Nerv 1
1.Nerv sistemaning umumiy tavsifi:
1.1. Vazifalari-organizmning barcha qismlarini birlashtirib turadi;
- turli jaraѐnlarini boshqarilishini, turli aʼzo va toʼqimalarning
vazifalarini boshqarilishini taʼminlaydi;
- tashqi muhitdan ichki aʼzolardan informatsiya (axborot) larni qabul qiladi, ularga
javob signallarini beradi.
1.2. Nerv sistemasi boʼlinadi:
-markaziy nerv sistemasi (MNS) bosh va orqa miya,
-periferik nerv sistemasi, periferik nerv tugunlari, nerv va nerv oxirlari. Fiziologik
jihatdan boʼlinadi: somatik nerv sistemasi (ixtiѐriy harakatlarni boshqaradi) va
avtonom ѐki vegetativ nerv sistemasi (ichki aʼzolar va ularning faoliyatini
boshqaradi).
Vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik boʼlimlari farqlanadi.
Markaziy nerv sistemasining neyronlarini toʼplamlari yadro deb atalsa, periferik
nerv sistemasida – nerv tugunlari (gangliylar) deyiladi.
1.3. Nerv sistemasining taraqqiѐt manbai.
Ektodermaning hosilasi: 1)nerv nayi, undan bosh va orqa miya, koʼzning toʼr
pardasi rivojlanadi; 2) ganglioz plastinka, undan orqa miya va periferik nerv
tugunlari, buyrak usti bezining xromaffin toʼqimasi rivojlanadi.
Miya pufagi haqida tushuncha. Nerv nayining bosh qismida 3 ta miya pufagi hosil
boʼladi: oldingi, oʼrta va orqa. Ulardan 5 ta miya pufagi paydo boʼladi:
1)telentsefalon (bosh miya yarim sharlari poʼstlogi oq moddasi bilan markaziy
tugunlar), 2)dientsefalon (globus pallidus,talamus optikus, metatalamus,
epitalamus va gipotalamik sohaning orqa qismi), 3) oʼrta miya – mezentsefalon
(toʼrt tepalik), miya oѐqchasi, silьviev suv oʼtkazuv yoʼli, 4)metentsefalon
(varoliev koʼprigi va miyacha), 5)mieletsefalon (uzunchoq miya).
1.4.Kulrang va oq modda.
Kulrang modda – neyronlar, nerv tollalari, neyrogliya.
Oq modda – nerv tolalari, neyrogliya.
Nazariy qism.
1.Nervning tuzilishi (nerv oʼzagi).
Nerv tolalaridan va biriktiruvchi toʼqimali qatlamlardan hosil boʼladi. Nervlar
asosan aralash boʼlib (afferent va efferent tolali), somatik va vegetativ nerv
sistemasining mielinli va mielinsiz nerv tolalaridan iborat.
Endonevriy – har bir nerv tolasini oʼrab turadigan siyrak biriktiruvchitoʼqimali
yupqa parda boʼlib, retikulyar tolalardan, gemokapilyarlardan tuzilgan.
Perinevriy – nerv tolalarining tutamlarini oʼrab turadigan, mayda qon tomirlarga
boy biriktiruvchi toʼqimali parda.Epinevriy – nervning zich biriktiruvchi toʼqimali
tashqi pardasi, oʼzida ѐg toʼqimasi, qon va limfa tomirlarini saqlaydi.
Jarohatlanganda nervlarning reaktsiyasi, regeneratsiyasi.
2. Sezuvchi nerv tugunlari.
Orqa miyaning orqa ildizida va kalla suyak miya nervlarining (5,7,8,9,10 juft)
yoʼlida joylashgan.
2.1.Orqa miya tuguni: duksimon shaklda, tashqaridan zich biriktiruvchi toʼqimali
kapsula bilan oʼralgan. Chekka qismlarida psevdounipolyar neyronlar joylashgan,
markazida esa nerv tolalari va qon tomirlariga boy biriktiruvchi toʼqima joylashadi.
Har bir neyronning atrofida oligodendrogliya hujayralari qavati joylashadi
(Mantiya hujayralari ѐki satellit hujayralar). Tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi
toʼqimali parda qoplaydi. Neyronlarning akson va dendritlari T shaklida ajraladi,
ular mielin parda bilan qoplangan. Dendritlar orqa miya nervining tarkibiga kirib
periferiyaga ketadi, aksonlar esa orqa miya orqa ildizining tarkibiga kiradi.
Neyronlar atsetilxolin, gastrin, glutamin kislota, somatostatin, xolitsistokinin, VIP
gormonlari saqlaydi.
2.2. Kalla suyak tugunlari.
Orqa miya tugunlaridan tuzilishidagi farqlari.
3. Vegetativ nerv sistemasi.
3.1. Simpatik va parasimpatik nerv sistemalarining markaziy boʼlimlari.
Simpatik nerv sistemasining markazlari: orqa miya, koʼkrak va yuqori bel
boʼlimlarining ѐn shoxlaridagi yadrolar.
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari: III, VII, IX, X juft kalla nervlarining
yadrolari orqa miya dumgaza boʼlimining vegetativ yadrolari. Bu yadrolar
neyronlarining aksonlari - preganglionar tolalar (xolinergik) xisoblanadi.
3.2.Vegetativ nerv tugunlari. Simpatik tugunlar – ekstramural (simpatik oʼzak),
paravertebral, prevertebral boʼladi.
Parasimpatik tugunlar boshda, ichki aʼzolar devorida (intramural) hazm
sistemasida, yurakda, bachadonda, siydik pufagida, bronxlar va boshqalarda
boʼladi.
Postganglionar simpatik tolalari mediatorlari – noradrenalin boʼlsa, parasimpatikda
atsetilxolin boʼladi. Koʼpgina ichki aʼzolar ham simpatik va parasimpatik
innervatsiyaga ega.
3.3. Vegetativ nerv tugunlarining tuzilishi. Tashqi tomondan biriktiruvchi toʼqimali
kapsula bilan oʼralgan, multipolyar neyronlari diffuz yoki guruxlar hosil kilib
joylashadi. Har bir neyronlarning atrofida glial parda va bazal membrana boʼlib,
tashqaridan biriktiruvchi toʼqimali parda oʼrab turadi.
Intramural (parasimpatik) tugunlar.Ichki aʼzolarda chigallar hosil qilib joylashadi.
Intramural tugunlarda 3 xil neyronlar boʼladi (Dogel hujayralari): 1) 1 – tip
hujayralari uzun aksonli ,efferent.Yirik dendritlari kalta, aksoni ishchi aʼzoga
yunalgan.
2) 2 – tip hujayralari - afferent, teng oʼsimtali, dendritlari va aksoni uzun, qoʼshni
gangliylarning 1 va 3 tip hujayralari bilan sinapslar hosil kiladi.
3) 3 – tip hujayralar – assotsiativ, oraliq. Shu tugundagi 1 va 2 tip hujayralarini
oʼzaro birlashtiradi. Аkson boshqa tugunlarga boradi va 1 tip hujayralar bilan
sinapslar hosil kiladi.
4. Reflektor yoy xakida tushuncha.
Nerv sistemasining funktsional birligi – reflektor ѐy – koʼzgalgan retseptorlardagi
reaktsiyalarni ishchi aʼzolarga yetkazib berishni taʼminlaydigan neyronlar zanjiri.
Somatik reflektor ѐy – 3 ta boʼgʼindan iborat:
- retseptor boʼgʼin, sezuvchi spinal gangliyning psevdounipolyar neyronlari;
- assotsiativ boʼgʼin, orqa miya orqa shoxining multipolyar oraliq neyronlari;
- efferektor boʼgʼin, orqa miya oldingi shoxining multipolyar motoneyronlari.
Ularning aksonlari skelet mushaklarida nerv-mushak sinapslarini hosil qiladi.
Vegetativ reflektor ѐy.
- Retseptor boʼgʼin, spinal gangliylarning afferent psevdounipolyar neyronlari.
Ularning dendritlari ichki aʼzolarda, bezlarda nerv oxirlarini hosil qiladi.
- Аssotsiativ boʼgʼin, orqa miya yon shoxlarining multipolyar neyronlari.
- Effektor boʼgʼin, vegetativ gangliylarning multipolyar neyronlari.
Ularning aksonlari silliq mushaklarda, bezlarda, yurakda tugaydi. Soʼrov oddiy
shaklda oʼtkaziladi, yana «kuchsiz boʼgʼin» interfaol usulini qoʼllash mumkin
(qoʼllanma tavsiya etiladi).
3. Orqa miya.
3.1.Tuzilishining umumiy rejasi.
Ikkita simmetrik yarimcha old tomondan ѐriq bilan, orqa tomondan egat orqali
ajralib turadi. Segmentli tuzilishga ega. Har bir segment 2 ta oldingi va 2 ta nerv
hosil qiluvchi orqa ildizlardan iborat. Markazda – orqa miya kanali boʼlib,
ependimotsitlar bilan qoplangan. Kulrang va oq moddalari farqlanadi.
3.2. Kulrang modda markazida boʼlib, koʼndalang kesimda kapalak shaklida ѐki
«N»harfi shaklida koʼrinadi. Unda oldingi, orqa va ѐn shoxlar farqlanadi. Kulrang
moddaning 2 ta yarmi markazidan kulrang bitishuv orqali bogʼlangan. Kulrang
moddaning komponentlari: neyronlar, mielinli va mielinsiz nerv tolalari,
neyrogliya.
3.3. Neyronlarning turlari.Vazifasiga qarab - harakatlantiruvchi, sezuvchi.
Tuzilishiga qarab mulьtipolyar. Аksonlarining joylashiga qarab: ildizdagi
(aksonlari oldingi ildizni hosil qiladi), ichki (aksonlar kulrang moddada qoladi),
tutamli (aksonlar oq moddada tutamlar – oʼtkazuv yoʼllari hosil qiladi).
3.4. Kulrang moddaning yadrolari: neyronlarning ustun koʼrinishidagi toʼplamlari.
Orqa shoxda: xususiy va koʼkrak yadrolari. Xususiy (dorsal) yadroda oraliq
neyronlar boʼlib, ularning aksonlari qarama-qarshi tomondagi oq moddaga oʼtadi.
Koʼkrak (Klark) yadro – yirik oraliq neyronlardan iborat boʼlib, aksonlari oʼsha
tomonning oq moddasiga chiqadi. Oraliq qismda: ѐn shoxlarda – medial (aksonlari
oʼzi tomondagi oq moddaga chiqadi) va lateral yadrolardan iborat boʼlib, koʼkrak
va bel segmentlarida yaqqol koʼrinadi, ular simpatik nerv sistemasiga taalluqli
hisoblanadi.
Lateral
yadroning
neyronlari
enkefalin,
neyrotenzin,
R
modda,somatostatin saqlaydi.
Oldingi shoxda: medial (butun orqa miya boʼylab) va lateral (boʼyin va bel
segmentlarida)
harakatlantiruvchi
yadrolaridan
iborat.
Harakatlantiruvchi
neyronlar: yirik alfa-neyronlar – mushaklar harakatini, mayda alfa - neyronlar –
mushaklar tonusini, gammamotoneyronlar – mushak duklarini innervatsiiya qiladi.
3.5.Oq modda. Kulrang moddani oʼrab turadi, boʼylama yoʼnalgan nerv tolalaridan
iborat, koʼtariluvchi va tushuvchi oʼtkazuv yoʼllarini hosil qiladi, ular yupqa
biriktiruvchi toʼqimali va astrotsitlar bilan oʼralgan parda orqali ajralib turadi.
Oldingi va orqa ildizlar oq moddani oldingi, yon va orqa ustunlarga boʼlib turadi.
Oʼtkazuv yoʼllari orqa miya va bosh miyaning turli boʼlimlari orasidagi oʼzaro
munosabatni taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |