6-Mavzu: Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayonlari.
Reja:
1.Koreya ta`limining xususiyatlari.
2. Janubiy Koreyada maktabgasha ta`lim.
3.Xitoyda ta`lim tizimining tarkibi.
4.Kasbiy ta`lim.
Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga
tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan
Osi
ѐ-Tinch okeani regionining noѐb davlatlaridan biridir. Koreyaliklar
bajarilishi shart bo‘lgan asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash,
si
ѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘z madaniy-siѐsiy identivlik, SHarqning
an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar.
Bu davlatning ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati
rivojlangan davlatlar ichida ―eng samaralisi
‖deb tan olingan.
Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodi
ѐti va texnikadagi
yutuqlari ―inson resursiga investitsiyani to‘g‘ri tikkanligida
‖ deb ta’kidlashadi.
Konfutsiy davridan saqlanib qolgan zi
ѐli odamga jamoat xizmati xozirgi
kungacha bor. Janubiy Koreyada 1980 yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli
hisoblanadi.
Janubiy Koreya ta’lim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga
oshiradi: bu ta’lim va fan integratsiyasidir. Dun
ѐ amaliѐtida o‘quv muassasalari
va ilmiy-tadqiqot institutlarini o‘z ichiga oluvchi akademik konglomeratlar
samarali faoliyat olib borishmoqda. Bunday birlashuv ilm va ta’lim
integratsiyasining aniq asosi bo‘lib xizmat qiladi va mamlakatda yagona ilmiy-
66
texnik va ta’lim si
ѐsatini olib borish imkoniyatini beradi. Oliy o‘quv yurtlari va
ilmiy tadqiqot institutlarining qo‘shilishi bugungi kunda integratsiyaning eng
samarali shakli hisoblanadi.
Ko‘p rivojlana
ѐtgan davlatlarda ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat
sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi.
YA’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablag‘larni olib keluvchi soha
bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-bosqichida
ѐq davlat va
iqtisodi
ѐtning rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Faqat bilim olish
uchungina emas, balki olingan bilimlarni amali
ѐtda samarali qo‘llash uchun
o‘qish zarur.
Lekin shuni hisobga olish joizki, ta’limni tizimli modernizatsiya qilish
jara
ѐni o‘z-o‘zidan eski tartib elementlarni engib o‘tish, yangi g‘oyalarni ishlab
chiqish va tabiiy boshqaruvning boshqa metod va mexanizmlarini
shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin bu shundoqligicha nusxa olish shaklida
emas, balki yangiliklarni qabul qilish bilan birga ta’lim rivojlanish bosqichidagi
eng yaxshi an’analar va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim.
Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi umumta’lim turiga kirmaydi. Ota-onalar
farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda
mashg‘ulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba’zilarida faqat ingliz tilida olib
boriladi. Bolalar bog‘chasiga 3
ѐshdan 5 ѐshgacha qabul qilinadi. Bolalar
bog‘chasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit
yaratishdan iborat. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari
o‘tiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta
e’tibor beriladi. Bolalar
ѐshi orasidagi farq 3 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim.
Janubiy Koreyada bolalar (6
ѐshdan oshgan) 7 ѐshdan 13 ѐshgacha
boshlang‘ich maktabga boradilar. O‘qish muddati 6 yil, majburiy va bepul.
Boshlang‘ich maktabda quyidagi 9 ta fanlar o‘qitiladi:
67
Koreys tili, matematika, aniq fanlar, jamiyat haqidagi fanlar, chet tili,
tasviriy san’at, musiqa. Odatda bu fanlar sinf rahbari tomonidan o‘qitiladi,
faqatgina ba’zi fanlar uchun maxsus o‘qituvchilar tayinlanadi. Boshlang‘ich
ta’limdan o‘rta ta’limga, undan yuqori ta’limga imtihonlar topshirish orqali
emas, balki faqatgina
ѐshiga qarab o‘tiladi. XX asrning 80 yillariga qadar ingliz
tili o‘rta maktablarda o‘qitilgan, hozirda esa boshlang‘ich maktabning 3-sinfidan
o‘qitilyapti. Koreys va ingliz tili grammatikasi juda juda katta farqli bo‘lganligi
uchun ingliz tilini o‘rganish juda qiyin. SHu bois ota-onalar o‘z farzandlarini
xususiy o‘quv muassasalariga qo‘shimcha o‘qishga jo‘natadilar. Xususiy o‘quv
muassasalari, ya’ni ―xagvonlar
‖ bolalarga til o‘rganishda individual
ѐndashadilar. SHu maqsadda ingliz tilida gaplashuvchi chet elliklarni
boshlang‘ich maktabga jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Boshlang‘ich maktab koreyschasiga ―chxodыn xakk
ѐ‖ deb nomlanar va
boshlang‘ich ta’lim ma’nosini anglatar edi. 1996 yil Janubiy Koreya xukumati
bu nomni o‘zgartirdi va ―gukmin xakk
ѐ‖ deb nomladi. Bu atama ―fuqarolik
maktabi
‖ degan ma’noni anglatadi.
Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan tashqari qator xususiy
maktablar ham mavjud. Bu maktablarning o‘quv dasturlari davlat maktablari
o‘quv dasturlariga birmuncha mos keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga
oshiriladi. Masalan, kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi,
qo‘shimcha fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga
egaligi va h.k. SHu bois ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy
maktabga berishga intiladilar. Lekin bunday maktablarda o‘qish narxining
balandligi ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi. Boshlang‘ich maktabni bitirgan
o‘quvchilar keyingi bosqichlarga imtixonsiz o‘tadilar. Janubiy Koreyada
sinflarni raqamlash odatdagiday pastdan yuqoriga emas, balki har bir ta’lim
bosqichida 1 dan boshlanadi. Masalan, boshlang‘ich maktab 1 dan 6 gacha, o‘rta
maktab (3 yil) 1 dan 3 gacha, sanaladi: boshlang‘ich maktabning 1-sinfi
(2,3,4,5,6-sinfi), o‘rta maktabning 1-sinfi (ya’ni, o‘zbek maktablaridagi 7-sinf),
68
oliy maktabning 2-sinfi (ya’ni o‘zbek akademik litsey va kasb-hunar kollejining
2-kurs talabasi) kabi.
Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar.
Koreys tilida o‘rta maktab ―chunxak
ѐ‖ deb nomlanadi va ―o‘rta
maktab
‖ ma’nosini beradi. O‘rta maktabda ta’lim majburiy, bepul va 3 yil
o‘qitiladi. O‘rta maktabga 11
ѐshdan oshgan, 12 ѐshdagilar qabul qilinadi.
Boshlang‘ich maktabga nisbatan o‘rta maktabda o‘quvchilarga ancha
yuqori talablar qo‘yiladi. Sinf rahbarlari-xangыllar o‘quvchilar ha
ѐtida muhim
o‘ringa ega, o‘quvchilar ularni qattiq xurmat qilishadi. O‘rta maktabda bir kunda
6 ta fan o‘qitiladi, shuningdek, alohida maxsus 7-dars ham bor. O‘quv
dasturining negizini quyidagi fanlar tashkil etadi: matematika, koreys va ingliz
tili, qator aniq fanlar, “qo‘shimcha” fanlar: san’at sohalari bo‘yicha, jismoniy
tarbiya, tarix, xancha (xitoy peroglifi), etika, uy iqtisodini yuritish, kompyuter
savodxonligi.
Mashg‘ulotlar 45 daqiqa davom etadi. Boshlang‘ich sinfdagi 9 ta fanga,
o‘rta maktabda yana 4 ta fan qo‘shilib, jami 13 ta fan o‘qitiladi. Maktabda chet
tillariga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.
Koreyalik o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari klassik xitoy tilini majburiy
ravishda o‘rganadilar. 5-sinfdan boshlab, Xitoy tarixi o‘rgatiladi. Boshlang‘ich
maktabdagi kabi o‘rta maktabda ham o‘quvchi sinfdan-sinfga imtihonsiz o‘tadi.
Ma’lum fanlar uchun imtihonlarning standart shakllari mavjud, fan o‘qituvchilar
tavsiya qilingan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanadilar. O‘rta
maktabning ko‘plab
o‘quvchilari darsdan keyin qo‘shimcha kurslar
―xagvonlar
‖ga boradilar, ѐki xususiy repetitorlarga qatnaydilar. Alohida
e’tibor ingliz tili va matematikaga qaratilgan. Ba’zi xavgonlar bitta fanga
asoslanadi, ba’zilari barcha asosiy fanlarni qamrab oladi. Bu o‘z navbatida
maktab mashg‘ulotlarining yanada qiyin bo‘lgan ikkinchi qismiga aylanadi.
Undan tashqari juda irodali o‘quvchilar kurash turlari va musiqa maktablariga
qatnashadilar. O‘quvchilar shu tariqa darsdan keyin uylariga juda kech
qaytadilar.
69
YUqori maktab koreyschasiga ―kodыnxakk
ѐ‖ deb nomlanadi.
Koreyalik bolalar yuqori maktabga o‘rta maktabdan keyin 17
ѐshdan 1-kursga
qabul qilinadi va 19
ѐshgacha tahsil oladi. YUqori maktablar bir necha turlarga
ajratiladi:
- Davlat yuqori maktablari: Koreya Ta’lim va texnika fanlari vazirligi,
Madaniyat, Jismoniy tarbiya va say
ѐhlik vazirligi boshqaradi;
- Umumiy yuqori maktablar: har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan
boshqariladi;
- Xususiy yuqori maktablar.
SHuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha
turlarga bo‘linadi:
- Ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz xo‘jaligi,
axborot);
- Umumiy maktablar;
- Maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab);
- Texnika maktablari;
- CHet tili maktablari;
- Jismoniy tarbiya maktablari;
- San’at maktablari va h.
Janubiy Koreya Respublikasida ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan
yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat,
xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.
YUqori maktab o‘rta maktab kabi majburiy emas. Biroq keyingi
yillarning barchasida statistik ma’lumotlarga qaraganda 97-98 % koreys
ѐshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. ―Ilmiy‖ yuqori maktablar, chet tillar
va san’atshunoslik maktablariga kirish ancha murakkab imtihonlarni
topshirishni talab etadi. YUqori maktablar xususiy va davlat tasarrufida bo‘lishi
mumkin, bu maktablarda mutaxassislik berilmaydi, balki ularni keyingi ta’lim
bosqichiga tay
ѐrlaydi.
70
Kollejda tahsil olishni istamagan o‘quvchilar kasbiy bilim yurtlariga kirib
o‘qishlari mumkin. Bu bilim yurtlari texnologiya, agrokultura
ѐki moliya
yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. YUqori maktablarning jadvali haqida
gapiriladigan bo‘lsa, har bir o‘quvchi uchun kun yarmida qaytib kelish odatdagi
holatga aylangan.
Janubiy Koreyada hunar maktablari 600 tani tashkil etadi. Bu
maktablarning 45% bo‘lajak mulkdorlarni tay
ѐrlaydi, 23% da texnik kasb
egalari etishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo‘jalik
ixtisosliklari o‘zlashtiriladi. SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga
korxonalar otaliq qiladilar. Janubiy Koreya ―Ta’lim haqidagi qonun
‖
talablaridan biri ham shudir. Bizning Respublikamizdagi kabi Janubiy Koreyada
ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor juda kuchli. Jismoniy tarbiyaning
rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Rivojlanishdan orqada
qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati
xususiy
ѐki diniy tashkilotlarning xayriya mablag‘lari hisobiga qurilgan.
Davlat maktablarida din fan sifatida o‘qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab
―Odobnoma
‖ kabi kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib,
haftasiga 2 soat ajratilgan. Bu fan o‘z ichiga dinni ham qamrab oladi. Din qotib
qolgan bir aqida sifatida emas, qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun bir tarbiya
tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy
ѐdgorliklar bilan tanishish,
ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanlarining majburiy davomi hisoblanadi.
Maktablar uchun o‘qituvchi kadrlar tay
ѐrlash masalasiga ham katta
e’tibor beriladi. Koreyadagi barcha talabalarning 6.5% bo‘lajak pedagoglardir.
Mamlakatda 11 ta o‘qituvchilar tay
ѐrlaydigan kollejlar mavjud har bir
provinsiya (viloyat) o‘z kollejiga ega. YUqori maktab bitiruvchilari ―susen
‖
deb nomlanuvchi standart test topshiradilar. Maktab o‘quv dasturlari kirish
testlari-imtihonlari mazmunini qamrab olgan. Susen 3 ta asosiy seksiya
fanlardan iborat: koreys tili, matematika va ingliz tili. Undan tashqari tabiiy va
ijtimoiy fanlardan tanlov asosida qator fanlar kiritiladi. Bunday test 1 yilda 1
71
marta topshiriladi, u intensiv tay
ѐrgarlikni talab etadi. Bu testga bo‘lajak
OO‘YU talabalari bog‘cha
ѐshidan tayѐrlanishni boshlashadi.
Testni topshirolmagan va kollejga kirish 1 yilga surilgan o‘quvchilarni
―chesusenlar
‖ deb atashadi.
Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi.
Janubiy Koreyada oliy ma’lumotga ega bo‘lish har bir koreys fuqarosining
keyingi mavqei muvaffaqiyati uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. SHuning
uchun ham bu martabali ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga bo‘lgan ehti
ѐj
ham katta. Janubiy Koreyada e’tibor ko‘proq matematika, koreys tili va ingliz
tillariga, aniq fanlarga va jamiyat bilan bog‘liq fanlarga qaratiladi.
Janubiy Koreyada quyidagi ta’lim muassasalari turlari mavjud:
- Kollej va universitetlar (xususiy va milliy, davlat tasarrufida);
- Industrial universitetlar;
- Pedagogika institutlari;
- Sirtqi universitetlar;
- Ochiq universitetlar.
Janubiy Koreya ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida bo‘lganidek, oliy
ta’lim sohasida ham chuqur islohotlar olib borilgan. Mamlakatda ta’limni isloh
qilish va rivojlantirishga oid qabul qilingan qonunlar va me’
ѐriy hujjatlarni oliy
ta’limni raqobatga tay
ѐrlash, universitet ta’limini rivojlantirishda tadqiqotlar
ko‘lamini kengaytirish, bitiruv maktab ta’limi va amaliy mutaxassisliklarni
kuchaytirish, universitetlarning mahalliy sanoat bilan aloqadorligini yaxshilash,
sanoat talablariga javob beradigan kasbiy ta’limni rivojlantirish, maktab bilan
ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy kam
ta’minlangan oilalar va ishchilar uchun kasbiy ta’limni kuchaytirish, oliy ta’lim
uchun o‘smirlar imkoniyatlarini yaxshilash, axborot asrida ta’lim boshqaruvi va
uni moliyalashtirish xalqaro ta’lim almashinuvini mustahkamlash kabi dolzarb
masalalarga katta e’tibor qaratildi.
72
Koreyada oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish qattiq nazorat ostida
bo‘lib, har bir da’vogarning ma’lum bir kollej
ѐki universitetga muvofiqligi
talabaning ta’limni o‘zlashtirish qaydlari va standartlashtirilgan milliy test
natijalari orqali belgilanidi.
Mamlakatda yagona sirtqi oliy o‘quv yurti - Seuldagi sirtqi universitet o‘ziga
hos ahamiyatga ega. ―Ochiq universitetlar
‖ ning vazifasi ham shunga o‘xshash
bo‘lib, ularga ishlab chiqarishda ishla
ѐtganlargina kirishi mumkin, ularda kirish
imtihonlari yo‘q. Janubiy Koreyada kollejlarning asosiy vazifasi malakali
ishchilar
ѐki bo‘g‘in idora xizmatchilarini tayѐrlashdir. Talaba kollejni
tugatgach, nazariy jihatdan birdaniga universitetning ikkinchi
ѐki uchinchi
kursiga kirish uchun xarakat qilishi mumkin. SHu bilan birga maxsus o‘tish
imtihonini topshirib, boshqa mutaxassislik bo‘yicha ham kirishi mumkin.
Bakalavriat. O‘qish muddati 4 yil. Talabalar 140-150 kredit soat atrofida
tahsil oladilar. Tibbi
ѐt sohasida o‘qish 6 yil davom etadi va 180 kredit soat
o‘qishadi. O‘qish tugagach, bakalavr darajasini olganligi haqidagi diplom
beriladi. Tipik yirik koreys universitetlari tarkibida 10 tadan 20 tagacha
fakultetlar bor. Fakultetlar amerikacha termin bilan ―kollixlar
‖, ya’ni
koreyscha ―texak
‖ deb ataladi. Koreyada o‘quv jaraѐniga axborot
texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor beriladi. Natijada Janubiy Koreya
dun
ѐda o‘z maktab va ta’lim muassasalarini kompyuter va internet bilan to‘liq
ta’minlagan ikkinchi davlatga aylandi.
Magistratura. O‘qish muddati 2-3 yil. O‘qish yakunida talabalar
dissertatsiya
ѐqlaydilar. Tibbiѐt sohasidagi talabalar Tibbiѐt maktabining barcha
talablarini bajarib, milliy imtihon topshiradilar. O‘qish yakunida magistrlik
darajasi beriladi.
Doktorantura. O‘qish muddati 3-4 yil. O‘qish yakunida doktorlik
dissertatsiyasi himoya qilinadi, og‘zaki
ѐki sohaga mos imtihon topshiriladi.
Xitoyda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim.
Xitoyda maktabgacha ta’lim bolalar bog’chalari va maktabacha ta’lim
muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha
73
ta’limining maqsadi bolani maktabga o’qishiga tayyorlashdan iborat bog’chasi
mavjud bo’lib, ular davlat va xususiy muassasalarga bo’lingan.Hozirgi kunda
hususiy bog’chalar soni jami bolalar bog’chalarining 30 %ini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi say-harakatlari
natijasida amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar
bog’chalarini ochishga xohishi bo’lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat
muassasalar, hamda alohida shaxslarni qo’llab-quvvatlaydi.
Xitoy maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish bosqichlariga nazar
tashlaydigan bo’lsak, ikkinchi jahon urushuga qadar Xitoyda bolalar bog’chasi
juda kam edi. Bori ham hususiy muassasalar bo’lib, unga boy oilalarning
bolalari enagalari bilan kelishardi. Urushdan keyingi yillarda XXRning
maktabgacha ta’lim tarixi davlatlarining asosiy rivojlanishiga mos holda 4
bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisi: 1949 – 1957 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davlat tizimining
sobiq Ittifoq tizimiga orientatsiyalangan davri edi. Bu davrda sobiq Ittifoq
mutaxassislari Xitoy mamlakatida bir necha tajriba bolalar bog’chalarini tashkil
qildilar. Shundan keyin bolalar bog’chalari soni keskin ortdi. Bu bog’chalarning
asosiy tamoyili “Pavlov yondashuvi” deb nomlanib, refleksiologiya asoslarini
ishlab chiqqan rus olimi I.P.Pavlov nomiga qo’yilgan edi. Pedagogikada
“Pavlov yondashuvi” quyidagicha talqin qilinardi: “Bolani rag’batlantirib,
tergab to’g’ri tarbiyalasa, unda barcha yaxshi xislatlar va qobiliyatlarini
shakllantirish mumkin”
Ikkinchisi: 1958-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda bolalar
bog’chalari soni keskin ortdi, lekin ular uchun joy, moddiy ta’minot va
mutaxassislar yetishmas edi. Natijada maktabgacha ta’lim sifati nisbatan pasayib
ketdi.
Uchinchisi: 1966-1976 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillar “Xitoy”
madaniy revolyutsiyasi yillari deb ataldi, ziyolilar, beklarni ommaviy qatag’on
qilinishi ham shu yillarga to’g’ri keladi. Xitoy ta’lim tizimida ilmsiz, kasbiy
noloyiq kimsalar ko’paydi, natijada maktabgacha ta’lim tizimi juda nochor
74
holga kelib qoldi. Bolalar bog’chasida hayot qattiq g’oyaviy ko’rsatmalar
asosida tashkil qilinardi: bolalarga revolyutsion va militaristik g’oyalar
singdirilardi, Maoning asarlari va she’rlaridan parchalar yodlatishardi.
To’rtinchisi: 1980-yillardan boshlab, Xitoy iqtisodiyotining o’zgarishiga
ko’ra bolalar bog’chalarida ham ma’lum o’zgarishlar yuz berdi. Xitoy
pedagoglari Amerika va Yapon maktabgacha ta’lim tarbiyasi bilan qiziqa
boshladilar. Lekin bog’chalarda hanuzgacha tarbiyaga avvalgiday yondashuv
mavjud.
Xitoyda bolalar bog’chasi katta bo’lib, o’rtacha 270 bola va 60 ta
tarbiyachilar jamoasidan iborat. Guruhda 26 ta bola bo’lib, ularning bir qismi
bog’chada kunduzgi soat 8:00 dan 18:00 gacha bo’ladilar va kechqurun uyga
ketadilar. Bir qismi (5%) kechasi ham qoladilar. Chorshanba va shanba kunlari
uyga ketadilar. Bog’chaga qabul soat 7:45 da boshlanadi.
Ma’lumki, Xitoy aholisi juda ko’p davlat. Shu bois ham Xitoy davlati
tug’ulishni rejalashtirish sohasida qat’iy siyosat olib boradi. Har bir oila bittadan
ortiq bola ko’rmasligi kerak. Oilada bola sonining chegaralanganligi ota-
onaning bolaga munosabatida o’z ifodasini topadi. Xitoy oilasida bittayu-bitta
bolasini erkalatadi, yaxshi ta’lim berishga harakat qiladi. Bolalar bog’chasida
qat’iy tartib va intizom o’rnatiladi, bolalar erkaliklari ta’qiqlanadi. Tarbiyachilar
bolalarning shaxsiy hususiyatini yaxshi biladilar, lekin bu hususiyatlari tug’ma
deb hisoblamaydilar. Yomon intizom ilk ko’rinishidayoq bartaraf etiladi, agar
bola o’zini yomon tutsa, tarbiyachi uning yoniga kelib, bu holatini sezganini
bildiradi, lekin gapirmaydi.
Bola o’z aybini tushungachgina tarbiyachi uning nomini aytib chaqiradi.
Urish, xonadan haydab chiqarish, umuman jazolash man etiladi. Intizomni
yaxshi ushlab turishning samarali yo’li bu – taqqoslash va rag’batdir.
Tarbiyachilar bolalarga quyidagi savollarni beradilar:
-
Shunday qilsa to’g’ri bo’ladimi?
-
Nega noto’g’ri deb hisoblaysiz?
-
To’g’ri bo’lishi uchun nima qilish kerak?
75
-
Kim to’g’ri qildi?
Bolalar diqqat bilan eshitadilar va to’g’ri hayotiy misollarni eslab
qoladilar. Har bir tartibsizlikka tanbeh beriladi, aks holda bola bu tarbiyasizlikni
to’g’ri hisoblab, o’ziga singdirib olishi mumkin deb hisoblanadi.
Buyuk Xitoy filosofi Konfutsiy “Bolalar to’g’ri intizomli bo’lib
tug’ilmaydilar: ularning harakterlari tajribada shakllanadi, ustoz esa to’g’ri
tarbiyaga mas’uldir. Tarbiyachilar o’ta bosiq, qat’iyatli bo’lishlari lozim”,- deb
ta’kidlagan.
Xitoy maktabgacha ta’lim tizimini qattiqqo’lligi uchun tanqid qilishadi.
Tarbiyachilar bolalarning tartibini nazorat qiladi va chegaralaydi. Bolalar
mashg’ulotlarda nofaol, kattalar fikriga mutlaq qo’shiladilar. Lekin ota-onalar
tarbiyachilarni o’z kasbining ustalari deb bilishadi, farzandlarini tarbiyachisiga
to’liq ishonishadi.
Xitoy bolalaridagi qat’iylik va mehnatsevarlik an’anaviy fazilatlarga aylangan
Nazorat uchun savollar
1.Janubiy Koreyada maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va yuqori ta’lim haqidagi
bilimlarinigizni gapirib bering.
2. Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim haqida gapiring.
3. Kanada davlati ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot bering.
4. Belgiya ta’lim tizimida 4 tipdagi o‘rta maktablarning farqini ayting.
5. Xitoy maktabgacha ta’lim tizimini.
6. Xitoyda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim.
7. Janubiy Koreyada kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi.
8. Janubiy Koreyada maktab tizimi: o‘rta va yuqori maktablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |