LEKSIKA. LEKSIKOLOGIYA VA SEMASIOLOGIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Rejasi:
1.Leksikalogiya haqida umumiy tushuncha.
2.Til strukturasida sozning orni.
3.Til va tushuncha.
5.Soz manolari ortasidagi munosabatlar.
6.Ammonim,sinonim va atonimlar
So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligidir. Tildagi barcha so‘zlarning yig‘indisi uning lug‘at tarkibi yoki leksikasi (grekcha lexis — “so‘z”) deb ataladi. Tilshunoslik fanining tilning lek- sikasini o‘rganuvchi bo‘limi leksikologiya (grekcha lexis — “so‘z” va logos — “taMimot”) deyiladi. Tilning leksikasini o‘rganish juda keng soha bo‘lib, u so'zlaming hosil bo'lishi, lug'at sostavining boyishi va nutqda ishlatilishi, ma’nolarning o‘zgarishi, torayishi va kengayishi, turli terminlaming qo‘llan- ishi kabi bir qator masalalami qamrab oladi. Shu tufayli lek- sikaning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida sohalar mavjud. Masalan, leksikologiyaning ma'no tomonlarini o‘rganuvchi soha mavjud bo‘lib, bu semasiologiya (grekcha sema — “ma’no” yoki “belgi”, logos — ”ta’limot”) deb ataladi.
So‘zda tilning ifoda (tovush jihati) va mazmun jihatlari (ma’no tomoni) namoyon bo‘ladi.
So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligi deb qaraladi. Chunki tildagi ko'pgina xususiyat va hodisalami 0‘rganish so‘zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi. Tilning tovush struk- turasini o‘rganuvchi fonetika va fonologiyadagi birliklar o‘z ma’nolariga ega bo‘lmagani sababli bir tomonlama, ya’ni faqat ifoda jihati bilan chegaralangan birliklardir. Boshqa birliklar (so‘z, so‘z birikmasi, gap) esa ikki tomoniga — ifoda va maz- mun jihatiga egadir. Binobarin, leksikologiya va semasiologiya ko‘p tarmoqli bo‘lib, har tomonlama chuqur tekshirishni taqo- zo qiladi.
So‘z tilda turli funksiyalami bajaradi. So'zlaming atash, ya’ni nominativ funksiyasi nominatsiya nazariyasi yoki onoma- siologiyada o‘rganiladi. So‘zlarning ekepressiv ma’no berish funksiyasi leksik stilistika yoki so‘z stilistikasida qaraladi. So'zlaming kelib chiqishini 0‘rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon — haqiqat, logos — ta’limot) deb ataladi. Turg‘un so‘z birikmalari va iboralami frazeologiya ilmiy tadqiq qiladi. Tilning lug‘at sostavidagi kishi nomlarini onomastika
(grekcha onomastive — nom qo‘yish san'ati), geografik nom- lami toponimika (grekcha topos — joy va onmta — nom) o'rganadi. Boshqa turli nomlami o‘rganuvchi sohalar ham mavjud.
TIL STRUKTURASIDA SO‘ZNING 0‘RNI
Til strukturasida so‘z alohida o‘rin egallaydi. Ko‘pchilik tillar uchun so‘z mustaqil til birligi hisoblanadi. Ba'zi tillarda, xususan, polisintetik tillarda (eskimos, aleut tillarida) so‘z alo- hida til birligi sifatida qaralmaydi. Bunday tillarda ma’no va mazmun nutq birliklarini biriktirish orqali amalga oshiriladi.
Tilshunoslik fanida so‘z faqat leksikologiya va semasi- ologiyada emas, balki boshqa sohalarda ham ilmiy tadqiq etila- di. Biroq so'zni har tomonlama o'rganish uchun unga alohida ta’rif berish talab qilinadi. So‘zga berilgan juda ko‘p ta’riflar uning barcha jihatlarini qamrab olmagan. Umuman, so'zning til stmkturasida tutgan o‘mi hech vaqt inkor qilinmaydi. Biroq so‘zning ta’rifiga turlicha yondoshiladi. Chunonchi, so‘z tovush shaklida ifodalangan bir tushuncha va uning variantlaridir, degan ta'rif tilning og'zaki shakliga asoslangan. Tilning yozma shaklidan kelib chiqib, so‘z grafik jihatdan bir yoki bir necha harflar birikmasidir deb izohlanadi. So'zning faqat fonetik tomoniga e’tibor berib, unga har ikki tomondan pauza bilan chegaralangan tovush yoki tovushlar birikmasi sifatida ta’rif beriladi. Bu ta’riflar juda tor bo‘lib, so‘zning til stmkturasidagi mohiyatini keng ochib bera olmaydi.
So‘zga berilgan boshqa ta'riflar ko‘proq uning leksik, semantik va grammatik tomonlariga asoslangan. Xususan, so‘z minimal chegaralangan gap yoki minimal sintaktik birlik bo‘lib, uni gapda boshqa so‘zlar yoki bir so'zning boshqa ma’nolari bilan almashtirish mumkin, degan qarash ham mavjud. Boshqa ta’riflarda so‘z o‘zida fonetik, semantik va grammatik belgilami mujassamlashtirishi, u borliqdagi elementlami ifodalashi, uning mustaqil va bir butun nutq elementi ekanligi ko'rsatiladi. Ko‘rinadiki, tilshunoslik tarixida so‘zga turlicha ta'rif berilgan. Lekin bularning birortasi so'zning asosiy belgilarini o‘zida mujassamlashtira olmagan. Ta'rifda so‘zning barcha muhim tomonlari o‘z ifodasini topishi kerak. Umuman, so‘zni
quyidagicha izohlash mumkin: so‘z borliqdagi hodisa va narsalaming ma’nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakl- langan va jamiyat a'zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush formasida ifodalangan mustaqil va markaziy til birligidir. Bu ta’rifda so'zning ikki tomonlama birlik ekanligi, ya’ni uning tovushlar orqali ifodalangan tomoni va ma’no jihati mujassam- lashgan.
Til birliklari ichida so‘z alohida o‘rin egallaydi. Uning bu xususiyati, ayniqsa, grammatik jihatdan qaralganda ko‘rinadi. Tilning eng kichik ma’noli birligi hisoblangan morfema oralig‘ida so'zning ma'noli qismlari: o‘zak, suffiks va hokazolar qaralsa, mustaqil so‘z shaklidagi gaplar (masalan, nominativ gaplar: Qish, Sovuq, Qorong'i kabi) sintaktik jihatdan alohida gap turlari sifatida izohlanadi. Bu esa so‘zning grammatik (mor- fologik va sintaktik) xususiyatlarini ko‘rsata olsa ham, uning ta’rifida morfema yoki gapga asoslanish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Chunki so‘z strukturasi semantik jihatdan ma’noli qismlarga bo'linish xususiyatiga egadir. To‘g‘ri, bir morfemadan tashkil topgan so'zlar boshqa qismlarga bo‘linmaydi. Masalan, u, tosh, bosh, yo‘l kabi. Biroq tildagi ko‘pgina so‘zlar ma’noli qismlarga bo‘lina oladi'va ular bir necha morfemalaming ula- nishidan tashkil topadi. Masalan, toshloq, boshliq, boychechak, gulsafsar, qoidali kabilar. Bunday bir morfemali va ko‘p morfe- mali so‘ziaming o'zagi mustaqil ma’noga ega bo‘ladi. Demak, so‘z mustaqil ma’noga ega bo'lgan birlikdir. Lekin bunday qarash hamma tillarga ham to‘g‘ri kelavermasligini yuqorida aytib o‘tdik. 0‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan va boshqa ko‘p tillarda so‘z mustaqil birlik hisoblanadi. Uning mustaqilli- gi alohida olinganda ham, turli ma’nolami ifodalashida va ba'zan fikr ifodalovchi gap holida kelishida ko‘rinadi.
So‘z butun birlik sifatida so‘z birikmalaridan farq qiladi. So‘z zanjirsimon ulanib ketgan qismlar — o‘zak, suffiks va hokazolardan tashkil topadi. So‘z birikmalari esa ayrim kompo- nentlardan tashkil topib, umumiy ma’noga ega bo‘lgan, ya’ni leksik va grammatik jihatdan shakllangan birliklardir. Masalan, kinoga bormoq, dars tayyorlash, kitob o‘qish, yoshlar klubi kabi. So‘z birikmalarining biror komponentini almashtirish mumkin (Qiyoslang: kinoga/ teatrga/ o‘qishga/ magazinga/ bormoq kabi). Qo'shma so'zlar ba’zan tuzilishi jihatdan so‘z
birikmalariga o‘xshasa ham, ular yaxlit ma'nosi bilan ajralib turadi: temir yo‘l, gultojixo'roz, chinni gul, qo'lyozma kabi. Ba’zan so'zga fonetik jihatdan bir urg‘u ostiga birlashgan bir qancha tovushlaming birikmasi deb ta'rif beriladi. Bu tamoman noto‘g‘ridir. Chunki ba’zi ko‘p morfemali uzun so‘zlar va qo‘shma so'zlar bir necha urg‘uga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, gultojixo‘roz.
So‘z shakli (tovush formasi) va mazmun birligiga ega bo‘lib, semantik va grammatik yaxlitlikni o'zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U til stmkturasida formal va ma’no jihati bilan to'rt bosqichda ilmiy tadqiq etiladi:
1) fonologik jihatdan so‘zning fonemalar tarkibi va uning aksent (urg‘u) stmkturasi o'rganiladi;
2) morfologik jihatdan so‘zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi;
3) leksik jihatdan so‘zning atama birlik ekanligi, ya’ni nom qo'yish bilan bog'liq tomoni qaraladi;
4) semantik jihatdan so‘zning turli ma’no tomonlari tadqiq etiladi.
Bunday o'rganishda so'zning 1- va 2-, ya’ni fonologik va morfologik tomonlari formal jihatini, 3- va 4- leksik va seman- tik tomonlari mazmun jihatini o‘zida aks ettiradi. Biroq ulardan birortasini alohida olib tekshirish so‘zning formal va mazmun jihatlarining uzilib qolishiga olib keladi. Shu tufayli ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda tekshirilishi zamr. Demak, so‘z til stmkturasining barcha sohalari bilan bog'liqdir.
So‘zning tashqi, ya’ni shakl tomoni fonetika va fonologiya hamda grammatikada kengroq o‘rganiladi. Quyida so‘zning ichki, ya’ni mazmun jihatidagi asosiy masalalari ko‘rib o‘tiladi.
SO‘Z VA TUSHUNCHA
So‘zning leksik ma’nosi. So‘zning leksik-semantik xususi- yatlari uning leksik, grammatik va semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki so‘zlar tilning lug‘at tarkibini shun- daygina tashkil etmay, umuman, tilning sistema va stmk- turasidagi barcha bog‘lanishlami taqozo etadi.
Ko‘pincha so‘zning ma’nosi haqida gapirganda, uning narsa va tushuncha bilan aloqasi va tilda qanday ifodalanishi ko'zda
tutiladi. Biroq qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb qarash ham mavjud edi. Ba'zi tilshunoslar so‘zning faqat aytilish tomoniga e'tibor bergan edilar. So‘zning aytilishi uning moddiy tomoni, ya’ni tovushlarning birikuvi yoki bir tovush ekanligini ko‘rsatadi. Tinglovchi va so'zlovchi uchun so‘zning aytilishi obyektiv haqiqatdir. Biroq so‘zning faqat ayti- Iishi uni izohlay olmaydi. So‘z aytilishi bilan narsa yoki hodisa o‘rtasidagi bog‘lanish uning ma'nosini yuzaga chiqaradi. Bu aloqa, odatda, uchburchak shaklida ko'rsatiladi:
Mazkur qarash albatta barcha so‘zlar uchun shunday tar- tibda tuzilgan, degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin. Chunki so‘zning ma'nosi bizga boshqa bir narsa yoki hodisani eslatganidek, o‘z navbatida biror narsa ham boshqa narsani kishi ko‘z oldiga keltirishi mumkin. Chunki so‘zning ma’nosi uchun uning aytilishi bilan so‘zdan tashqarida bo‘lgan tushun- cha o‘rtasidagi bog‘IaniSh zarur deb hisoblansa, har xil tushun- chalar tilda bir xil tuzilgan degan xulosaga kelish mumkin.
Aslida esa so‘zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so‘zning narsa va tushuncha bilan bog‘lanishini shartli ravishda qaramoq zarur. Chunki barcha so‘zlar ham narsa, hodisa yoki belgining nomini atamaydi, ya'ni hamma so‘zlar atama funksiyasiga ega emas. So‘zlar ichida otlar (narsa), feM- lar (harakat), sifatlar (narsa beigisi) va ravishlar (harakat belgisi) atama fiinksiya bajaradi.
Yordamchi so‘z!ar ham nominativ funksiya bajarmaydi. Bir mustaqil so‘zning nominativ funksiyasi doimo faqat bir narsa yoki tushuncha, harakat yoki belgiga qaratilavermaydi. Ba’zan esa aksincha, bir narsa bir qancha nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan, gul so‘zi gulning barcha turlarini ifodalaydi. Biroq Braziliyadagi oborogenlar tilida to‘tiqushning har bir turi o‘z nomiga ega. 0‘zbek tilidagi “bo‘sh vaqt” tushunchasi ingliz tilida spare time, free time, leisure so‘z!ari bilan ifoda etiladi. Ingliz tilida bu so‘zlar ma'nosiga ko‘ra turlicha ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |