1. Neft va gaz haqida tushuncha Gazning fizik va kimyoviy xususiyatlari



Download 1 Mb.
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#719589
Bog'liq
Neft va gaz kurs ishi


Reja:
1.Neft va gaz haqida tushuncha
2.Gazning fizik va kimyoviy xususiyatlari
3.Neftning fizik va kimyoviy xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Neft — yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod boʻlgan qizil-jigarrang, baʼzan qora rangli, oʻziga xos hidli Yer qobigʻida mavjud boʻlgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, baʼzan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,74 bilan 0,97 g/sm³ orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi.
Gazlar (frans. gaz) — modda holatlaridan biri. Har bir modda temperatura va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. G. molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. G. tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. G. molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal sharoit (273, 15K temperatura va 1,01 105 Pa bosim)da G. zichligi suyukliklar zichligiga nisbatan 1000 baravar kam yoki gaz molekulalari orasidagi masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 baravar katta boʻladi. Shunday boʻlsa ham normal sharoitda 1 sm3 gazda 310" dona molekula bor. G. uchta kattalik: bosim (r), hajm (V) va temperatura (T) bilan ifodalanadi. Bu kattaliklar maʼlum boʻlsa, gaz holatini aniqlash mumkin. r, V va T kattaliklarning oʻzgarishi bir-biriga bogʻliq. Holatining oʻzgarishiga qarab, G. har xil xususiyatli boʻladi. Mas, kuchli siqilgan gazning fizik xususiyatlari normal bosimdagi gaznikidan farq qiladi. Normal bosim va temperaturadagi G. holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan G. ideal G. deyiladi. Tabiatda ideal G. yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi G.ga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bosim juda yuqori va temperatura juda past boʻlgan sharoitda Van-der-Vaals tenglamasi R + -jkW ʻ b) = f RT tatbiq qilinadi. Bunda Pi = -^g — molekulalarning oʻzaro taʼsiridan paydo boʻlgan ichki bosim, — molekulalarning xususiy hajmi; a — berilgan G. uchun oʻzgarmas kattalik. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi G. real G. deyiladi. Normal sharoitda G.da issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi. Bu hodisalar molekulalarning doimo tartibsiz harakati va bir-biri bilan toʻqnashuvi natijasidir Normal sharoitda G. oʻzidan elektr toki oʻtkazmaydi, lekin bosim va temperaturaning oʻzgarishi bilan G.ning bu xususiyati oʻzgaradi. Har qaysi real gaz oʻziga xos kritik temperatura (Tk) gacha sovitilganda suyuqlikka aylanadi. Mas, suv uchun Tk=374,2°K, shunda suv bugʻ holatida, kislorod uchun TK=91,14°K, shunda u gaz holatida boʻladi va h.k.
G.ning barcha turlari moddiy dunyoning ham energetik boshqaruvchisidir, chunki kislorod-azot G. aralashmasi yoqilgʻilarni (ichki energiyasi moʻl moddalar majmuasi) turli sohalarda yoki umuman tabiatda yonishi (vulkanlar harakati, katta oʻrmon hududlarining oʻt olishi va boshqalar) maʼlum darajada planetamizning hozirgi energetik holatini ham boshqarib turadi. G.ning noyob oksidlanish va oksidlash, yoqish va yondirish, portlash va portlatish xossalaridan hayotimizda, xalq xoʻjaligida, texnikada va ulkan hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda foydalaniladi. G. chiroklari, lampalari, alangalatkichlari, oʻchoqlari, kavsharlagichlari, yoritkichlari, turbinalari, isitkichlari, dvigatellari, kondensatorlar, sovitgichlar, ochgichlar, turbinali elektr stansiyalar, turbinali avtomobillar, lokomativ turbovozlari, lazerlari va boshqa taraqqiyotning asosiy mohiyatini belgilaydi. Bunda yuqorida keltirilgan aynan G.dan tashqari neftni qayta ishlash, yoʻlakay, tabiiy yonuvchan (metan, etan, propan, butan) G.dan amalda keng foydalaniladi Neftni qayta ishlash G.i neftning termokrekingi yoki haydash mahsulotlarining katalitik krekingi, pirolizi hamda katalitik gidrogenlashdan hosil boʻladi. Neftning tezlik krekingidan hosil boʻladigan G. tarkibi aynan olingan neft turiga, chuqur kimyoviy qayta ishlanganda esa jarayonlar olib borish usullari va sharoitlariga bogʻliq boʻladi Neftni chuqur kimyoviy qayta ishlash jarayonida G. tarkibida toʻyinmagan G. ham hosil boʻladi. Bu G. sanoatda organik va neft-kimyoviy sintezlarda yarim mahsulot yoki monomerlar sifatida koʻp qoʻllaniladi. Respublikamizda Koʻkdumaloq "neft-gazokondensat-gaz" konida yoʻlakay G.dan foydalanish tajribadan oʻtmoqda. Bu G. tarkibida metan — 89%, etan — 0,3%, propan — 0,2%, butanlar — 0,6%, G. kondensati — 6—7% va boshqa G. (N2, CO2, H2S) - 1,2% boʻladi. G. sanoatda keng ishlatiladi .

Gazning fizik- kimyoviy xossalari.
Avvalo biz tabiiy gazni tashish deganda, kondan qazib olinayotgan tabiiy gazni hech qanday isrofgarchilikka yot qo'ynrasdan uni istemolchilarga sof, toza holda yetkazib berishni tushunishimiz kerak deb o’ylayman. Buning uchun esa biz albatta tabiiy gaz to'g'risidagi barcha ma'lumotlarga ega bo’lishimiz shart. Jumladan tabiiy gazni kimyoviy tarkibi, tasnifi ularning asosiy fizikaviy xossalarini bilishimiz darkor. Kondan qazib olinayotgan tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berishdan oldin uning tarkibidagi keraksiz qo'shimchalarni ajratishimiz va zarur bo’lsa ba'zi bir qo'shimchalarni qo'shishimizga to'g'ri keladi. Ya'ni tabiiy gazni jo'natishga tayyor holatga keltirishimiz kerak bo’ladi. Bu jarayonda kondan qazib olinayotgan gaz tarkibidagi qum, karroziya mahsulotlarini, kondensatlar, suv bug’i va shu kabi mexanik qo' shimchalardan tozalanadi. Aks holda gaz tashiladigan quvir va boshqa jihozlarni yemirilishiga olib kelib, bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Tabiiy gazlarni iste’molchilarga jo'natishdan oldin uni quritib, og’ir uglevadorodlardan tozalashdan tashqari, gaz hidini sezish uchun uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikmalar, vodorodlar qo'shish kerak bo’ladi. Ko'p hollarda tabiiy gaz miqdori ko’p bo’lsa, uni istemolchilarga quvur transport orqali yetkazib beriladi. Barcha tashilayotgan gaz miqdorini aniq bilishimiz uchun biz gaz quvurlarini hisoblashni bilishimiz zarurdir. Bunga asosan gaz quvurlarining texnologik hisobi katta ahamiyat kasb etib, unga quvurning gidravlik hisobi ham beradi. Unga quvurlarda bosim yo’qolishi, kompressorlar asosidagi masofa quvurlarni muqobil hisoblari, gaz quvurlarining o'tkazuvchanlik qobilyatini aniqlashtirish kiradi. Demak gaz quvurlarini hisoblash bizga qancha miqdordagi gaz tashilayotganini oson aniqlashimizga yordam beradi.
Tabiiy gazlar karbonsuvchil va nokarbonsuvchilardan tashkil topgan bo’lib, tabiiy gazlar qatlamda sof gaz holida, neftda erigan holda va suvda erigan holda uchrashi mumkin. Tabiiy gazlarning umumiy ko'rinishi CnH2n+2 ko'rinishidagi ifodadan aniqlanib, metan gomologlari qatorida tashkil topgan bo’ladi.
Tabiiy gazlar tarkibidagi nokarbonsuvchil gazlardan azot (N2), uglerod IV oksidi (C02), uglerod sulfida (H2S), inert gazlardan argon Ar, geliy He, krypton Kr, ksinon Xe, merkaptanlar (R5H) bo’lishi mumkin. Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi metan gaz gomolotlari C4 dan C41 gacha boladi. Ya'ni quyidagilar metan-CH4, etan-C2H6, propan-C3H8, butan-C4H10. Demak C5 dan C9 gacha suyuq moddalar, C10-C20 quyuq va C20 dan yuqorilari esa qattiq moddalar hisoblanadi. Tabiiy gaz tarkibida eng yengil suyuq, karbonsuvchilar erigan holda ham uchrashi mumkin. Bular C5 dan C9 gacha boTib ,ular kondensatorlar deb ataladi. Tarkibida erigan kondensatorlar boTgan tabiiy gaz konlarni gazkondensat konlari deb yuritamiz.
Tabiiy gazlar qanday konlardan olinayotganligiga va tarkibidagi kompanentlarning miqdoriga qarab tasniflanadi:
l. Sof gaz konlaridan tabiiy gazlar. Bunday gazlarda yuqoridagi karbonsuvchilar deyarli bo’lmaydi. Bu gazlar quruq ya'ni sof gazlardan iborat bo'ladi.
2. Neft bilan birga bo’linadigan yo'ldosh gazlar. Yo’ldosh gaz- neft tarkibida erigan tabiiy gaz bo" lib, qatlam va quduq konidan neft harakatlanib yer yuziga ko'tarilish davomida undan ajraladigan gazdir. Shuning uchun yo'ldosh gazlar tarkibida quruq gazlar ayniqsa metan CH4 kam bo’lib, etan, propan, butan kabi karbonsuvchilar ko'proq bo'ladi.
3. Gazkondensat konlaridan olinadigan tabiiy gazlar. Bu gazlar quruq gazlar va suyuq holdagi kondensatlar aralashmasidan iboratdir. Har uch guruhlardagi gazlar asosan metan+pentan (ya'ni CH4-C5H12) komponentlarining miqdori bilan sarf qilinadi.Aslida biz barcha konlarni quyidagi sakkiz turga ajratishimiz mumkin.
4. Bu kon sof gaz koni bo" lib, bundagi gaz miqdori 100% ni tashkil etadi. Ya'ni Vr=l;
5. Bu kon neft hoshiyali gaz kondir. Bundagi tabiiy gaz miqdori 75% dan to 100% oralig'ida bo4ib, ya'ni 0,75r
6. Bunday konlar neftgaz konlari deyiladi. Bunday konlardagi tabiiy gaz miqdori hamma mahsuldor qatlam hajmining yarmidan to % qismiga bo'lgan hajmni o'z ichiga oladi, ya'ni 0,5r<0,75.
7. Bu kon gazli neft konidir. Bunday konlardagi tabiiy gazning miqdori 25% dan yuqori va 50% dan pastda bo'lishi mumkin, ya'ni 0,25r<0,5.
8. Bu konlar gaz shapkalari neft konlari deb atalib, bunday konlardagi tabiiy gaz miqdori juda kam yoki 25% dan ham kamroqni tashkil etadi, ya'ni Vr<0,25.
9. Bunday konlar sof neft konlari deyilib maxsuldor qatlamning hamma qismini neft egallagan bo'ladi, ya'ni tabiiy gaz umuman yo'q bo'ladi.
10. Bunday ko'rinishidagi konlar neft kondensat konlari deyiladi. Bunday konlarda tabiiy gaz, neft va konbdensatlar turli miqdorlarda uchrashi mumkin.
11. Bu turdagi konlar esa gazkondensatli konlar deyiladi. Bu yerda gazsimon karbonsuvchilar tarkibida erigan holda suyuq karbonsuvchilar, ya'ni tabiiy gaz tarkibidagi erigan holda suyuq kondensatlar mavjut bo"lib, ular butun mahsuldor qatlam hajmini egallab yotadi [10].
Tabiiy gazlar ular tarkibidagi kompanentlar miqdoriga qarab quyidagi tasniflarga bo" lishimiz mumkin:
1) Metan miqdoriga ko'ra (hajm miqdoriga ko'ra %) Pastmetanli 0-30
Kam metanli 30-70 o’rtacha metanli 70-90 Yuqori metanli 90-100
2) Og'ir gomologlar S miqdoriga ko'ra (hajm miqdoriga ko'ra %)
Pastmiqdorli 0-3;
Kam miqdorli 3-10;
O’rtacha miqdorli 30% dan ortiq.
3) Azot (Nr) miqdorga ko'ra (hajm hisobida %) Past azotli 0-3;
Kam azotli 3-10; CTrtacha azotli 10-30; Yuqori azotli 30% dan yuqori.
4) Karbonat IV oksidli (CO2) miqdorga ko'ra (hajm hisobida %) Pastmiqdorli 0-3; Kammiqdorli 3-10; o’rtacha miqdorli 10-30; Yuqori miqdorli 30% dan ortiq.
5) Vadorod sulfidning miqdoriga ko'ra (H2S) hajm hisobida % Oltingurgutsiz 0,001 gacha
Kam oltingurgutli 0,001-0,3 o’rtacha oltingurgutli 0,3-1,0 Yuqori oltingurgutli 1 dan ortiq.
Tabiiy gazlarning bunday mufassal tasniflanishiga sabab, uning tarkibidagi kompanentlarning miqdoriga (kondensat CO2) va H2S kabi moddalarning miqdoriga qarab konda tabiiy gazni tayyorlash inshootlari har xil bo’ladi. Oltingurgutsiz va kam oltingurgutli konlarda tabiiy gazni oltingurgutdan tozalovchi inshootlar qurilmaydi.
Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalari. Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalaridan konlarning loyiha ko'rsatkichlarini hisoblashda, gazlarni konda davlat standartlariga mos holda tayyorlashda va gaz ishlab chiqish korxonasi hamda gazni naqliyoti bilan shug'ullanadigan korxona orasidagi o'zaro hisob-kitoblarda ishlatiladi. Shundan kelib chiqib tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalarini doimo nazorat qilish kerak bo’ladi. Agar gazning bosimi, hajmi va temperaturasi o'zgarsa, uning asosiy fizik xossalari ham o'zgarishini ko’rish mumkin. Demak gazning asosiy fizik xossalari bosim, hajm va haroratga bog’liq ekan, shuning uchun ham gazning fizik xossalarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak ekan.
Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalariga — molekulyar massasi M, gazning zichligi pr, gazning qovushqoqligi y, gazning kritik parametrlari (Pk , Tk), va gazning o’ta siqiluvchanlik koeffitsienti Z kiradi.
Zichlik yoki hajm birligidagi massa deb — moddaning tinch holatidagi massasini uning hajmiga bolgan nisbatiga aytiladi. Gazning oddiy fizik sharoitdagi ya'ni bosim P0 =101325 Pa=0,101 MPa=l at va temperatura t=0°C dagi zichligini uning molekulyar massasi bilan aniqlash mumkin:

bu yerda: M- gazning molekulyar massasi; 22,41-har qanday 1 kg gazning fizik sharoitdagi hajmi. Hisoblashlarda ko'pincha gazlarning nisbiy zichligi ishlatiladi. Gazning nisbiy zichligi deb — shu gazning zichligining havo zichligiga nisbatiga aytiladi.


bunda: pgnis - gazning nisbiy zichligi; pg - berilgan gaz zichligi; ph = 1,293
havoning zichligi.
Agar tabiiy gaz aralashmasining molekulyar massasi Ma aniq bo'lsa, aralashma zichligi quyidagicha bo’ladi:
Tabiiy gaz aralashmasining nisbiylik zichligi esa:
Endi tabiiy gazlarning qovushqoqligi haqida gapiradigan bo'lsak, gazning qovushqoqligi uning zichligiga, molekulalarning o'rtacha tezligiga va erkin harakatlanish masofasiga bog'liq bo" lib, quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
birlikda o’lchanadi.
bunda; fl- gazning qovushqoqligi, p- zichlik, v - gaz molekulalarining o'rtacha tezligi, X - molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi.
Gazning qovushqoqligi temperaturaga va bosimga bevosita bog’liq bo’lib, agar bosim oshsa gazning zichligi ham ortadi, molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi esa qisqaradi bundan kelib chiqib molekulalarning o'rtacha harakatlanish tezligi o'zgarmasdan qoladi deyishimiz mumkin. Shunday ekan bosim ortsa, gazning qovushqoqligi boshlang'ich davrda deyarli o'zgarmaydi, keyinchalik esa oshib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan gazlarning (masalan atmosfera bosimi sharoitda) bosimi biroz kichik bo'ladi, temperatura ortishi natijasida gazning qovushqoqligi ortib boradi. Tabiiy gazlarning molekulyar og'irligi bilan qovushqoqlik o'rtasidagi bog’liqlikka shu gazning tarkibida bolgan tajavuzkor gazlarning (masalan, azot, vadorod sulfid, uglerod IV oksid miqdori sezilarli darajada ta'sir ko'rsatar ekan.
Tabiiy gazning atmosfera bosimi sharoitidagi qovushqoqligini quyidagi ifodadan aniqlash mumkin:
bu yerda: Mg- tabiiy gazning atmosfera bosimida va berilgan
temperaturadagi qovushqoqlik; ∆M1 - tabiiy gaz tarkibidagi azotning miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi; ∆M 2 -tabiiy gaz tarkibidagi vadorod sulfid miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi, ∆M3 -tabiiy gaz tarkibidagi uglerod IV oksidining miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi.
Gazlarning holat tenglamalari—Mendelev-Klapeyron, Boyl-Marriot, Gey-Lyussak, Sharl qonunlari gazlarning hajm, temperatura, bosim, gaz massasi kabi fizik ko'rsatkichlarning orasidagi o'zaro bog'liklarni quyida yoritib berishga harakat qilamiz:
Bu qonunlarda real va ideal gazlar orasidagi farq ko'rsatilgandir, biz bunga to'xtalmay ayta olamizki real gazlar uchun eng asosiy ko'rsatgichlardan bin bo'lib, bu о’tа siqiluvchanlik koeffltsienti hisoblanadi.
O’ta siqiluvchanlik koeffltsienti aniqlash uchun gazlarning kritik bosim va kritik temperaturasidan foydalanib keltirilgan bosim va keltirilgan temperaturasi aniqlanadi. Keltirilgan bosim va keltirilgan temperatura aniqlangandan so'ng maxsus hisoblashlar orqali gazlarning siqiluvchanlik koeffitsientini aniqlanadi. Gazlarning o'ta siqiluvchanlik koeffltsienti konlarning izlash tuzimida, shuningdek gaz qazib chiqarish tashkiloti bilan istemolchilar o'rtasidagi hisob-kitoblarda ishlatiladi [12].
Gaz holati tenglamasi tabiiy gazlarning fizik xossalarini aniqlashda ishlatiladi. Ideal gaz uchun bu holat Mendelev-Klapeyron tenglamasidir: PV= RT
Tabiiy gazlar ideal gaz qonuniga bo'ysunmaydilar. Shuning uchun bu tenglama quyidagicha bo'ladi:

Z-o'rta siqiluvchanlik koeffitsienti. Bu bosim va haroratga bog'liq bo'lib, real gazlarning ideal gazlar qonunidan cheklanishini ko'rsatadi. O’tа siqiluvchanlik koeffitsienti Z bir xil sharoitdagi real gazning hajmining ideal gaz hajmiga nisbatidir.


Bu ko'rsatkich labaratoriya sharoitida aniqlanadi. Amalda esa uni aniqlash uchun G.Braun chizmasidan foydalaniladi. Bir komponentli gaz o’zgarmas haroratda har xil bosimdalarda uch xil holatda bo’lishi mumkin. Kiritik haroratda biz bosimni qancha oshirsak ham, gaz suyuqlikka aylanmaydi, demak bunday holada suyuqlik va gaz o'rtasida farq bo'lmaydi. Tabiiy gaz ko'p kompanentli sistema bo’lgani uchun uning har bir kompanentiga kritik holatlarni topish imkoniyati ishni juda murakkablashtiradi. Shuning uchun Z koeffitsientni toppish vaqtida o’rtacha kritik ko'rsatkich aniqlanadi. Bunga soxta kritik nuqta deyiladi.
bunda: Рkr va Tkr ichki kompanentning; TsJer = Σ1u=i TkriX kritik bosimi va harorati; Xt - birinchi kompanentning aralashmadagi ulushi ( I ning bo'lagi bilan o'lchanadi).
Braun chizmasidan foydalanish uchun soxta kritik bosim yoki haroratni tabiiy sharoitga keltirish kerak. Keltirilgan bosim bosim yoki haroratni tabiiy sharoitga keltirish kerak. Keltirilgan bosim yoki harorat quyidagicha bo'ladi:

Bu yerda P va T o’ta siqiluvchanlik kaeffitsienti Z aniqlanishi lozim bo'lgan bosim va harorat.


Agar gazning tarkibi aniq bo'lmasa soxta kritik bosim va harorat grafik orqali
topiladi. Agar N2 , H2S va CO2 larning miqdori 15% dan ortiq bo’lsa, bu
grafikdan foydalanilmaydi.
O’tа siqiluvchanlik koeffitsientidan qatlamdagi gaz zahiralarini hisoblashda va umuman qatlamdagi bosim va haroratning o'zgarishini chamalashda va boshqa masalalarni hal qilishda foydalaniladi.
Gazlar orasidagi suv bug'larining mavjudligi gazlar bilan suvlarning doimo birgalikda qatlam muhitida bo'lishligidir. Gazlardagi suv buglarining miqdori harorat, bosim va ularning tarkibiga bog'liq. Tarkibida mavjud suv bug'larining o'z gazda mavjud bo'lishi mumkin bo’lgan eng ko'p bug' miqdoriga nisbati gazning nisbiv namligi deyiladi.

Gaz gidratlari — ma'lum bir sharoitdagi bosim va haroratda gazlar molekulalari hosil qilgan kritik panjarasi orasidagi vodorod tufayli suv molekulalari ham kirib qolganda hosil bo’ladigan va ba'zan shunday uyumlar hosil qiladigan to'planmalarga gaz gidratlari deyiladi. Bunday hollarda suvning solishtirma hajmi 1,26-1,32 sm3 /, ga yetishi mumkin, muzning solishtirma hajmi esa 1,09 sm3 /, ga teng bo'ladi. Demak, gidratning elementar bo'lagi gazva suvdan iboratdir. Gidrat holatida 1 hajmli suv 70-300 hajm gazni o'ziga bog'lashi mumkin. Gidratning hosil bo'lish jarayoni gazning tarkibiga, suvning holatiga hamda bosim va haroratga bog'liq. Bosim yoki temperaturaning o'zgarishi gidratning gaz yoki suvda ajralishiga olib keladi [13].


Gazogidrat uyumlari— ma'lum bir termodinamik sharoitda qisman yoki butunlay gidrat holatida bo'lgan uyumlardir. Gidrat uyumlari hosil bo'lishi uchun o4kazmaydigan qatlam bo'lish shart, undan tashqari ular neft, gaz va suv bilan aloqada bo'lishi mumkin.
Quduqlar bosimida gazogidrat uyumlari mavjudligini geofizik usullar bilan bilish mumkin. Bunday qatlamlar quyidagicha ta'riflanadi: PS ko'rsatkichli ko'lami oz, mikrogradient zond ko'rsatkichi yo'q yoki juda oz bo'lishi mumkin,ikkinchidan a~ aktivlik ko'rsatkichi yuqori bo'lishi mumkin, quduq devorida gelli po'stloq yo'q, aksariyat Pk ko'rsatkichi yuqori bo'ladi. Bunday qatlamlarni ishga tushirishda juda katta miqdorda gaz hosil bo'lishi, anchagina suv ham ajralishi mumkin.


Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi.


N. oʻta muhim yonilgʻi-energiya manbai boʻlib, benzin, kerosin dizel yonilgʻisi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
N. Qora yoki qoʻngʻir, baʼzan och malla rangli boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 750–970 kg/m³. Zichligi 20° da 850 kg/m³ dan past boʻlgan Neftlar yengil,851 –885 kg/m³ — oʻrtacha ogʻirlikdagi va 885 kg/m³ dan yuqorilari ogʻir N. hisoblanadi. Qaynash temperaturasi 28° dan yuqori. Qotish temperaturasi —60°dan —26° gacha, 50° dagi qovushoqligi 1,2—55 mm2/s, solishtirma issiqlik sigʻimi 1,7—2,1 kJ/(kg .K), yonish issikligi 43,7—46,2 MJ/kg ga teng . Chaqnash harorati 35— 120°. Organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi, lekin suv bilan turgʻun emulsiya hosil qiladi.
N. tarkibida parafin, naften va aromatik uglevodorodlar boʻladi, uglerod 82—87%, vodorod —11,5—14,5%, oltingugurt 0,1—5,5%ni tashkil etadi. Bundan tashqari, vanadiy, nikel, kalsiy, magniy, temir, alyuminiy, kremniy, natriy kabi 20 dan ortiq elementlar, 5% gacha har xil aralashmalar — naften kislotalar, asfalt-smola moddalar, merkaptanlar, vodorod sulfid, tiofen va tiofanlar, disulfidlar, piridin, piperidin va boshqa mavjud. N. tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,6—1,8%) va koʻp oltingugurtli (1,8%dan ortiq) sinflarga boʻlinadi.
Baʼzi olimlar N.ni tabiatdagi kimyoviy oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan deb hisoblaganlar. Bu hakda 2 qarama-qarshi fikr — anorganik va organik gipotezalar mavjud. Anorganik gipoteza asoschisi fransuz kimyogari M. Bertlo (1866) N. yer kaʼrida karbonat kislotaning ishkrriy metallarga taʼsiri natijasida, shunga oʻxshash, D. I. Mendeleyev (1877) yer qaʼriga sinish zonalari orqali tushgan suvning uglerodli metall (karbid) larga taʼsiri natijasida hosil boʻlgan, degan fikrni bildirganlar.
20-asr boshlarida esa N. hosil boʻlishining organik gipotezasi rivojlanti-rildi va choʻkindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan N. uzviy alo-qada deb topildi. Bu gipotezaga koʻra, N. koʻl va dengiz ostida choʻkindi jinslar bilan birga choʻkadigan har xil yirik hayvonlar (qad. ixtiozavrlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha boʻlgan jonivorlar va oʻsimlik qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Dengiz va koʻl tubida yigʻilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivorlariga oziq boʻlsa, bir qismi suvda erigan kislorod bilan oksidlanib yoʻqolgan va organik moddaning juda oz (2—3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aralashib, unga qoramtir tuye bergan. Loyka ichida organik modda kislorodsiz muhitda anaerob bakteriyalar taʼsirida oʻzgargan. Choʻkindi jinslar tarkibidagi sapropelning bir necha mln. yillar davomida oʻzgarib N. hosil boʻlishi lab. sinovlarida amaliy jihatdan oʻrganilgan. Bunda Yer poʻstining 1200–1500 m chuqurligidagi organik moddalarning murakkab molekulalari parchalanib, gazeimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan ham chuqurroq (3000–4000 m)da jarayon yanada tezlashib, N. hosil boʻlishining bosh fazasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal miqdorda ajralib chiqqan.
N.li qatlamlar Yer poʻsti tarixining hamma davrlariga mansub qavatlarida uchraydi, ammo eng koʻp zaxirasi devon, yura, bur va toʻrtlamchi davr yotqiziqlarida joylashgan. N.li qatlamlar maydoni 1000 km², qalinligi 100 m gacha yetib, bir konda bir necha N.li katlam mavjud boʻlishi mumkin.
N. juda kddimdan ishlatib kelingan. Yaqin Sharkda joylashgan qad. davlatlarda aholi N. va bitumdan foydalanganligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Jumladan, tarixiy manbalarda Suriya va Iroqsan oqib utadigan Furot daryosining sohillarida mil.dan 4—6 ming yil avval, ikki dare oraligʻiga joylashgan Shumer davlati (hozirgi Iroq)da, Bobilda, Qad. Misrda yunon va rimliklar idishlar yasashda, haykallarni bezashda, saroy va yoʻl qurilishlarida, jasadlarni balzamlash va mumiyolashda N. ishlatganliklari qayd etilgan. N. kuygan joyni, shish, revmatizm va teri kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Yunon tabibi Gippokrat N. bilan tayyorlangan dorilar tarkibini, italiyalik mash-hur sayyox. Marko Polo (1254—1324) Kavkazda "er moyi" borligini, undan yonilgʻi sifatida foydalanish va tuyalarni davolashda ishlatish mumkinligini yozib qoldirganlar. Kds. sharqda N.dan harbiy maqsadlarda ham foydalanganlar. Shuningdek, miloddan avvalgi 331 yil N.dan Genuya (Italiya) koʻchalarini yori-tishda foydalanganliklari maʼlum.
N. chiqarish qadim zamonlardan maʼlum. Miloddan avvalgi Kissiyada N. quduklardan chiqarilgan. Midiya, Bobil va Su-riyada N. ochiq suv havzalari yuzidan yigʻib olingan. Oʻsha davrda yerni bur-gʻilamasdan yer yoki suv yuzasidagi, qudukdardagi tayyor N.ni yigʻib olganlar. 15-asrda Italiyada N.li qumtosh va ohaktoshlarni qizdirib va siqib N. olingan. 1868 yilda Qoʻqon xonligida koʻldan ariqlarda oqib chiqadigan suv yuzasidan N. yigʻib olingan; buning uchun ariqlarga ostidan suv oʻtadigan, yuzida esa N. yigʻiladigan toʻsiq qilingan. 17-asrda Bokuda quduqlardan N. chiqarilgan. Bunday quduqlarning chuq. 27 m gacha boʻlib, devorlari toshlar yoki yogʻochlar bilan mustah-kamlangan.
Oʻzbekistonda N. chiqarish 1876 yildan boshlangan. Fargʻonaning Qamishboshi qishlogʻida tadbirkor D. P. Petrov tomonidan 19-asrning 80-yillari boshida 25 metrgacha burgʻilangan 2 ta quduqning har biridan kuniga 10 pud (160 kg) gacha N. chiqarilgan.
19-asrning 60-yillaridan N. burgʻi quduqlari orqali chiqarila boshladi. 1865 yilda AQShda birinchi marta N. mexanik usulda (nasos yordamida) chiqarilgan. Bu usul 1874—95 yillarda Gruziya, Boku va Groz-niydagi konlarda ham joriy etilgan. N.ni burgʻi kuduklari orqali chiqarish usuli, asosan, 20-asrning 30-yillariga kelib ancha takomillashdi.
N. chiqarish uchun N. atrofida joylashgan suv yoki gaz bosimini oshirish usuli bilan qatlam gʻovaklaridagi N. quduq zaboyiga yigʻiladi. Suv bosimi, odatda, boshlangʻich N. zaxirasining 50—80% ini, gaz esa atigi 20— 50%ini siqib chiqaradi. Odatda, ta-shqaridan berilayotgan suv qazib chiqarilayotgan N.ning oʻrnini toʻla egallay olmaganligidan bosim kamayib ketadi. Natijada N.ning favvora boʻlib tabiiy otilishi tugaydi. Shundan keyin N. kompressor yordamida chikariladi.
N.ni kompressor bilan chiqarishda quduqqa N. gazi yoki havo haydaladi; ular N.ga aralashib, zichligini kamaytiradi, natijada N. va gaz aralashmasining sathi kuduq yuzasigacha koʻtari-lib, N.ning favvora boʻlib otilishi davom etadi. N. quduklardan N. nasosi yordamida ham chiqariladi.
Qatlam bosimining pasaya borishi natijasida quduq debitining tushishi N. chiqarishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtiradi. N. konlarini ishga tushirish nazariyasi, ayniqsa, yer osti gidrogazodinamikasining rivojlanishi natijasida N. chikarishning yangi usullari ishlab chiqildi. Bularda N. qatlamlariga suv yoki gaz haydash yoʻli bilan qatlam bosimini butun ekspluatatsiya mobaynida deyarli birday ushlab turish mumkin. Neft — yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod boʻlgan qizil-jigarrang, baʼzan qora rangli, oʻziga xos hidli Yer qobigʻida mavjud boʻlgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, baʼzan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,74 bilan 0,97 g/sm³ orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi. Neft-gaz kollektorlari

Neft koni geologiyasi oldidagi echilishi lozim bg’lgan aniq vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishiga g’rganish, qatlamlar orasida kollektorlarni belgilash va uning fizik xossalarini chamalash hamda aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda statistik geologik konda tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan sistemani belgilash tuzilishi echib berishdir. Bunda tog’ jinslarini va uyumlarini o’rganish ularning tuzilishdagi mezo, makro, metastrukturalar darajasida olib borilmog’i lozim. Tog’ jinslarini kollektor va kollektor emasligini farqlamoq darkor. G’z bag’rida neft, gaz va suvlarni saqlash hamda sharoitlar yaratilganda ularni berish qobiliyatiga ega bg’lgan tog’ jinslari kollektor deb ataladi. Demak, kollektor, gaz, neft va suv bilan shimilgan holatda bg’lishi tabiiy, ular qatlamda g’zlarining solishtirma og’irliklariga qarab joylashadilar.


Hozirgi texnika va texnologiya sharoitlari hamda qazib chiqarish sistemasida mahsulot olinishi mumkin bg’lgan kollektorlar - mahsuldor kollektor deb ataladi. Ba’zi tog’ jinslari bag’rida mahsulot mavjud, lekin u ozroq miqdorda yoki geologo-fizik xususiyatlari tufayli ularni hozirgi texnika darajasida chiqarib bg’lmaydi. Bunday tog’ jinslarini mahsuldor bg’lmagan kollektor deb ataladi. Umuman, suyuqlik harakati mavjud bg’lmagan tog’ jinslari kollektor hisoblanmaydi. Tog’ jinslarining bir-biridan farqi va ularning er bag’rida joylashgan holatini, ularning chegaralarini aniqlash ushbu fanning vazifalaridandir.
Qatlamning chegaralari har xil tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. CHunonchi, qatlamning ma’lum joyda litologik tarkibi keskin g’zgarib, u kollektor holatidan kollektor bg’lmagan holatga g’tadi yoki qatlam ma’lum bir joyda tabiiy uzilma bilan kesilgan va uning chegarasi qirqilgan bg’ladi. SHu kabi belgilarga qarab neft-gaz tg’planishi mumkin bg’lgan geologik jismlarni sodda va murakkab turlarga ajratish mumkin. Er bag’ridagi neft va gazli qatlamlarni ajratish

Quduq kesimini litologik tarkibi va xossalariga qarab mahsuldor qism va ular orasidagi g’tkazmas qatlamlarga ajratiladi. Bu vazifa atroflicha g’rganiladi va bunda asosiy g’rin geofizik usullarnikidir. Geofizik tadqiqot natijalari kern va shlamni g’rganish natijalari hamda qatlam qismlarini sinab kg’rish vaqtida olingan ma’lumotlar va nihoyat gidrodinamik tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslanadi. Olingan ma’lumotlarning aniqlik darajasi geologik kesimning g’rganilganligiga va qilingan tadqiqotlarning aniqligiga bog’liq bg’ladi.


SHuni e’tibordan xoli qilish kerak emaski, terrigen tog’ jinslari bilan karbonat jinslar orasida ma’lum darajada g’ziga xoslik bor va tadqiqot vaqtida bularni hisobga olish lozim. CHunonchi, terrigen tog’ jinslari g’ovaklik xususiyati bilan ajraladi va quduqni burg’ulash vaqtida qatlamga eritmaning suvi shimiladi hamda qatlam yuzasida loyli qobiq hosil bg’ladi. Karbonat tog’ jinslarida g’ovaklik va yoriqlik xususiyatlari rivojlanmagan hollarda ham shunday bg’lini mumkin, bularni bir-biridan ajrata bilish taqozo qilinadi.
Geofizik usullarning sharoitga qarab tanlanishida va umuman, geofizik tadqiqotlarning majmuasiga qarab kesmaning haqiqiy kg’rinishini tasavvur qilish imkoni ochiladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, terrigen tog’ jinslarida gillarning mavjudlik darajasi kg’pchilik kg’rsatkichlarga g’z ta’sirini g’tkazsa, karbonat tog’ jinslarida ularning g’ovaklik darajasi har xil g’zgarishlarga sabab bg’ladi, shuning uchun birinchila-rida qarshilik, g’z-g’zidan qutblanish va tabiiy gamma nurlanishning ahamiyati katta bg’lsa, keyingilarida neytron va akustik hamda qarshilik usullarining ahamiyati e’tiborga loyiq. Natija litologik kolonka shaklida namoyon qilinadi. Unda kollektorlarning ajratilishi va ularning fizik kg’rsatkichlari, zahiralarning aniqlashda, qazib chiqarish sistemasini tg’g’ri tanlashda va ba’zi qatlamchalarni tg’g’ri ishlatishda asqotadi.



Xulosa . Neft va gaz butun dunyoda hozrgi kunda insoniyat uchun eng qimmatli homashyoga aylangan . butun dunyoda yiliga qancha million tonnalab neft qaziladi va uni inson extiyoji uchun juda ko’plab maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda
Neft va Gaz bu tabiiy boylikdir agarda uni tejab tergab ishlatmasak kelajak avlod bunday boyliklardan mosivo bo’ladi.
Hozrgi kunda olimlar neftni turli xildagi buyumlarni ishlab chiqarishda ishlatmoqda .
Dunyodagi aksariyat neftlar saudiya arabistoni rossiya va boshqa mamlakatlardan qazib olinmoqda . buneftlar sifati bo’yicha eng yetakchi neftlar hisoblanadi

Adabiyotlar;


OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Axmedov R. B., AtadjanovA. R., Gaz v narodnom xozyaystve Oʻzbekistana, T., 1974;
Baroz V. I., Dobicha neftyanogo gaza, M., 1983.
1.Yusupov G’.U., Xolbaev B.M. Geologiya va gidrogeologiya asoslari.
– T., «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2005.– 383 b.
2.Qurbonov А.S. Geologiya. -T., «O‘qituvchi», 1992. - 205 b
3. Hаmroboyev I.H., Rаjаbov F.SH. Petrogorаfiya аsoslаri. -T., «O‘qituvchi», 1984. -184 b.
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish