Mavzu:O’zekiston Respublikasida qishloq xo’jaligida mehnat gigiyenasining ahamiyati
Reja:
1.Qishloq xo’jaligida mehnat gigiyenasi
2.Paxtakorning mehnat gigiyenasi
3. Qishloq xo’jaligida kimyoviy birikmalar bilan ishlashda mehnat gigiyenasi.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT GIGIYENASI
Qishloq xo‘jaligi xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi sohadir.
Qishloq xo‘jaligi ishlari, asosan, ikki tarmoqqa bo‘linadi.
1. O‘simlik mahsulotlari (g‘alla, sabzavot, meva, poliz va hokazo) yetishtirish.
2. Chorvachilik mahsulotlari (qoramol, parrandachilik, baliqchilik va h.) yetishtirish.
PAXTAKORLARNING MEHNAT GIGIYENASI
Ma’lumki, dala mehnatkashlari bir umr ochiq havoda mehnat qiladilar. Dala toza bo‘lgani bilan, mehnat gigiyenasi qoidalariga amal qilinmasa, sog‘liqqa yomon ta’sir qilishi ham mumkin.
O‘zbekistonda havo harorati tez-tez keskin o‘zgarib turadi,yozda kechasi salqin (tog‘li hududlarda) hatto sovuq, kunduzlari issiq bo‘ladi, bahor va kuz fasllarida ham havo keskin o‘zgarib turadi. Yil fasllari va iqlimiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kiyinish, ishni va dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘z vaqtida to‘g‘ri ovqatlanish sog‘liqni saqlashning asosiy talablaridan hisoblanadi.
Chigit ekishdan oldingi ishlarda mehnat gigiyenasi
Paxtakorlar qish va bahor fasllarida ariq va zovurlarni tozalash, yangi o‘zlashtirilgan yerlarda ariqlar ochish, yerlarning sho‘rini yuvish, ekishga tayyorlash, o‘g‘itlar sepish, yer haydash va ko‘pgina ishlar bilan band bo‘ladilar. Bu davrda dala mehnatkashlarining ishlashi va dam olishi uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor berish, dala shiyponlarini yaxshilab jihozlash va isitish , albatta issiq ovqat va choy, toza suv bo‘lishi kerak.
Qishloq xo‘jalik xodimlari ish kuni davomida har ikki soatda 10 minutdan dam olib turishlari kerak. Shunda hordiq chiqadi va mehnat unumi ortadi.
Chigit ekish va g‘ozani parvarish qilish davrida mehnat gigiyenasi
Yer ekishga tayyor bo‘lgach, ekish uchun chigit paxta tozalash zavodlari yoki tayyorlov punktlaridan olinadi. Urug‘lik chigitlar turli kimyoviy moddalar, 1990- yildan boshlab tigam, formalin va boshqalar bilan dorilanadi.Agar dorilangan chigitni zavod tayyorlov punktlaridan olishda, tashishda va saqlashda ehtiyot bo‘linmasa, chigitdagi kimyoviy moddalar bug‘lanib kishilar sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun ish vaqtida albatta, ehtiyot choralari ko‘rish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
–urig‘lik chigitning qanday kimyoviy moddalar bilan dorilanganini bilish, shunga qarab, ehtiyot choralari ko‘rish;
–chigitni olish va tashishda shifokor tekshiruvidan o‘tgan sog‘lom kishilar ishlashi kerak;
–o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarga dorilangan chigitlar bilan ishlashga ruxsat etilmaydi. Sanitariya maorifi, shifokor va agronom dehqonlarga, dala ishchilariga zaharlanishdan saqlanish yo‘llari va zaharlanish alomatlari, davo-choralari ko‘rish
haqida tushuncha berishlari lozim;
–dorilangan chigitlarni qabul qilib olishga va tashishga tayinlangan shaxslar uchun maxsus korjomalar (kombinezon, qo‘lqop, respirator yoki og‘iz-burun boylanadigan doka va ehtiyot
ko‘zoynagi) ajratilishi kerak;
Dorilangan chigitni tashish uchun maxsus transport vositalari ajratilishi va unda odam, oziq-ovqat va yem- xashak tashilmasligi qa’tiy nazorat qilinishi zarur, ish tamom bo‘lgandan keyin ustki kiyimni yaxshilab tozalash, ich kiyimni esa har ikki-uch kunda almashtirish kerak. Kombinezon, qo‘lqop korjoma va respiratorlarni uyga olib ketishga ruxsat etilmaydi. Ish joyida ovqatlanish, suv ichish, chekish mumkin emas, ovqatlanish oldidan va ish
tugagandan keyin yuz-qo‘lni, albatta, sovunlab yuvish, iloji bo‘lsa cho‘milish lozim;
–chigitni tashib bo‘lgandan keyin transportning yog‘och qismini xlorli ohak bo‘tqasi, temir qismini esa, kerosin bilan, keyin suv bilan yuvish lozim;
–urug‘lik chigit turar-joy va xo‘jalik binolaridan kamida 25 metr narida joylashgan maxsus binoda saqlanadi. Zaharli preparatlar turadigan omborga havo yaxshi kirib turishi, tomi butun bo‘lishi va eshigini qulflab qo‘yish kerak.
Yer haydalib ekishga tayyor bo‘lgandan keyin tuproqning o‘rtacha harorati taxminan 10 °C bo‘lganda chigit ekishga kirishiladi. Chigit dorilanadigan apparatlar jips berkiladigan bo‘lishi kerak. Chang chiqadigan joylarda havo so‘rish moslamasi o‘rnatiladi. Chigitni quruq dorilash qat’iyan man etiladi. Dorilash davrida ishchilar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.Ularning ish kuni 6 soatdan oshmasligi lozim. Ovqatlanish uchun alohida joy (ish joyidan kamida 100 metr narida) ajratiladi. Dorilangan chigitni tashiydigan ishchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Chigit traktorga ulangan, maxsus seyalkalar yordamida martning oxiri va aprel oyining boshlarida ekiladi. Bunda shamol qaysi tomonga esishiga e’tibor beriladi. Ekish vaqtida tuproq changi, ishlangan gazlar va dorilangan chigitdan chiqadigan kimyoviy birikmalar sog‘liqqa yomon ta’sir qiladi. Ular yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishiga, bosh
og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘zning achishishi, yosh oqishi, hatto ko‘zning yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chigit ekadigan shaxslar yuz-qo‘llarini sovunlab yuvish,og‘izlarini qaynatilgan suv bilan chayib turishlari, ehtiyot ko‘zoynagi taqishlari, sut, qatiq va boshqa sut mahsulotlari ichib turishlari kerak.
Chopiq qilish, zaharli moddalarni (sepish) purkash paytida, g‘o‘zani o‘gitlashda ham, albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari zarur. Chopiq vaqtida changli havodan tashqari quyosh nuri ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni bajarish vaqtida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan tashqari, oftobdan saqlanish uchun kultivatorlar ustiga soyabon o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Mirobning mehnat gigiyenasi
O‘rta Osiyoning nisbiy iqlim sharoitida hosildorlikni oshiradigan eng muhim omillardan biri–ekinlarni to‘g‘ri sug‘orishdir. O‘rta Osiyo sharoitida sug‘orish ishlari deyarli yil bo‘yi davom etadi, ya’ni yilning hamma faslida kunning issiq-sovug‘i, quyosh
yog‘dusi, shamol, yog‘in-sochin, havodagi namlikning ortib yoki kamayib ketishi, iqlim sharoitiga xos o‘zgarib turishi va boshqa omillar shular jumlasidan.
Masalan, miroblar kuz va qish fasllarida havo harorati respublikamizning shimoliy hududlarida 10—15 ° C sovuq, janubda 0—5 °C iliq, nisbiy namlik 70—80 %, shamolning tezligi 10—12 m/s bo‘lgan sharoitda ishlatiladi. Ular kun bo‘yi suv kechadilar.
Ko‘klamda (mart-aprel) havo uncha sovuq bo‘lmaydi, lekin suvning harorati 7—10 ° C dan ortmaydi, havo harorati keskin o‘zgarishi, ya’ni ertalib 12—10 ° C, kunduzgi 25—28 ° C bo‘lishi mumkin, ko‘pincha kuchli (sekundiga 15—20 metr) shamol esadi. Miroblar yozda kun bo‘yi ishlaydilar. Masalan, iyun, avgust oylarida kun ancha isib ketadi, ertalab hatto 26—28 ° C ga yetadi, kech soat 19—20 ga borganda ham 28—38 ° C dan pasaymaydi.
Quyosh issig‘i mirobga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Havo isiganda nisbiy namlik va shamol tezligi pasayib ketadi. Suvning harorati esa iyunda 11—16 ° C, iyulda 17—19 ° C bo‘ladi.
Mirob ko‘pincha g‘o‘zani, ancha past haroratda kechalari ham sug‘oradi, ko‘pincha tizzasigacha sovuq suv kechadi. Òanasi issiqda, oyog‘i esa suvda bo‘ladi.
Suv bilan havo harorati o‘rtasidagi bunday farq miroblar organizmida ma’lum o‘zgarishlar paydo qiladi. Masalan, yoz mavsumida miroblarning tomir urishi minutiga 100–130 martagacha yetadi, kun oxiriga borib qon bosimi oshadi, ayniqsa, quyi bosim ko‘tariladi.
Bu–miroblar yurak-tomir sistemasida funksional o‘zgarishlar rivojlanayotganidan darak beradi. Bunga ob-havo omillari, og‘ir ish, sovuq suv va boshqalar ta’siri sabab bo‘ladi, sovuq fasllarda ishlagan miroblarda sovuqqa adaptatsiya (moshlashish)ning paydo
bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin, yozda issiq havoda ishlaganda miroblarda sovuqqa nisbatan paydo bo‘lgan adaptatsiya organizmning kuchli issiq chiqarishi natijasida o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Kuzda—uzun yozdan so‘ng sovuqqa o‘rganish ko‘klamdagiga qaraganda ancha qiyin kechadi. Fasllarga shu tariqa moslashish ayrim hollarda miroblarning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Suvchilar ko‘pincha, bo‘g‘imlarning og‘rishi, oyoq-qo‘llarning achishishi, eti uvishib, sovuq qotayotgandek bo‘lishi, (paresteziya)dan shikoyat qiladilar, bu og‘riq, ayniqsa, kechasi
zo‘rayadi.
Kapillyaroskopiya tekshirishlarining ko‘rsatishicha, miroblarning tomirlarida ko‘pincha torayish alomatlari bo‘ladi. Buning ustiga, miroblar oyog‘ining barmoq tomirlari suv bilan aloqador bo‘lmagan kishilarnikiga qaraganda birmuncha qisqa bo‘ladi.
Shuningdek, miroblar tomirlaridan qon sust o‘tadi, ayrim hollarda qon quyilishi ro‘y beradi. Miroblarda bo‘ladigan bundayo‘zgarishlar ularning doimiy suv kechib ishlashi natijasida kelib chiqadi. Mayda tomirlarning uzoq vaqt torayib turishi natijasida tomir devorlarida funksional va trofik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi, ularning diametri va shakli har xil bo‘lib o‘zgaradi, bu esa, o‘z navbatida, mayda tomirlarning funksional faoliyati buzilishiga olib
keladi. Bundan tashqari, miroblar mehnatini xarakterlovchi hamma gigiyenik omillar yig‘indisi ularning shamollash kasalliklariga (yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi, bronxit, zotiljam va boshqalar) yo‘liqishi uchun qulaylik tug‘iladi. Yurak tomir sistemasida o‘zgarishlar, yuqori nafas yo‘llarida surunkali kasalliklar bo‘lgan, revmatizm va bo‘g‘imlarida dardi bo‘lgan, asab-mushak kasalliklari bor kishilar miroblikka qo‘yilmaydi.
Homilador ayollar homiladorlikning 4-oyidan qisqartirilgan ish kuniga o‘tkaziladi. O‘smirlarga 18 yoshgacha paxta terishga ruxsat etilmaydi.
Mashina terimida mehnat gigiyenasi
Ma’lumki, hozirgi kunda paxtaning ko‘p qismi paxta teradigan mashinalar yordamida terib olinadi. Paxta teradigan mashina motoridan chiqayotgan to‘la yonib ulgurmagan yoqilg‘i va chang havoni ifloslantiradi. Motor va mexanizmlarning shovqini, tebranishi,
noqulay ob-havo sharoiti mexanizatorga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shovqin asosan motordan chiqadi. Masalan, Ò-28X4 traktorining maksimal tezligi 100—400 H2ga teng keladigan keng diapazonli tovush quvvatiga ega bo‘lgan shovqin chiqaradi. Bu ruxsat etilgan me’yordan 3—20 dB ko‘p demakdir. Paxta terish mashinasi ham ishlab turgan paytda, 94—103 dB balandlikdagi shovqin chiqaradi. Bu ham ruxsat etilgan darajadan 8—25 dB ko‘pdir.
Mexanizatorning ishi mashinaning tebranishiga qo‘shilib,doimo silkinish bilan kechadi. Òebranish amplitudasi 78 mm,chayqalish tezligi sekundiga 0,06 dan 0,7 m gacha bo‘lishi mumkin. Òebranish amplitudasi oshib ketganda uning tezligi kamayadi.
O‘rindiqning silkinishi ko‘p jihatdan agregat ulangan qismlardagi boltlarni siqib tortilganligi va amortizatorlarning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Mexanizator mashina oldingi g‘ildiragining g‘o‘za qator oralaridan to‘g‘ri yurishini va terilgan paxtani katta va kichik bunkerlarga beto‘xtov tushib turishini kuzatib turadi. Bunda ko‘z zo‘riqib charchaydi.
Mexanizatorlarning vaqtida ishlab, vaqtida dam olishi va ovqatlanishi uchun qulay sharoit yaratib berish ularning sog‘-salomat bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Ish jarayonida haydovchining qo‘li yoqilg‘i va moy, g‘o‘zalardagi qoldiq kimyoviy moddalar bilan ham ifloslanadi. Agar shaxsiy gigiyenaga rioya qilinmasa, qoldiq kimyoviy birikmalar ta’siri tufayli o‘tkir va surunkali kasalliklarga chalinish mumkin. Bunday kasalliklar ro‘y berganda kishining boshi og‘riydi, odam tez charchaydi, jahldor bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, jig‘ildoni qaynaydi, spirtli ichimliklar ichilganda bu alomatlar kuchayadi.
Bundan tashqari, yuqorida aytilgan kimyoviy moddalar ko‘pincha teriga, ayniqsa burun shilliq qavatiga kuchli ta’sir etadi, bu kasalliklarning oldini olish uchun haydovchi-mexanizatorlar qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvishlari, og‘iz-burunlarini chayib
turishlari va spirtli ichimliklar ichmasliklari kerak.
Mexanizatorlar paxta terish vaqtida tez-tez orqaga burilib qaraydilar. Oqibatda bo‘yin, ba’zan esa bosh ham og‘riydi. Shuning uchun o‘rindiq oldiga ko‘zgu o‘rnatilishi va shu ko‘zgu orqali butun mexanizmlar ishini kuzatish lozim.
Har bir paxta terish mashinasida dori quticha (dori qopchiq) va toza suvli, og‘zi yopiladigan, suvdon bo‘lishi darkor. Past navli paxta va ko‘sak ÓM-18 ko‘sak chuvish mashinasida
tozalanganda ko‘p chang chiqadi. Shuning uchun ko‘sak chuvishmashinasiga changni haydaydigan mexanizmlar o‘rnatish, ishchilarni respiratorlar bilan ta’minlash lozim. Mexanizatorlar ish paytida qator noxush omillarga duch keladilar, bu omillar organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham, paxtakorlar o‘rtasida sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda mashinasozlik sanoati kabinalarining eshiklari zich bekiladigan,toza havo bilan ta’minlash maqsadida konditsionerlar o‘rnatilgan, ishchi o‘rindiqlari akomillashtirilgan o‘ziyurar agregatlarni ko‘p miqdorda ishlab chiqarmoqda.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA KIMYOVIY BIRIKMALAR BILAN
ISHLASHDA MEHNAÒ GIGIYENASI
O‘rta Osiyoning serquyosh tabiati dehqonchilik uchun qulay
bo‘lishi bilan birga, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazadigan
har xil hasharotlarning va kasallik qo‘zg‘atuvchi jonivorlarning ko‘payishiga ham imkon tug‘diradi. Zararkunanda-hasharotlar o‘simliklar tanasida rivojlanib, ularni birqancha kasalliklarga duchor qilishi mumkin.
Zararkunandalar juda tez ko‘payib, qishloq xo‘jaligiga kattaiqtisodiy zarar keltiradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar zararkunanda-hasharotlarga va o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurashda, begona o‘tlarni yo‘qotishda, g‘o‘za bargini sun’iy to‘kishda yaxshi natijalar bersa ham, uni ishlatishda sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishi mumkin.
Bu birikmalarning odam va hayvon organizmi uchun zaharli ekanini nazarda tutadigan bo‘lsak, ular joylarda muttasil to‘planib atrof-muhit, odam va hayvonlar sog‘lig‘ining kushandasi sifatida ko‘payadi.
Modomiki, shunday ekan, qishloq xo‘jaligida kimyoviy birikmalarning keng miqyosda qo‘llanilishi tibbiyot xodimlariga zaharlanish hodisalarining oldini olish, zaharlanganda tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, sanitariya maorifi ishlari saviyasini oshirishni muhim vazifa qilib qo‘yadi.
Zararkunanda-hasharotlarga, kasallik qo‘zg‘atuvchilarga, yovvoyi o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan hamda g‘o‘za bargini sun’iy usulda to‘ktiruvchi, tanasini qurituvchi kimyoviy birikmalar pestitsidlar deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan zaharli kimyoviy birikmalar qanday maqsadlarda qo‘llanilishiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Akaratsidlar—o‘simlik kanalarini yo‘qotishda qo‘llaniladi.
Bakteritsidlar—bakteriyalarga va bakteriyalardan kasallangan o‘simliklarga qarshi ishlatiladi.Gerbitsidlar—yovvoyi o‘tlarga qarshi ishlatiladi. Desikantlar—g‘o‘za tuplarini batamom quritadi. Defoliantlar—g‘o‘za barglarini sun’iy to‘ktiradi. Insektitsidlar—qishloq xo‘jaligida va ro‘zg‘orda uchraydigan hasharotlarni o‘ldiradi.Fumigatlar—kasallik paydo qiluvchi zararkunandalarga qarshi (bug‘ yoki gaz holida) ishlatiladi. Fungitsidlar—zamburug‘lar paydo qilgan kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Nematotsidlar—mayda dumaloq chuvalchanglarga qarshi qo‘llaniladi.
Molyukotsidlaryoki limotsidlar—mollyuskalar yoki shu guruhga kiruvchi shilliq qurtlarga qarshi ishlatiladi. Repellentlar—chivin va boshqa hasharotlarni qochirish uchun ishlatiladigan kimyoviy birikmadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |