1 laboratoriya ishi Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish. Ishdan maqsad



Download 88,43 Kb.
bet1/2
Sana04.09.2021
Hajmi88,43 Kb.
#164322
  1   2
Bog'liq
1 laboratoriya ishi


1 laboratoriya ishi
Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish.
Ishdan maqsad: Hozirgi kunda mavjud bo’lgan va ishlab chiqarilayotgan dastur hamda tizimlarni, obyektlar tuzilishini tahlil qilish va o’rganish.
Nazariy ma’lumotlar

Tizim - yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak,har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat kiladi. Masalan, sizga ma'lum bulgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, xar biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat.

Tizim tashkil qilinishiga qarab uch turga bo’linadi: 1.Tabiy; 2.Sun’iy; 3.Aralash;

Tabiy tizim – bu inson aralashuvisiz sodir bo’ladigan tizim hisoblanib, u tabiat tomonidan oldindan mavjud bo’lgan va bundan keyin ham mavjud bo’ladi.

Sun’iy tizim – bu insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan tizimlardir. Ushbu tizim insoniyat evolutsiyasini shakllanish jarayonida vujudga kela boshlagan va hozir ushbu tizimga juda ko’plab misollar topishimiz mumkin.
Jadval 1.1. Tizimlarning sinflanishi


Tabiy

Sun’iy

Aralash

Quyosh tizimi

Xizmat ko’rsatish tiz.

Quyoshdan batareyalar

Eko tizim

O’qitish tizimi

Shamol tegirmonlari

Qon aylanish tizimi

Isitish tizimi

Sug’orish tizimi

Nafas olish tizimi

Operatsion tizim

Dori ishlab chiqarish

Biologik tizim

Axborot tizimi

GRES

Ob-havo tizimi

Hukumat tizimi

GES

Aralash tizim – bu inson va tabiat o’rtasida vujudga keladigan tizim hisoblanadi. Bunda insonlar tabiy resurslardan o’z maqsadlari yo’lida foydlanadilar.

Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo'lib, juda xam ko'p ma'noni anglatadi. Ko'p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig'indisiga “TIZIM” deb ataladi.


  • Tizim tushunchasiga “axborot” so'zini qo'shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi.

  • Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig'indisiga aytiladi.

Berilgan masalani yechish uchun avvalambor uning tuzilishini, qanday funksional bloklardan va qismlardan tashkil topganligi hamda alohida elementlar orasidagi bog’liqliklar tahlil qilinishi lozim.

Funksional bo’linish deganda biron-bir masalani hal etishda vazifaga bog’liq bo’lgan funksiyalarning aspektlari tushuniladi. Funksional bo’linishda turli strukturalarni, shular qatorida prinsipial, strukturali va funksional chizmalarini olib ularni o’zgartiradi yoki qo’shimcha kiritadi.



Funksional bo’linishda har bir loyihaning bo’limchasi alohida-alohida yig’ilib bir butunligkni tashkil qiladi. Bu holatni biz ierarxik holatga o’xshatsak bo’ladi. Daraxtning ildizi qilib yakuniy loyiha olinsa, qolgan har bir aspektlari bu loyihani tashkil etuvchi bo’limchalar hisoblanadi. Bu bo’limchalar esa o’z navbatida yana bo’limchalardan tashkil topishi mumkin bo’ladi va har bir bo’limchani o’zini undan so’ng turgan bo’lim uchun ierarxiyaning ildizi deb tushunsak bo’ladi. Bu bo’linish jarayonini toki ohirgi elementning oddiy elementli bloklar holatiga kelguncha takrorlash mumkin bo’ladi. Bunday o’rganish ko’rilayotgan loyihani chuqurroq tushunishga, kamchiliklarini va ketadigan harajatni topishga ko’maklashadi.

Rasm 3.1. Funksional bo’linish
Loyihalashtirish jarayonida loyihaning yaratilishgacha bo’lgan barcha holatlarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Loyihlash turli bosqichlarga, jarayonlar va bo’limlarga bo’linadi. Ba’zi bir murakkab loyihalarni rejalashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar bosib o’tiladi:

  • ilmiy-tadqiqot ishlari;

  • amaliy-konstruktiv ishlar;

  • texnik loyihalash;

  • “homaki” loyiha;

  • testdan o’tkazish.

  • Tadbiq etish

Masalan variant bo’yicha Temir yol axborot tizimini yaratish berilgan bo’lsin.

Rasm 1.2. Tanlangan ob’yektning funktsional chizmasi
Funksional qismalar nomi va tavsifi


  1. Reyslar- Ushbu qism tizimning asosini tashkil etadi va bunda har bir reyslar uchun quyidagilar mavjud.

  2. Vagonlar – har bir reysda nechta vagon borligi va unda qanaqa yuk olib borilishi.

  3. Vaqti – reyslar jo’nashi va yetkazilishi.

  4. Mijozlar – yuk egasi haqida ma`lumot.

  5. Masofaviy bandlik – bo’sh vagonlar va ularni masofaviy band qilish.

  6. Tashish narxi – yukni tashish uchun umumiy sarf-xarajatlar.

  7. Boshqaruv – yuqoridagi qismlarni boshqarish.

  8. Nazorat – reyslar ustidan nazorat qilish.

  9. Soliq – reyslarga soliq to’lash.

  10. Kassa – xisob-kitob ishlari bilan shug’ullanadi.




Download 88,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish