1. Odam organizmida minimal bosim yuzaga kelgan vaqtda yurakning holati haqidagi noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
A) Yarimoysimon klapan yopiq va yurak qorinchalari qisqargan holatda bo’ladi.
B)Yarimoysimon klapan yopiq va yurak qorinchalari bo’shashgan holatda bo’ladi.
C) Tavaqali klapanlar yopiq va yurak bo’lmachalari sistola holatida bo’ladi.
D) Yurak qorinchalari bo’shashgan va ikki tavaqali klapan ochiq holatda bo’ladi.
2. Diploid navli turp (2n=18) o’simligi urug’chisida arxeosporaning meyoz bo’linishini anafaza I bosqichida mutatsiya tufayli 2 chi va 6 chi juft gomologik xromosomalar tarqalmay bir qutbga o’tib qolsa va shu qutbdan
yirik hujayra rivojlansa, hosil bo’lgan tuxum hujayradagi xromosomalar sonini aniqlang.
A)11 B)14yoki 22 C) 7 yoki 11 D)7
3. DNK fragmentida jami 1632 ta vodorod bog’i mavjud bo’lib, ushbu DNK fragmentining uzunligi 231,2 nm teng. Ushbu DNK fragmenti haqida to’g’ri fikrni aniqalang.
A) DNK fragmentida 410 ta adenin bo’lib, adenin juftligi o’rtasida 820 ta vodorod bog’i mavjud.
B)DNK fragmentida 272 ta guanin bo’lib, u umumiy nukleotidlarni 30% tashkil etadi.
C) DNK fragmentidajami 680 ta nukleotidlar mavjud
D) DNK fragmentida jami 1360 ta nukleotidlar bo’lib, undagi timin nukleotidlari 30 % tashkil etadi.
4. Gorilla hujayrasidagi somatik hujayraning mitoz siklining anafaza davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang
A)a-96; b-48, c-2; d-4
B)a-96, b-48, c-1; d-2
C) a-96; b-96; c-2; d-4
D)a-48; b-48; c-1; d-2
5. Odam bir sutka davomida 100 g oqsil iste’mol qilgan bo’lsa, shundan 30 % i plastik reaksiyalar uchun qolgani dissimilyatsiya uchun sarflangan. Kun davomida iste’mol qilingan 400 gr uglevodning 5 % i glikogen zaxiralashga sarflandi. Iste’mol qilgan 80 gr lipidning 75 % i dissimilyatsiya uchun sarflandi, qolgani teri osti yog’ qavati hosil qilish uchun sarflangan. Iste’mol qilingan ozuqaning oqsil, uglevod va lipidlarning parchalanishidan hosil bo’lgan energiyasini kkal aniqlang.
A)2403kkal B)1780kkal
C)2640kkal D)1960kkal
6.O’simliklarning arxeosporasi (a) va mikrosporasi (b) uchun mos keluvchi javoblarni belgilang.
A) a- meyoz usulida bo’linib, 4ta bir xil hujayra hosil qiladi; b- mitoz usulida bo’linib vegetativ va generativ hujayra hosil qiladi
B)a-bo’linish jarayonida konyugatsiya va krossingover kuzatiladi; b-boshlang’ich hujayraning meyoz bo’linishi natijasida hosil bo’ladi
C) a-avval mitoz, keyin meyoz usulida bo’linib, murtak xalta hosil qiladi, b-boshlang’ich hujayraning mitoz bo’linishidan hosil bo’ladi
D) a-mitoz usulida bo’linib 4ta diploid hujayra hosil qiladi; b-mitoz usulida bo’linib 2ta gaploid
hujayra hosil qiladi
7. Quyida berilganlardan faqat achambiti uchun xos (a), faqat bug’doyiq uchun xos (b) hamda ular uchun umumiy bo’lgan (c) xususiyatlarni aniqlang.
1)mevasi bir urug’li quruq meva; 2)gullari oddiy shingil to’pgulda joylashgan; 3)gullari murakkab boshoq to’pgulda joylashgan; 4)magnoliyatoifa bo’limiga mansub; 5)mevasi ko’p urug’li quruq meva; 6)tuxum hujayra murtak xaltada yetiladi.
A)a-3; b-3; c-6 B)a-2; b-1,3;c-4,6
C) a-2; b-3,4;c-5 D)a-3; b-2; c-4,6
8. O’simliklarning changchisi (a) va urug’chisi (b) uchun mos keladigan javobni aniqlang.
A) a-gulqo’rg’on ichida joylashgan; b-ikki qismdan iborat
B)a-tokda alohida-alohida gulda joylashib, bir jinsli gul hosil qiladi; b-na’ma tak gulida bitta bo’ladi
C) a-oqqurayda 10 ta, 9tasi qo’shilgan;b-eng yuqori qismi tumshuqcha deyiladi
D) a-bosh piyozda 6 ta bo’ladi; b-tumshuqchasida urug’kurtak joylashgan
9. Qo’y epidermisidagi xromosomalar shimpanze somatik hujayrasidagiga nisbatan 6 ta ga ko’p.Qo’y zigotasining 6 marta meridianal va 4 marta ekvatorial bo’linishidan hosil bo’lgan jami blastomerlardagi autosomalar sonini aniqlang.
A)55296 B)53248 C)54396 D)56532
10.Organizmlarni produtsent (1) va konsument (2) ga ajrating.
A)1
-jumagul; 2-sallagul
B)1-ayiqtovon; 2-bo’ritaroq
C)l-karrak; 2- churrak
D) 1-xongul; 2-gulsafsar
11.Quyidagi o’simliklar nechta oila (a), nechta turkum (b) ga tegishli ekanligini aniqlang. 1) qora ituzum; 2) terakbargli liftok; 3) turkiston ismalog’i; 4) baqlajon; 5) o’tloq sebargasi; 6) qizilmiya; 7) mador; 8) qo’ng’irbosh; 9) bangidevona; 10) oq jo’xori
A) a-6; b-7 B)a-7; b-6
C)a-6; b-9 D)a-5; b-9
12. Gullari to’g’ri, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang.
A) boychechak, bug'doy
B) g’o’za, turp
C)
bangidevona, arpa
D) burchoq, loviya
13.Anteridiyda ♂ gameta yetiladi (a), arxegoniyda ♀ gameta yetiladi (b), murtak xaltada ♀ gameta yetiladi (c), changdonda ♂ gameta yetiladi (d)
l- qarag’ay; 2-sekvoyadendron; 3- zuxrasoch; 4-funariya; 5-xolmon; 6-kurmak; 7-saur; 8-bangidevona; 9-dala qirqbo’g’imi
A) 1,7-b,d; 3,4-a,b; 5,8-c,d
B)1,2-a,d;3,9-a,b; 5,4-c,d
C)1,3-a,b;3,9-a,c;6-a,b
D)1,2-b,d; 3,9-a,b;5,6-b,a
14.Qoziq tishga ega hayvonlami ajrating.
A)yo’lbars, arslon
B)oq ayiq, ko’k kit
C) tulki, ondatra
D)latcha, tyin
15. Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar ta’sirida irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo’lib, unga bu genlardan biri onasidan o’tgan. Ayol 2 belgisi bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo’lsa, shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi polidaktiliya va katarakta bo’yicha sog’lom bo’ladi?
A) 25% B) 48,5% C) 3% D) 1,5%
16. Hayvonlarga antropogen (I) va abiotik (II) omillarning ta ’siri to’g’ri juftlangan javobni aniqlang. 1) fotonastiya jarayoni; 2) transgen quyonning yaratilishi; 3) yomg‘ir chuvalchangining pillaga o`ralib uyquga ketishi; 4) hasharotlarning entomofaglar ta’sirida nobud bo‘lishi; 5) sigirlarga o‘sish gormoni inyeksiya qilinganda sut miqdorining ko’payishi; 6) qushlarning qishlash uchun migratsiya qilishi.
A) I-2, 5; II-3, 6 B) 1-2, 4; II-3, 5
C) 1-3, 5; II-l, 4 D) 1-3, 4; II-l, 6 17.Dala qirqbo’g’imining funariya yo’sinidan farq qiluvchi jihatlarini aniqlang. 1) sporali yuksak o’simlik; 2)sporofit ustunlik qiladi; 3) rizoidlar turpoqqa
birikishiga yordam beradi; 4) poya, barg kabi vegetativ organlarga ega, 5) barglari halqasimon joylashgan, 6) jinsiy hujayralari anteridiy va arxegoniyda yetiladi.
A)1,6 B) 2, 3; C)2,5 D)1,4
18.Changchilari 6 ta bo’lib, tashqi va ichki halqada teng taqsimlangan o’simliklarni aniqlang.
1) oddiy jag’-jag’; 2) boychechak, 3) matur; 4) qo’shbarg; 5) kanop; 6) bo’ritaroq; 7) turp; 8) sholg’om
A)2,3,4 B)1,7,8 C)3,5,7 D)1,6,8
19.Javdar (a); qora jusan (b), kartoshka (c) qaysi turkum vakillari hisoblanadi?
A)a-arpa; b-shuvoq;
c-ituzum
B)a-arpa, b- shuvoq; c-kartoshka
C)a-piyoz, b-shuvoq; c- ituzum
D)a-bug’doy; b-shuvoq; c-ituzum
20. Quyida keltirilgan hayvonlarni qon aylanish sistemasi murakkablashib borish tartibida to’g’ri joylashtiring.
1) suv ilon; 2) zog’ora baliq; 3) alligator; 4) kvaksha; 5) churrak; 6) kashalot; 7) gekkon
A)2-4-7-5-6 B) 3-4-2-5-1
C)3-2-4-5-1 D) 2-6-7-5-4
21. Barglari toq patsimon (a); panjasimon (b) va uch bargchali (c) o’simliklar to’g’ri berilgan javobni toping.
A)a-yong’oq; b-soxta kashtan; c-loviya
B)a-shirinmiya; b-soxta kashtan; c-burchoq
C) a- yong’oq; b-yeryong’oq; c-burchoq
D) a-shirinmiya;
b-sebarga; c-no’xat
22. Mitoxondriya (a) va xloroplastlarga (b) xos xususiyatlarni aniqlang. 1)xlorofillga ega; 2)ichki membranasi kristalar hosil qiladi; 3)kislorod ishtirokisiz ATF sintezlaydi; 4)bo‘linib ko‘payadi;
5)organik modda parchalanishi hisobiga ATF sintezlaydi; 6) uglevod hosil qiladi; 7) tarkibida DNK mavjud; 8) simbioz gipotezasiga ko‘ra anaerob bakteriyalardan kelib chiqqan
A)a-2,3,5; b-4,6,8 B)a-2,5,7; b-1,3,6 C) a-6,8;b-2,5,7 D) a-1,3,4;b-1,6,8
23. Odam organizmidagi ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan biologik faol moddalar va ularga xos xususiyatlarni juftlab ko‘rsating.
1) paratgormon; 2) esterogen; 3) adrenalin; a)buyrakusti bezining mag’iz qismidan ajraladi; b)organizmda pigment almashuvini
boshqarishga ishtirok etadi; c)epifiz bezi ishlab chiqaradi; d) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi; e)ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi; f) organizmda kalsiy, fosfor almashinuvini tartibga soladi A) 1-b; 2-d; 3-c B) 1-c; 2-e; 3-b
C) 1-d; 2-f; 3-a D) 1-f; 2-e; 3-a
24. Noma'lum o'simlikning 40 ta birlamchi hujayrasi hosil bo'lgan spermiylarning 30 % urug'lantirishda ishtirok etdi. Urug'lanishda ishtirok etgan spermiylardagi xromosomalarning, urug'lanishda ishtirok etmagan spermiylardagi xromosomalar farqi 896 tani tashkil qilsa, urug'lanishda ishtirok etmagan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang.
A)1548 B)1568 C)748 D)672
25. Ma’lum sharoitda 110,5 nm uzunlikdagi DNK molekulasi Eco.RI restiriktaza fermenti tasirida ABC bo'lakka bo'lindi.Hosil bo'lgan barcha DNK molekulasidagi vodorod bog'lar soni dastlabki vodorod bog’lar sonidan 2% ga kam bo'lsa dastlabki DNK molekulasidagi A-T orasidagi vodorod bog'lar sonini toping.
A)325 B)800 C)450 D)350
26.Odamning muskullarida hosil bo`lgan karbonat angidiridni tashqi muhitga chiqarilish ketma-ketligi to’g’ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A)muskul kapillyarlari- arteriya tomiri-yurak o’ng bo’lmasi-yurak o’ng qorinchasi-o’pka venasi-o’pka kapillari -nafas a’zolari-tashqi muhit B)muskul kapillarlari -vena-yurak o’ng bo’lmasi-yurak o’ng qorinchasi- aorta-o’pka kapillari-nafas a’zolari-tashqi muhit
C)muskul kapillarlari-vena-yurak chap bo’lmasi-yurak chap qorinchasi-o’pka arteriyasi-o’pka kapillari-nafas a’zolari-tashqi muhit
D)muskul kapillarlari -vena-yurak o’ng bo’lmasi-yurak o’ng qorinchasi –o’pka arteriyasi-o’pka kapillari-nafas a’zolari-tashqi muhit
27. Berilgan olimlarning hayot paydo bo’lishi haqidagi bilimlar rivojiga qo’shgan hissalarini aniqlang.
1) Ch.Darvin; 2) F.Redi;3)A.I.Oparin; 4) Lui Paster; 5) J.Xoldeyn. a) mikroorganizmlarning o’z-o'zidan paydo bo‘lmasligini
isbotladi; b) tajribada hayotning o’z-o’zidan paydo bo’lmasligini isbotlab berdi; c) hayot faqat hayot bo’lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkinligini e’tirof etdi; d) abiogen molekular evolutsiya to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi; e) koaservatlarga o‘xshagan birikmalarni tajribada hosil qilgan.
A)1-c;2-e;3-b;4-a;5–d
B)1-b;2-a;3-e;4-c;5–d
C)1-c;2-b;3-e;4-a;5–d
D)1-c;2-b;3-e;4-d;5–a
28. Faqat eukariot organizmlar o'rtasidagi simbioz munosabatlarni ko'rsating. 1) odam va uning qon hujayralaridagi bezgak paraziti; 2) dukkakli o'simliklari va uning ildizidagi azotni fiksatsiyalovchi bakteriya; 3) yo‘ng‘ichqa va undagi zarpechak; 4) qayin va uning ildizini o‘rab olgan mikoriza; 5) g‘o‘za va uning o‘tkazuvchi to'qimalaridagi vertitsill; 6) termitlar va ularning ichagidagi xivchinlilar
A) 2, 3 В) 4,6 С) 1, 5 D) 2,6
29. Embrion varaqlari va ulardan rivojlanadigan to‘qimalar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
a)endoderma, b)mezoderma 1) fassiya; 2) endokard; 3) bronxiolalar; 4)
neyrogliya; 5) pay; 6)oshqozon epiteliysi
A)a-3,6;b-1,2 B) a-2,6; b-3,5
C) a-2,3;b-4,5 D)a-2,5;b-3,4
30. Oqsil (a), uglevod (b), lipid (c), aminokislotalarni (d) aniqlang.
1) tirozin; 2) transpozaza; 3)estrogen; 4) ligaza; 5) testosteron; 6) amilaza; 7) lipaza; 8) triptofan; 9) maltoza; 10) glikogen
A)a-2; b-9; с-7; d-1
B)a-6;b-9;с-5;d-8
C)a-6;b-9;с-3;d-10
D)a-4;b-1;с-10;d-2