Dokerlar CorelDraw dasturining yaratuvchilari tomonidan dasturning 8 – versiyasidan boshlab kiritilgan. Dokerlar CorelDraw dasturida «suzib» yuruvchi palitralarni o’rnini bosuvchi vosita sifatida yaratilgan va ulardan foydalanish qulay.
Qo‘shimcha ochiladigan oynalar ko‘pgina amallarni bajarishda: ob’yektlarni siljitib, kerakli qatlamga o‘rnatishdan boshlab to turli xil web - havolalar to‘plamini ko‘rsatishgacha qo‘llanilishi mumkin. Odatda bu oynalar dastur oynasining o‘ng tomonida joylashgan bo‘ladi.
Ekranda joyni tejash uchun qo‘shimcha ochilgan oynalarni ekranning bo‘sh qismiga sarlavhasidan sichqoncha yordamida ushlab siljitish mumkin. Siljitilgan oynani yana ekranning o‘ng tomoniga qaytarish uchun uning sarlavhasiga ikki marta sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Odatda har bir ochilgan qo‘shimcha oyna bir nechta qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Диспетчер связей (Links and Bookmarks) — hujjatga boshqa manbalardan qo‘yilgan tasvirlar bilan aloqalarni boshqaruvchi va internet zakladkalari bilan ishlash oynasi;
Отмена (Undo) —bajarilgan amallar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi oyna;
Графические и текстовые стили (Graphic and Text Styles) — grafik va matn stillarini ishlatish oynasi;
Artistic Media (Художественные средства) — ob’yekt tashqi chiziqlariga qo‘llaniladigan effektlar oynasi.
2. Kontekstli menyu va holat qatori Kontekstli menyu sichqoncha o‘ng tugmasi yordamida ochiladi. Bu menyuning tarkibi sichqoncha qayerda bosilganiga qarab shakllanadi. Kontekstli menyuning tarkibi dasturning bosh menyusi buyruqlarini takrorlaydi. Kontekstli menyuning eng ko‘p ochiladigan ko‘rinishlari quyidagilardir:
- bazaviy kontekstli menyu;
- dastur panellarida ochiladigan kontekstli menyu;
- ob’yektlarda ochiladigan kontekstli menyu;
matnda ochiladigan kontekstli menyu.
Bazaviy kontekstli menyu hujjat (ob’yektda emas) ustida ochiladigan menyu hisoblanadi.
Holat qatori illyustratsiyaning ajratilgan ob`ektlari to’g`risida ma`lumotlarni aks ettiradi. CorelDraw interfeysining boshqa elementlari kabi uning konfiguratsiyasini ham o’zgartirish mumkin. Foydalanuvchi o’zi holat qatorida qanday ma`lumotlar berilishini aniqlashi mumkin. Masalan: tanlangan uskuna to’g`risida qisqa ma`lumot, sichqoncha ko’rsatgichi koordinatalari, tanlangan ob`ekt haqida ma`lumot, transformatsiyalash jarayonida ob`ektning geometrik o’lchamlari o’zgarishi va uning koordinatalari, tanlangan ob`ektning to’ldirish ranglari haqida ma`lumot, tanlangan ob`ektning atroflama chiziqlarining qalinligi va rangi haqidagi ma`lumot va boshqalar.
Chiziqlar va ulardan foydalanishda illyustratsiyaning asl o’lchamlarini foydalanuvchi uni yaratish va tahrirlash davrida aniqlaydi. Bu holda unga hujjatning yuqori va chap qismida joylashgan to’g`ri burchakli koordinatalar sistemasini aniqlovchi chizg`ichlar yordam beradi. Koordinata markazi sifatida ishchi sahifaning chap pastki nuqtasi (0,0 – koordinatali nuqta sifatida) olinadi. Zarurat tug`ilganda uni ishchi sahifa yoki ish sohasining ixtiyoriy nuqtasiga ko’chirish mumkin. Agar hujjatda chizg`ich mavjud bo’lmasa Вид (View) menyusidan Линейка (Rulers) buyrug`ini tanlash lozim.