1-mavzu: Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgandorivor o’simliklar va mahsulotlar



Download 247,87 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi247,87 Kb.
#666508
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgandorivor o’simliklar


1-MAVZU: Tarkibida YURAK GLIKOZIDLARI bo’lganDORIVOR O’SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR


Mavzuning maqsadi:talabalarda dorivor o’simliklarning morfologik tuzilishi va dorivor o’simlik mahsulotining haqiqiyligi va yuqori sifatliligini aniqlash bo’yicha amaliy malakani o’zlashtirishni shakllantirish.Talabalarni mustaqil ishlashga va aniq xulosa chiqarishga erishish.


Mazmuni:talabalarda yurak glikozidlarisaqlovchi dorivor o’simliklarning tashqi ko’rinishini tasvirlash, dorivor o’simlik mahsulotlarining chinligini, sifatini va tozaligini, ishlstilishi, dori turlari hamda kimyoviy taxlil usullari bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash.


Kutiladigan natijalar: yangi mavzuni o’zlashtiradi, faollashadi, qiziqish orttiriladi, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Kafolatlangan natija oladi, o’z-o’zini nazorat qilish va bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha xulosa chiqarishni o’rganadi.

Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari) deb ataladi.


Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‘lishi shart:

Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lsa, kardenolidlar (1), 6 a’zoli 2 marta to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo‘lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi.


Yurak glikozidlariga xos guruhlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi –ON, 13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi CH3 va 17-nomerdaagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqalaridir. 5, 11, 12 va 16-nomerlardagi uglerod atomlarida qo‘shimcha –ON; 10-nomerdagi uglerod atomida metil –CH3 (angishvonagul tipi) yoki aldegid ( ) (strofantus tipi) guruhlari ham bo‘ladi. Glikozid molekulasidagi qand skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan –ON guruhi orqali birlashadi.
Yurak glikozidlarning asosiy ta’sir etuvchi guruhi 17- nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqasidir. Bu guruhlarning 5 yoki 6 a’zoli bo‘lishi glikozidlar ta’siriga unchalik ahamiyatli bo‘lmasa-da, lekin lakton halqasining parchalanishi yoki to‘yinishi (masalan, strofantidinda) ular ta’sir kuchini butunlay to‘xtatadi.
Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og‘ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Yurak glikozidlarining umumiy tavsifi va tasnifi.
2. Yurak glikozidlariningfizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdorini aniqlash.Tibbiyotda ishlatilishi.
3.Yurak glikozidlarining biologik standartlash usullari.
4. Yurak glikozidlarining to’liq tasnifi, formulalarini keltiring, xromatografik taxlili
4. Angishvonagul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
5. Marvaridgul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
6. Erizimum o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
7. Kombe strofanti o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
9. Bahorgi adonis o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.



Download 247,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish