1. Plastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa detallarni biriktirish usullari



Download 252,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.02.2022
Hajmi252,97 Kb.
#469508
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-modul. 2-mavzu Plastmassa



5-Modul. 2-Mavzu: Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi
Reja: 2 soat 
1.Plastmassali detallar turlari va tuzilishi.
2.Plastmassa detallarni biriktirish usullari. 
3.Plastmassali detallar bilan ishlashda mehnat havfsizligi qoidalari. 
 
Tayanch 
iboralar

plastmassalar, 
plastik 
massalar, 
plastiklar, 
sintetik, 
yuqori 
molekulali 
birikmalar,qoliplangan, elektr toki, atmosfera 
1.Plastmassali detallar turlari va tuzilishi.
Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so‗zlarining birikmasidan 
tashkil topgan. Albatta, bu so‗z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish 
natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta‘sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. 
Keyinchalik issiqlik ta‘sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‗lib 
plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‗yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‗linadi. Termoplast 
plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‗ylama joylashganligi 
sababli issiqlik ta‘sirida shaklini o‗zgartiradi. Ya‘ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. 
Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‗rsimon joylashganligi sababli ularni 
qayta ishlab bo‗lmaydi. 
Plastmassalar arzonligi va ba‘zi xususiyatlari bo‗yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab 
chiqarishda ko‗p qo‗llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil 
qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‗simliklartomirlarini oziqlanishiga to‗sqinlik 
qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda 
qurilgan «O‗zitalplast» turli xil xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‗yicha uch 
guruhga bo‗linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan 
plastmassalar. 
Plastik materiallar yoki plastmassalar — sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik 
materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni 
saqlab qolish qobiliyatiga ega.
Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida 
olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam saklaydi. 
Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiqsovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga 
chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi 
va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻli-nadi. Termoplastlar 
tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va 
boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham 
boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada Plastmassalarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni 
qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada 
mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining 
yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq 
qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) 
asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, 
polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta 
chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik 
shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi. 
Reaktoplastl ar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar 
(epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tu-zilishga ega boʻlgan polimerlar 
hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik 
taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, 
chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. 
Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, 
asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qo-tirilgan 
Plastmassalardan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzok, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer 
va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera 
taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan Plastmassalar qadimdan maʼlum. 
Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid boʻlib, u 1872 yilda 
AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar 
— fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq 
SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, 


polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin Plastmassalar sanoati 2-jaxrn 
urushidan keyingi-na rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen Plastmassalar koʻplab ishlab 
chiqarila boshladi. 
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona Plastmassalarni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, 
Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda Plastmassalar pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro- va 
termoizo-lyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, dera-za, eshik, sayyohlar 
uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida Plastmassalar yetakchi oʻrinni 
egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashti-radi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy 
parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, 
podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. 
Plastmassalarning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish 
imkoniya-tiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham Plastmassalar muhim ahamiyat kasb 
etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, 
gʻildiraklar, shassi ustunlari, verto-lyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari 
tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda kullaniladi. 
Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema 
mexa-nizmlarining 
detallarini 
tayyorlashda, 
kema 
xonalarini 
pardozlash, 
ularni 
issiq, 
tovush 
va 
gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozl i kda Plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, 
dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi. 
Qishloq xoʻjaligida Plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash 
va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda 
plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqa 
ishlatiladi. 
Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun‘iy polimerlar asosida 
olingan materiallar bo‗lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma‘lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‗ladi. 
Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‗iz polimerlardan iborat bo‗lib, 
ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. Murakkab plastik massalarda bog‗lovchi 
polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo‗yovchi 
moddalar ham bo‗ladi. Ba‘zan bog‗lovchilar sifatida polimerlar o‗rniga bitum, asfalt, sementlardan ham 
foydalaniladi. To‗ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan 
kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko‗ra 40–80% gacha 
to‗ldirgichlar sifatida yog‗och uni, paxta, qog‗oz, asbest, to‗qima va shisha tolalari, bo‗r, gips, grafit, kaolin, talk 
kukunlari va boshqa materiallar qo‗shiladi. 
Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi 
va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik 
massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta‘sirida turg‗unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, 
fenollar va boshqalar ma‘lum nisbatda qo‗shiladi.
Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer 
materiallarning qotish jarayonini tezlatadi.
Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo‗shiladi. Ularga mum, 
steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo‗yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‗yoq sifatida oxra, 
rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‗lanish 
xarakteriga) ko‗ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi.
Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o‗zaro bo‗shroq chiziqli bog‗lanadi. Ular qizdirilganda 
yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. 

Download 252,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish