1 . Mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiyalash jarayonlari
Standartlashtirish.
Standartlashtirish – ijro etish majburiy boʼlgan hamda ijro etish tavsiya etiladigan talablar, normalar, qoidalar va shartlarni ishlab chiqish va belgilashga yoʼnaltirilgan, iste‘molchining lozim darajadagi sifatli xizmatlarni ma‘qul narxda xarid qilish huquqini, shuningdek mehnatning xavfsizligi va qulayligini ta‘minlovchi faoliyat. Standartlashtirishning maqsadi – amalda mavjud, rejalashtirilgan yoki moʼljal qilingan vazifalarni hal qilish uchun muayyan sohada belgilangan qoidalar, talablar, normalardan keng va koʼp karra foydalanish yoʼli bilan oqilona tartib oʼrnatilishiga erishish. Standartlashtirishning umumiy va tor maqsadlari farqlanadi.
Umumiy maqsadlar, eng avvalo, tushunchaning mazmunidan kelib chiqadi.
Umumiy maqsadlarning muayyanlashtirilishi majburiy hisoblangan standartlarning talablari bajarilishi bilan bogʼliq. Ularga odamlar hayoti va sogʼligʼi, atrof-muhit va mol-mulk uchun xizmatlarning xavfsizligini, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga muvofiq xizmatlar sifatini, barcha turdagi resurslarning tejalishini, xoʼjalik obyektlarining har xil (tabiiy va texnogen) ofatlar va favqulodda holatlar yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʼliq xavfsizligini ta‘minlovchi normalar, talablar va qoidalarni ishlab chiqish kiradi.
Standartlashtirishning tor (muayyan) maqsadlari ma‘lum faoliyat sohasiga, umuman xizmatlar sohasiga, u yoki bu korxonaga, muayyan xizmatga va hokazolarga talluqli.
Standartlashtirish standartlashtirish obyekti (predmeti) va standartlashtirish sohasi kabi tushunchalar bilan bogʼliq.
Standartlashtirish obyekti – muayyan talablar, shartlar, parametrlar, qoidalar va sh.k. ishlab chiqiladigan xizmat, xizmat koʼrsatish jarayoni. Standartlashtirish umuman obyektga yoki uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‗lishi mumkin.
Standartlashtirish sohasi – standartlashtirishning o‗zaro bog‗liq obyektlari majmui. Masalan, mehmonxona sanoati standartlashtirish sohasi hisoblanadi, muayyan mehmonxona xizmatlari: mehmonlarni rasmiylashtirish va joylashtirish xizmatlari, nomerlarni tozalash xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari standartlashtirish obyektlari boʼlishi mumkin.
Standartlashtirish har xil darajada amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi standartni jahonning qaysi jugʼrofiy, iqtisodiy, siyosiy mintaqasi ishtirokchisi qabul qilishiga qarab farq qiladi. Standartlashtirish amalga oshirilayotgan darajaga qarab:
• xalqaro standartlashtirish – istalgan mamlakatning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat;
• mintaqaviy standartlashtirish – jahonning bir jug‗rofiy, siyosiy yoki iqtisodiy mintaqasida joylashgan davlatlarning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat;
• milliy standartlashtirish – bir muayyan davlatdagi standartlashtirish farqlanadi.
Oʼz navbatida, milliy standartlashtirish turli darajada: davlat, tarmoq, iqtisodiyotning muayyan sektori darajasida, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Halqaro va mintaqaviy standartlashtirish tegishli halqaro va mintaqaviy
mehmonxonalarga a‘zo mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish – muayyan xizmat qo‗yilgan talablarga javob berishiga uchinchi tomon yozma kafolat berishi bilan bog‗liq taomil. Uchinchi tomon deganda xizmatlar koʼrsatuvchiga (birinchi tomonga) ham, iste‘molchiga (ikkinchi tomonga) ham bogʼliq emas deb e‘tirof etilgan shaxs yoki organ tushuniladi. Taomillar, qoidalar, sinovlar hamda sertifikatlashtirish jarayonining tarkibiy qismi hisoblangan boshqa harakatlar muayyan omillarga qarab har xil boʼlishi mumkin. Mazkur omillar orasida standartlashtirish, sifat va bevosita sertifikatlashtirishga taalluqli qonun hujjatlari muhim oʼrin tutadi. Muvofiqlikni isbotlash muayyan sertifikatlashtirish tizimida amalga oshiriladi. ISO MEK 2 qoʼllanmasiga muvofiq, bu sertifikatlashtirishni oʼz qoidalariga binoan amalga oshiruvchi tizimdir.
Umumiy tarzda sertifikatlashtirish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
• tizimni boshqaruvchi, uning faoliyatini nazorat qiluvchi markaziy organ. U sertifikatlashtirishni amalga oshirish huquqini boshqa organlarga o‗tkazishi ham mumkin;
• sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidalari va tartibi;
• sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar;
• sertifikatlashtirish taomillari (sxemalari);
• inspeksiya nazorati tartibi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish markaziy (milliy) organda akkreditatsiyadan oʼtgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi vazifalarini mustaqillik va kasbga layoqatlilik talablariga javob beradigan, kamida ikkita ekspert-auditorga ega boʼlgan korxona va mehmonxonala bajarishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimlari milliy, mintaqaviy va halqaro miqyoslarda faoliyat koʼrsatishi mumkin. Agar sertifikatlashtirish tizimi muayyan xizmatlar turining muvofiqligini isbotlash bilan shugʼullansa, bu turdosh xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimidir. U oʼz faoliyatida ayni bir xil xizmatlarga taalluqli standartlar, qoidalar va tartib-taomillarni qoʼllaydi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy xususiyatga ega boʼlishi mumkin. Majburiy sertifikatlashtirish qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va mehmondoʼstlik xizmatlari texnik reglamentlarning talablariga, standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlashni ta‘minlaydi. Bunda odamlarning hayoti, sogʼligʼi, xavfsizligini saqlashga majburiy talablar qoʼyiladi.
Majburiy sertifikatlashtirish «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʼgʼrisida»gi qonunlar bilan belgilangan. Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun majburiy sertifikatlashtirish tizimlari tashkil etiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʼlgan obyektlar nomenklaturasi davlat boshqaruvi darajasida belgilanadi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish yuridik yoki jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan arizachi va sertifikatlashtirish organi oʼrtasida tuzilgan shartnoma shartlarida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qilinishi odatda xizmatlarning raqobatbardoshligi, xizmatlarni bozorga (ayniqsa, xorijiy bozorga) chiqarish, tanlashda koʼproq sertifikatlashtirilgan xizmatlarga qarab moʼljal oluvchi xaridorlarning talablari muammolari bilan bogʼliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |