1-Mustaqil ta’lim
19. Farg’ona viloyati shaharlari rivojlanish tarixi
Farg‘ona viloyati shaharlar to‘ri va hududiy tizimini vujudga kelishida gidrografik to‘r, tabiiy resurslar, iqtisodiy geografik o‘rin, mehnat va infratuzilma salohiyati kabi omillaming ta’siri kuchli. Viloyatdagi shaharlaming ayrimlari qadimdan aholi zich joylashgan qishloqlar o‘mida paydo bo‘lgan. Farg‘ona mintaqasi shaharlar to‘rining kengayishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan boshlangan bo‘lsa, so‘nggi 1989-yilgi aholi ro‘yxatidan keyin Muqimiy qishloq aholi punkti shahar tipidagi posyolka maqomini oldi, xolos.
Mintaqa shaharlari turli tarixiy davrlarda tashkil topgan bo‘lsa-da, ulami rivojlantirish hamisha davlat boshqamvi diqqat markazida bo‘lgan. Chunonchi, foydali qazilma konlari va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar negizida shaharlami shakllantirish yoki Ikkinchi jahon urushi davrida sobiq Ittifoqning g‘arbiy hududlaridan zavod, fabrikalami ushbu hududga joylashtirilishi maqsadli dasturlar doirasida amalga oshirilgan.
Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924 yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri.
Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar „Fargʻona“ soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida „Pargʻana“, „Pragʻana“ shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida „kichik viloyat“; fors tillarida „togʻ oraligʻidagi vodiy“, „atrofi berk soylik“ degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar. Fargʻona oʻzining goʻzal landshaftlari bilan mashhur boʻlgan olis shahar. „Chimyon“ kurorti Olay tog 'etaklaridagi shifobaxsh mineral buloqlarning muvozanati bilan mashhur boʻlgan Chimen qishlogʻiga asoslangan. Eng katta kurort Markaziy Osiyoda joylashgan.
1876-yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877-yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904-yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880-yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898-yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891-yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899-yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.
1907-yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.
1914-yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913-yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi.
Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917-yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.
1917-yil 6—7-dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921-yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917-yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.
Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Fargʻona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % oʻzbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahar iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi.
Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan. Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻhtaganda, unga Murgʻ yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yoʻlidagi muhim shahrlardan boʻlgan. XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida „koʻb yahshi narsalarga boy shahar. Uning Shaftolilari va Anorlari ham koʻb yahshidur“ deb yozgan. Va uning aytishicha „Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir“. 1710—1876-yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Margʻilon uezdi markazi boʻlgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. Shuningdek, Margʻilonni „Sunduqul orifiyn“ (Oriflar sandigʻi) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Margʻilon savdogarlari Oʻrta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan.
Yana shaharda,Oʻzbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi Korhonasi va Turon Shoisi Korhonalari joylashgan.Fargʻona Vodiysiga shoi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Margʻilon bu sohada juda mashhur boʻlgan.
Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir.
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ziyod degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qadimiy Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan.
Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842-yilda Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877-yil 27-aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |