiliy III
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 3
21. AQSH konstitusiyasiga birinchi marta tuzatish kiritigan yili vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang?
A)Kaspiyorti viloyati tashkil topdi.
B) Jizzax shahri rus askarlari tomonidan egallandi.
C) Buxoro taxtiga Amir Muzaffar o‘tirdi.
D)Qo‘qon shahrida Po‘latxon boshchiligida qo‘zg‘olon
ko‘tarildi.
22. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida favqulodda komissiya rahbari kim edi?
A) Muxtorjon Saidjonov B) Mirzo Muhiddin Mansurov
C) Y.Ibrohimov D) Najib Husainov
23. O’zbekistonda qachon ‘’Yoshlar iitifoqi’’tashkiloti tugatilib, O’zbekiston Respublikasi yoshlarining ‘’Kamolot’’jamg’armasi tuzildi?
A) 1991-yil B) 1993-yil C) 1994-yil D) 1996-yil
24. O’zbekistonda ‘’Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi farmon qachon qabul qilingan?
A) 2014-yil B) 2015-yil C) 2016-yil D) 2017-yil
25. Buyuk Karl davriga oid voqeani aniqlang?
A) an’anaviy xalq lashkari tuzilgan
B) Yevropada ilk graflikga asos solingan
C) xalq maktabi joriy etilgan
D) 20 yillik urushdan so‘ng sakslar bo‘ysundirilgan
26. Qachonga kelib Italiyada koalitsion hukumat shakllandi?
A) 1950-yillarga kelib B) 1960-yillarga kelib
C) 1970-yillarga kelib D) 1980-yillarga kelib
27. 11 yil mobaynida hokimiyatda turgan SSSR va Britaniya rahbarlari?
A) Brejnev/Cherchill B) Chemberlen/Meyjor
C) Tetcher/Xrushov D) Tereza Mey/Stalin
28. Quyida 11 raqami bilan belgilangan davlatni qachon,qaysi davlat bosib olgan edi?

A) 1830/Fransiya B) 1885/Germaniya
C) 1884/Germaniya D) 1881/Fransiya
29. Quyida rasmda berilgan shaxs haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang?

A) Uning davrida Maurya davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishadi.
B) U yangi din bo’lmish buddaviylikka asos slogan.
C) U Maurya davlatiga asos solidi.
D) U bunyodkorlik va vayronagarchilik xudosi hisoblanadi.
30. Quyidagilarni moslashtiring?


Download 72,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish