1-MAVZU: Tarkibida YURAK GLIKOZIDLARI bo’lganDORIVOR O’SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR
Mavzuning maqsadi:talabalarda dorivor o’simliklarning morfologik tuzilishi va dorivor o’simlik mahsulotining haqiqiyligi va yuqori sifatliligini aniqlash bo’yicha amaliy malakani o’zlashtirishni shakllantirish.Talabalarni mustaqil ishlashga va aniq xulosa chiqarishga erishish.
Mazmuni:talabalarda yurak glikozidlarisaqlovchi dorivor o’simliklarning tashqi ko’rinishini tasvirlash, dorivor o’simlik mahsulotlarining chinligini, sifatini va tozaligini, ishlstilishi, dori turlari hamda kimyoviy taxlil usullari bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash.
Kutiladigan natijalar: yangi mavzuni o’zlashtiradi, faollashadi, qiziqish orttiriladi, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Kafolatlangan natija oladi, o’z-o’zini nazorat qilish va bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha xulosa chiqarishni o’rganadi.
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari) deb ataladi.
Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‘lishi shart:
Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lsa, kardenolidlar (1), 6 a’zoli 2 marta to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo‘lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi.
Yurak glikozidlariga xos guruhlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi –ON, 13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi CH3 va 17-nomerdaagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqalaridir. 5, 11, 12 va 16-nomerlardagi uglerod atomlarida qo‘shimcha –ON; 10-nomerdagi uglerod atomida metil –CH3 (angishvonagul tipi) yoki aldegid ( ) (strofantus tipi) guruhlari ham bo‘ladi. Glikozid molekulasidagi qand skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan –ON guruhi orqali birlashadi.
Yurak glikozidlarning asosiy ta’sir etuvchi guruhi 17- nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqasidir. Bu guruhlarning 5 yoki 6 a’zoli bo‘lishi glikozidlar ta’siriga unchalik ahamiyatli bo‘lmasa-da, lekin lakton halqasining parchalanishi yoki to‘yinishi (masalan, strofantidinda) ular ta’sir kuchini butunlay to‘xtatadi.
Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og‘ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Yurak glikozidlarining umumiy tavsifi va tasnifi.
2. Yurak glikozidlariningfizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdorini aniqlash.Tibbiyotda ishlatilishi.
3.Yurak glikozidlarining biologik standartlash usullari.
4. Yurak glikozidlarining to’liq tasnifi, formulalarini keltiring, xromatografik taxlili
4. Angishvonagul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
5. Marvaridgul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
6. Erizimum o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
7. Kombe strofanti o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
9. Bahorgi adonis o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |