1. Pedagogika fanining predmeti.
2. Shaxs va uning rivojlanishi, shakllanishi haqida tushuncha.
3. Buyuk mutafakkirlarning tarbiya haqidagi hikmatli so’zlari
4. “Avesto”ning yaratilishi unda ta'lim-tarbiya masalalari.
5. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va ularning mohiyati.
JAVOBLAR!
1. Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «etaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni tarbiyalash haqida bahs yuritadi.
Pedagogika tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini yoritib beradi,tarbiyaning maqsadi, mazmuni, metodlari, uni tashkil etishdagi shakllar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatadi.Shuningdek, pedagogika o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi,tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari, yo‘llarini yoritib beradi,tarbiyaviy ishning shakllarini ko‘rsatadi.Pedagogika tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va bolaning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatish bilan birga tarbiyaning tarkibiy qismlari,ular o‘rtasidagi mustahkam aloqa va bog‘lanishlarni ochib beradi.Pedagogika fani tarbiyalovchilar va tarbiyalanuvchilarning faoliyatini ham o‘rganadi.Shuningdek, u tarbiyaviy muassasalardagi xodimlarga, oa-onalarga yoshlarni tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtrish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
Pedagogikaning fan sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar beriladi.
Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi vosita xisoblanadi.Shu bilan birga u o‘qituvchining tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga nisbatan o‘qituvchi masxuliyatini ko‘rsatuvchi xisoblanadi
2. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o‘ziga hos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puhta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada habardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-ahlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
3. Pedagog olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shahs ma’naviy kamoloti masalalariga bao’ishlangan ilmiy tadqiqotlari pedagogika fanining rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida esa Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lgan Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’lyo’riqlari tashkil etadi.
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi “Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bao’dod,”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida” Yaqin va O’rta Sharq halqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining mahsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi[1]. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Horazmiy (780-850), Ahmad alFaro’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al – Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning hizmatlari katta bo’lgan.
Demak, bu davr o’zining har tomonlama yuksakligi, yaratgan boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, jahonga mashhur allomalarning etishib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan harakterlidir. Ular:
aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar;
ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
badiiy-nafis qadriyatlar;
diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Inson ahloqi aqlga, hulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o’rganishga va ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha, insonparvarlik g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish va ma’rifatli bo’lishga boo’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida uluo’laydilar, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqiradilar, ilmning inson ma’naviy hayotda tutgan o’rnini yuqori baholaydilar.
Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson hislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi.
Forobiy ta’limotiga, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy quvvatga-aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun hizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi.
Forobiy o’zining “Baht-saodatga erishuv haqida”, “Fanlarning tasnifi”, “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, “Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi ko’plab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga boo’liqligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. “Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”.[2]
Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muhlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning bahti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. YAratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra hayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida aqliy, ahloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni uluo’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir.
Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Zakovat qaerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik oladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka etadi.
Yusuf Hos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmoo’i lozimligini ta’kidlaydi, bu-ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o’rgatilmoo’i kerakligini aytib, ularni go’zal ahloqli qilib, voyaga etkazishni ota-onalarga maslahat beradi: Hudo kimga zakovat, aql, bilim bersa, U barcha orzularga qo’l uzatadi.
Kimning hulqi yahshi, fe’l-atvori to’o’ri bo’lsa, U tilagini topadi, kun va oy unga boqadi.
Yahshi fe’l-atvor barcha ezguliklarga moyadir, hulq-atvor barchasi yahshi bo’lsa, ming-ming sevinch bo’ladi.
Umuman, Yusuf Hos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonida til odobi, rostgo’ylik, poklik, kamtarlik sevgi va vafo, muruvvat, sabr-toqat kabi fazilatlar hususida qilgan Hikmatli pandu nasihatlari bilan kishilarni, yoshlarni har bir ishda aql-idrokli, o’zgalarga o’amho’r va mushfiq bo’lishi har bir ishni o’z o’rni va o’z vaqtida ado etishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda bugungi davr talabiga hamohang ravishda insonni komillikka hidoyat qiladi.
Abu Ali ibn Sino etika va ahloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosida yoritib berishga harakat qiladi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’htalib: “Bola tuo’ilgach, avvalo, ota unga yahshi nom qo’yishi, so’ngra esa uni yahshilab tarbiyalashi kerak”, deb maslahat beradi.
Al-Horazmiy esa insonning hulq-atvori, hatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g’oyani ilgari suradi.
Alisher Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yahshilik hikmat, himmat insonning ma’naviy hissiyotiga salbiy ta’sir etuvchi holatdir. Ta’masiz yahshilik qilish bu sahiylikdir. Odamgarchilikning eng yuksak belgisi sahiylik va himmatdir. Yuksak insoniylikning o’lchovi bu vijdon hisoblanadi. Shu boisdan, Sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, halq, farzand burchi haqida olg’a surilgan g’oyalarning asosini insonparvarlik tashkil etadi.
Chunonchi, ota-ona farzandlarning o’zaro munosabati, burchi ma’naviy qadriyatlarning oltin kalitidir. Alisher Navoiy bu haqda quyidagicha fikrlaydi: “Boshni fido ayla ato qoshig’a, Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Ikki jahoningga tilarsan fazo- Hosil et ushbu ikkisidan rizo. Tun-kuningga aylagali nur fosh, Birini oy angla, birisin quyosh.
So’zlaridin chekma qalam tashqari,
Hatlaridin qo’yma qadam tashqari”.[3]
Sharq mutafakkirlari didaktik harakterdagi ilmiy asarlarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning shakl, usul va vositalarini qorishiq holda bayon etdilar. Chunki o’rta asr pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning lisoniy shakl va usullariga tayangan. Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo’lib hisoblangan edi. Bu qoida ayniqsa, Ibn Sinoning tibbiy risolalarida, urjuzalarida, “Donishnoma” asarida, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo’ston”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlariga bevosita taalluqlidir.
Mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. Ular “Fozil jamoa”, “Fozil shahar”, komil insonni shakllantirishning asosi ma’naviy omillarga boo’liq degan o’g’yani ilgari surdilar.
Hulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish merosimiz Sharq allomalarining bebaho asarlaridan to’o’ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi, balki komil inson shahsini shakllantirishda ham muhim hissa qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yahshilik, adolat, do’stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.
4. O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan. Ular ba’zi matn va madhiyalaryakkahudolik e’tiqodi paydo bo’la boshlagan ilk paytlarda kohinlar tomonidan yaratilib, keyinchalik “Avesto”ni tuzganlar ulardan ham foydalangan, deb uqtirishadi. Bir guruh avestoshunoslar kitobninig yozila boshlashini bevosita Zardushtning Sablon tog’ida kechgan hayoti bilan bog’laydilar va bunda Hotlar asosan payg’ambar she’rlaridan tashkil topganiga suyanadilar. Harxolda “Avesto”da ajdodlarimizning eng qadimiy she’rlari, musiqa, badiiy tafakkur mevalari, diniy aqidalariyu ilmiy dunyoqarashlari mujassamlangani aniq “Avesto” Zardusht va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yozilib, to’planib bo’lgach, maxsus kotiblar tomonidaning ho’kiz terisidan tayyorlangan qog’ozga oltin suvi bilan ko’chirilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib yuboradi.Gushtasp xazinasidagi “Avesto” nusxasining taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar. Natijada “Gohlar” hamda “Vendidod”ning eng mukammal nusg’alarini xorazmlik uchta mu’bad og’zidan yozib olishadi. Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan. Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan. Shundan so’ng Shopur ikki davrida mu’badlarning mu’badi Ozorpod Mehrospondon “Avesto”ning parokanda qismlarini to’playdi., unga ko’p nom, tushunchalarni keng sharhlovchi “Zend Avesto” kitobini yaratadi. Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud. Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz. Zoroastrizm – otashparastlik, miloddan avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, ‘‘tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar fransuz J.Darmsteter, ozarbayjon olimi I.Aliyev “Avesto” Midiya - hozirgi Eronning shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko’pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e’tirof etildi.
“Avesto” matni to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xalos. Ma’lumki “Avesto” Kayoniy hukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda, 12 000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflari bilan yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa to’la emas. Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) hamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309-379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo’shimchalar (zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashhur. Afsuski, “Zand Avesta” ham bizning zamonimizgacha to’la holda yetib kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida yo’q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor Ye.Ye.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda59, 83 000 so’zdan iboratdir. U asosan to’rt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesta”ning eng ko’hna va qimmatli qismlaridir. “Avesto”ning qo’shiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shohnoma” dostoniga manba bo’lib hizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o’rganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, Ye.Ye.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroham Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 yillari olti jildqilib nashr etilgan. “Avesto” boshqa barcha diniy kitoblar singari qomusiy mohiyatga ega bo’lgan asar hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinining qonun-qoidalari, farz va sunnatlari, Yazdoning pokning chkkayu-yagona yaratuvchilik qudrati ta’rifiyu madhi bilan birga ijtimoiy hayot, turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, har xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o’rni, dunyo va insonning nokomilligi, mavjud tuzum tartib-nizomlari, ularning musbat va manfiy tomonlari, mazdoparastlikning asl mohiyati, boshqa dinlardan farqi, inson tafakkurining mutlaq moya bilan bog’liqligi va boshqa ko’p masalalar xususida falsafiy mushohadalar yuritiladi Shuningdek, xotin-qizlar haq-huquqini e’zozlash, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi, farzandlarning ota-ona nazdidagi burchi, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlash xususida ham ibratomuz fikrlar mavjud. Ma’lumki, mazdoparastlik diniga Zardusht asos solgan. U butparastlik, ashyoparastligu devparastlikka asoslangan ko’pxudolik, uning kasofati o’laroq hukm surgan johiliyatga qarshi uzoq davom etgan kurash natijasida paydo bo’ldi. Zardusht Ahuramazdadan vahiy kelib, xalq orasida yangi dinga da’vatni boshlab yuborar ekan, o’zining ta’limotida “Andeshai nek” (eng avvalo, pok e’tiqod), “Guftori nek” (to’g’ri, rost so’z), “Kirdori nek” (Tangrini kuylab madh etmoq yaxshi amal)ga suyanadi. Demak, Zardushtiylikda bosh masala e’tiqodda sobitlik, rostkashligu halolu fidoyilik ustun turadi. Hot va yashtlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ana shu bosh masala bir qizil ipdek tizilib o’tadi. Ayni paytda Zardusht ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotda bir inqilobchi, reformator sifatida gavdalanadi. Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy ahkomlarni o’rganib, ibodat bilangina shug’ullanish, go’shanishinlikka undaydi. U ruhiyatda Tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo’llab ishlov berish lozim, chorvani ko’paytirib, bog’lar o’stirish zarurligini qayta-qayta takrorlaydi. Uningcha insonning yashashdan maqsadi metindek e’tiqodlibo’lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i zarur. Shuning uchun ham “cho’lga suv chiqazib, yerning sho’rini yuvib, zahini qochirib, yerga ishlov berganlar” eng mo’tabar insonlar hisoblanadi. Barcha avestoshunoslar Zardushtni sharq falsafiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirgan, deyishadi. Shuning uchun ham ular Zardushtning “Amudaryo naqadar buyuk va suvi qanchalik pok va shirin bo’lsa, bizning din ham shunchalik buyuk va pokizadir”, degan so’zlarini ko’pincha iqtibos qilib keltiradilar. Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq halqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgi muhim manba bo’lib, u o’zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoladi. Bu kitob dastavval e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to’plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiy rivojlanishining umumiy doirasida bo’lib o’tgan. “Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’nggi qismi “Videvdodda” iqtisodiy tengsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muommolar ochiladi. Jamiyatninig ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib “Avesto” mil.av. IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g’oyatda muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning boy ma’naviy merosidir. “Avesto” da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqidagi ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo’lsak, mil.avv. I mingyillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonining guvohi bo’lamiz. Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o’rgangan olimlarning fikricha, mil.avv. II ming yillikning o’rtalariga kelib O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o’zgarishlar sodir bo’lib, davlatchilikning ilk ko’rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o’zlashtirilishi natijasida chorvador ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’ta boshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg’iyona, Parfiya, So’g’diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo’lgan edi. Misol uchun, Avestoning “Vandidod” kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o’n oltita mamlakat (o’lka)ning hududiy –ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug’ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O’z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo’lidan ikkinchisiga meros sifatida o’tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan. “Avesto” davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko’ra mil.avv. VII-VI asrlarda O’rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lib, har bir oila o’rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug’chilik tuzumining arim hususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xujalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turur joyda – uy-qo’rg’onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir. Davlatning boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi- “nmana” yoki “dmana”, katta oila oqsoqoli-“nmanapati”, urug’ jamoasi boshlig’i- “vis”, katta qishloq oqsoqoli -“vispati”, qabila boshlig’i- “zantupati”, viloyat hokimi- “daxyupati”, bir necha viloyatlar hokimi- “kavi”lardan tashkil topgan. “Avesto”da oila, urug’ va qabila anglatish uchun “pati” so’zi ishlatilgan. “Kavi” yoki “sastar” mamlakatni idora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida quyidagicha ma’lumot bor: “Ko’p yaylovlarga ega bo’lgan Mitrani biz ulug’laymiz. Unga hyech kim yolg’on gapira olmaydi: uyda oila boshlig’i, urug’ oqsoqoli, qabila yo’lboshchisi va mamlakat hokimi ham yolg’onchi bo’lsa, g’azablangan Mitra butunlay oilani, urug’ni, qabilani, mamlakatni va ularning boshliqlarini ham tamoman yo’q qiladi”. Ayrim tadqiqotchilar (H.Boboyev, T.Do’stjonov, S.Hasanov, Ya.Ollamov) ilmiy tahlillarga asoslanib “Avesto”da tasvirlangan va O’rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelishi jarayonini quyidagi uch davrga ajratadilar: Birinchi davr- eng qadimgi davr bo’lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo’lgan. Ikinchi davr- yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o’rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan. Uchinchi davrda- aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo’lgan. Bizning kunlarimizga qadar yetib kelgan “Avesto” kitobi va zardushtiylarning an’analari hamda ta’limoti, inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosaatlari ma’lum qonun-qoidalarga yoki ma’lum huquqiy tartibga asoslangani haqida ma’lumot beradi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, Zaratushtra yashagan davr ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qaror topayotgan notinch va murakkab davr edi. Bir necha bor adolatsizlik, shavqatsizlik va zo’ravonliklarning guvohi bo’lgan Zaratushtra o’zining dastlabki ta’limotini yovuzlik va zo’ravonlikka qarshi qaratadi. Aynan shuning uchun ham Zaratushtra ta’limotining asosini tartibga chaqirish, huquqiy normalarni belgilash, adolatga intilish, hulq-odob tantanasi, tinchlikka intilish hamda ezgulikka da’vat etish tashkil etgan. “Avesto”da kishilarning o’zaro muomala va munosabatlarida berilgan va’daning ustidan chiqish, majburiyat va qasamiga sodiq qolish odatiy qonunlar ekanligini kuzatish mumkin. Agar qasam ichib ahd qilgan kishi o’z ahdini bajarmagan yoki buzgan bo’lsa, da’vogar o’z haqligini isbotlash uchun sinash va jazolanish usulidan foydalangan. Adolatli sud qilish sinash va jazolashning 33 ta usuli mavjud bo’lib, agar so’z qasami buzilsa, suv bilan sinash, agar shartnomaga oid bo’lsa, olov bilan sinash jarayonida aybdorga o’zining haqligini isbotlashga imkon berilgan. “Avesto”da jinoyat va jazo masalalari har tomonlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Misol uchun, jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan: dinga qarshi jinoyat, shaxsga qprshi jinoyat, tabiatga qarshi jinoyatlar kabilar. Shaxsga qarshi harakatlar ichida qurol olib tahdid solish, birovni kaltaklab hushidan ketkazish, unga jarohat yetkazish, qonini oqqizish, suyagini sindirish, boshini yorish kabi harakatlar qattiq jazolangan. Mulkiy jinoyatlardan o’g’irlik, firibgarlik, talon-taroj, bosqinchilik, qarzdorlik kabilar “Avesto”da gunoh hisoblangan. Dinga qarshi jinoyatlar, qasddan qilingan jinoyatlar va takroriy jinoyatlar uchun ayniqsa qattiq jazolar belgilangan. Birovni qasddan urib, uning qonini to’kkan kimsani, ellik qamchidan to’qson qamchigacha savalashgan. Shuningdek, agar kimki birovni urib suyagini sindirsa, jinoyatchiga nisbatan otning terisidan yasalganqamchi bilan, yetmishdan to’qson qamchigacha urish jazosi belgilangan. “Avesto” oilani, farzandlarni, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: “kimning uyi bo’lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir”. Oila va jamiyatdagi, xususan, ma’lum xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o’g’il, kuyov va qaynota, qo’ni-qo’shnilar o’rtasidagi ahloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli bo’lib, ular yolg’on, zo’ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to’siq qo’yish, ularning oldini olish machsadida “Avesto” qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan. “Avesto”ning tub ma’no-mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”, degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rishmumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’li mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqsa, e’tiborlidir”, deb yozadi Islom Karimov “Avesto”dagi diniy-falsafiy va madaniy ta’limot, davlatchilik va qonunchilik tizimi o’sha davrdagi jamiyat va fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan edi. Ushbu muqaddas kitobda yuksak ahloq, pokiza vijdon, marhamatlilik, bag’rikenglik, insonlarga va ona zaminga nisbatan doimiy g’amxo’rlik targ’ib etilgan. “Avesto”ning asosini tashkil etgan bunday tushuncha, yo’l-yo’riq, komil insonga xos fazilatlar, qat’iy xulosa va fikrlar davlatning siysiy, ijtimoiy va iqtisodiy qudratini oshirib, uni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Bu muqaddas kitobning o’sha davrdagi qadr-qimmati hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab qolganligi shubhasizdirAvesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi. Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiyyo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. «Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi. «Avesto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi. Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
5. Pedagogik mahorat egasi kam kuch (mehnat) sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin.
O'qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Mahorat – bu alohida qudrat. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zal bo'lganidek, mohir – tajribali o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil etishda, olib borishdagi mahorati, pedagogik ishga qobiliyatliligi bilan jamoasi orasida obro' ortiradi va pedagoglik faoliyatini go'zallashtiradi. Pedagogik mahoratga etishish o'qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog'liq bo'lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin:
1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi.
2. Ixtisos-mutaxassislikka doir bilimlar. (kasbiy bilimlar)
3. Pedagogik qobiliyat.
4. Pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor).
O'qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O'qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Pedagogik mahorat asosan o'qituvchining faoliyatida namoyon bo'ladi. O'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun o'z faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, etarli malaka va ko'nikmalar bo'lishi talab qilinadi. Pedagogik mahoratni egallash uchun o'qituvchi doimo o'z ishini tahlil qila bilishi, o'ziga o'quvchilar nazari bilan qaray olishi va kamchiliklarni tuzatish uchun tinimsiz izlanishi zarur. O'qitish jarayonida pedagog o'z faoliyatining samarali bo'lishi uchun pedagogik texnologiyani yaxshi bilishi, uning yangi-yangi yo'llarini yarata oladigan va ijodiy ishlaydigan pedagogik mahorat egasi bo'lishi zarur. O'qituvchi pedagogik mahoratga erishish uchun: pedagogik takt va hodisalarni umumlashtira olishi, o'zining va o'quvchilarning faoliyatini boshqara olish qobiliyati, yuqori bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi talab qilinadi. Demak, o'qituvchi – o'quvchining shaxsiy faolligini har tomonlama rivojlantirishga yo'naltira olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |