1-laboratoriya ishi. Kirish:Texnika va yong`in havfsizligi.
Elektr asbob- uskunalari bilan ishlashda mehnat havfsizligi qoidalaiga qat’iy rioya qilish kerek.
Uskunani nosoz joyini remont qilish va rostlashdan oldin
uni tok manbaidan uzish
(kondensatorlarni otvyorka bilan zaryadsizlash) kerak.
Asboblarning dastasi izolyatsiyalangan, o`lchov asboblari simlarining
izolyatsiyasi nuqsosiz
bo`lishi kerak. Tarmoqqa ulangan uskunalarni ochiq sxemasi bilan ishlayotganda ishlovchining
yonida (1m dan kam oraliqda ) yana bitta odam turishi kerak. Baxtsiz xodisa ro`y berganda u
shikastlanganga yordam beradi.
Tok manbaiga ulangan asbob – uskunalar nzoratsiz qoldirilishi man etiladi. Kuchlanish berilgn
uskunalarni montaj qilish ta`qiqlanadi. Kavsharlash jarayonida sog`liq uchun zararli bug`lar ajralib
chiqishi tufayli remont ishlari bajriladigan xona tortuvchi ventilyator bilan jihozlangan bo`lishi
kerak.
Kuchlanish berilgan
asbob-uskunalarni faqat solash, rostlash, rejimini o`lchash
va yomon
kontaktlarni topish uchun remont qilish va tekshirish mumkin. Tokdan shikastlanishni oldini olish
uchun massani yerga ulab qo`yish zarur. Uzun yengli kiyim yoki yengliklar kiyib, bitta qo`l bian
ishlash lozim. Elektr asbob-uskunalari bilan yerga ulangan konstruksiyalar yaqinda ishlash
ta’qiqlanadi.
Har bir ob’yekt, tashkilot va muasssasada yong`in xavfsizligi yong`indan saqlash sistemalari
bilan amalga oshiriladi. Radioapparatlar va elektr qurilmalarda yong`in
chiqishiga asosan
quyidailar: simlarning qisqa tutashishi, o`a nagruzkalanish, kontakt birikmalaridan uhqun chiqishi,
ularning buzilishi, remont ishlarini bajarayotganda olovdan extiyotsizlik bilan foydalanish sabab
bo`lishi mumkin.
Simlarni o`ta nagruzkalanishdan,
qisqa tutashuv toklarida, shuningdek, yong`in va
alangalanishga olib keladigan nonormal rejimlardan saqlash uchun
saqlagichlar yoki boshqa
avtomatik viklyuchatellar o`rnatiladi. Ko`chma yoritkichlar himoylovchi shisha qalpoqlar va
to`rlar bilan ta’minlanadi. Elektr bilan qizdiriladigan priborlar tarmoqqa
ulanayotganda albatta
yonmaydigan taglikka o`rnatilishi kerak. Yoritish tarmog`ini o`rnatish va ishlatishda yo`l
qo`yiladigan kamchiliklar ham yong`in chiqarishga sabab bo`lish mumkin. Buzuq viklyuchatellar,
razvetkalar va patronlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Oson alangalanadigan suyuqliklar: benzin, erituvchilar va boshqalar yong`in chiqishiga joddiy
havf tug`duradi. Shuning uchun ular boshqa xonalardan ajratilgan alohida xonalarga saqlanadi.
Har bir hodim belgilangan yong`in xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi va ularga qat’iy rioya
qilish, yong`in chiqishiga yoki alangalanishiga olib keladigan harakatlarga yo’l qo`ymasligi zarur.