Javoblar
1-topshiriq
1.Marketing-miks (marketing majmuasi) -marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar, marketing xarajatlari tuzilishi, marketing retsepti, tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturidir. Marketing majmuasi (marketing — miks) — marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi o‘zgarishlariga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlariga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Rroduct, Price, Plase, Promotion) muvofiklashtirilgan chora-tadbirlar o‘tqazishni talab qiladi.
2.Marketing strategiyasi – maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? – degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo ’nalish aniqlaydi, har bir bo ’limni maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi. Bozorni segmentlashtirish yirik kompaniyalarga maqsadli qanday iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish va ularni qanday qilib jalb etish kerakligini aniqlashga yordam beradi. Segmentlashtirishning 4 asosiy strategiyasi:
1.Differensiyalanmagan
2.Konsentratsiyalangan
3.Differensiyalangan
4.Iste’mol
Differensiyalanmagan marketing — shunday marketing dasturi, uning doirasida qandaydir tovar hamma iste’molchilarga taklif etiladi.
Kompaniya differensiyalanmagan (ommaviy marketing nomi bilan keng ma’lum bo‘lgan) marketingni qo‘llaganida u bozorni umuman toifalarga bo‘lmaydi. U hamma xaridorlarda so‘rovlar bir xil ekanligi, shuning uchun ularni bir xil standartdagi tovarlar bilan qondirish mumkinligidan kelib chiqadi. Bunday yondashuv, odatda, qand va tuz kabi birinchi darajada zarur bo‘lgan asosiy tovarlar uchun ishlatiladi. Ularning tabiiy parametrlari va kimyoviy tarkibi, ularni kim ishlab chiqarayotganidan qat’i nazar bir xil bo‘ladi. Differensiyalanmagan marketing bitta katta ustunlikka ega: u kompaniyaga ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini eng kam darajaga tushirish imkonini beradi. Firma bitta turdagina tovar ishlab chiqarib, uni bozorga harakatlantirsa, u ana shu amallar xarajatini iqtisod qiladi. Lekin bunday firmalar maqsadga yo‘naltirilganroq marketingdan foydalanadigan raqobatchilar oldida zaif bo‘lib qoladilar.
Konsentratsiyalangan marketing — bozorning aniq segmentiga mo‘ljal olgan marketing dasturidir. Marketingning bu turi bozorning bir segmentini to‘liq qamrab olishga mo‘ljallangan. Bunday holatda hamma harakatlar iste’molchilarning maqsadli guruhining talablarini qondirishga yo‘naltirilgan. Hamma jozibali tomonlari bilan birga konsentratsiyalangan marketingning bir qator kamchiliklari ham bor. Firmaning mahsulotlarini sotish hajmi o‘zi tanilgan bitta bozor segmenti o‘lchamlari bilan cheklangan, uning shu amallari iste’molchilarning ma’lum guruhining o‘zgarib turuvchi didlari va daromadlari tufayli nomuntazam xarakterga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, firma yakka-yu yagona qartaga hamma narsani tikadi va agar uning raqobatchisi paydo bo‘lsa, uning sotish hajmi kamayishi mumkin.
Differensiyalangan marketing har biri uchun marketing tadbirlarining o‘z to‘plami ishlab chiqiladigan bir nechta turli bozor segmentiga mo‘ljallangan marketing dasturidir. Differensiyalangan marketing strategiyasini qo‘llab, kompaniya konsentratsiyalangan marketing bilan bog‘liq ayrim qiyinchiliklarni chetlab o‘tishi mumkin. Bunday holda firma mo‘ljalni bozorning bitta segmentigagina olmaydi, balki bozorning bir nechta segmentini tanlaydi va ularning har biri uchun marketing tuzilmasini variatsiya qiladi (tanlaydi). Differensiyalangan marketing — bu, aftidan, ayniqsa, iste’mol tovarlari uchun segmentlashtirishning eng keng yoyilgan mashhur turi bo‘lsa kerak. Lekin ancha resurslarni talab qiladi, chunki tashkilot tovarlarni, ularni harakatlantirishni, baholarni va sotish kanallarini har bir segmentga moslashi uchun qo‘shimcha xarajatlar qilishi kerak.
Iste’mol marketingi — shunday marketing dasturiki, uning doirasida har bir iste’molchiga alohida Bozor segmenti sifatida qaraladi. Iste’mol marketingini qo‘llovchi kompaniyalar har bir iste’molchini alohida bozor segmenti sifatida ko‘radilar va marketing tuzilmasini uning alohida talablariga moslashtiradilar. Bunday yondashuv mahsulotlarni standartlashtirishning imkoni yo‘qligida sanoat tovarlarining bozorlarini aniqlash uchun zarurdir. Masalan, yo‘l, uy-joy va hokazolarni loyihalashtirish va qurish bilan shug‘ullanuvchi firmalar har bir alohida iste’molchining talabini qondirish uchun har bir ko‘prik, uy va boshqa inshootning alohida loyihasini tuzishlari kerak. Bu yondashish xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham qo‘llaniladi.
3. Marketing strategiyasi uzoq muddatli o‘zgarishlarga yo‘naltirilsa, marketing taktikasi qisqa muddatga (1-1,5 yil) mo‘ljallanadi. Strategik rejalashtirishning maqsadi – firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Strategik marketing rejasi moliyaviy rejadir, biroq u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga: ITTKI bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Marketing strategiyasi uzoq muddatli o‘zgarishlarga yo‘naltirilsa, marketing taktikasi qisqa muddatga (1-1,5 yil) mo‘ljallanadi. Marketing taktikasi hal qiladigan masalalar: tovar harakatini tashkil etish; reklama va sotishni rag‘batlantirishni tashkil qilish, bozorga yangi tovarlar bilan chiqish prinsiplarini aniqlash. Marketing taktikasi firmaning barcha xizmatlarning faolligini ta’minlashi kerak. Eksport marketingining taktik usullariga quyidagilarni keltirish mumkin: tovar harakati bo’yicha faol xarajatlar, iste’molchilar bilan bevosita aloqa, reklama tadbirlar, ko’rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etish, chet ellarda filiallar tashkil etish va hokazolar.