1-kazus
O‘zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida
o‘qituvchi bo‘lib ishlardi. U o‘z bilimlariga tayangan holda qonun loyihasini
tayyorlab, uni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etdi. U
“O‘zbekistonda dronlardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun
loyihasiga quyidagilarni ilova qildi.
1) qonun loyihasiga tushuntirish xati;
2) o‘zgartirilishi va bekor qilinishi kerak bo‘lgan qonun osti hujjatlar ro‘yxati.
Biroq, Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini ko‘rib chiqishdan bosh
tortib, fuqaro Yusupov qonunchilik tashabbusi sub’ekti emasligi vaji bilan
taklifni qaytarib yubordi.Huquq ijodkorligida fuqarolarning ishtirokini
muhokama eting, vaziyatga huquqiy yechim bering.
Aniqlanishi kerak
1. Qonunchilik tashabbusi nima
2. Qonunchilik tashabbusi huquqi kimlarga berilgan
Qonunchilik tashabbusi - qonun loyihalarini
qonun chiqaruvchi organlar
muhokamasiga taqdim etish huquqi; mazkur organlar qonun loyihasini muhokama
qilishga va shu loyiha yuzasidan qaror qabul qilishga majbur.
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-60-sonli
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida
“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq quyidagilar
qonunchilik
tashabbusi huquqiga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
2) o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston
Respublikasi;
3) Qonunchilik palatasi deputatlari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori” deya ko’rsatilgan
Xuddi shu qonunning 8-moddasida esa Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega
bo‘lmagan
davlat organlarining, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning qonunlar
loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishi deya nomlanib “Qonunchilik
tashabbusi
huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar qonunlar
loyihalarini yoki yangi qonun qabul qilinishi, qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar
kiritilishi, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning bir qismini o‘z kuchini yo‘qotgan
deb topish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti
ko‘rib chiqishi uchun kiritishi mumkin. Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega
bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat tashkilotlar yoki fuqarolar tomonidan kiritilgan
qonunlar loyihalarini yoki takliflarni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti o‘zi
ishlab chiqayotgan qonunlar loyihalari uchun asos sifatida qabul qilishi mumkin” deb
ko’rsatilgan. Qonunchilik tashabbusi huquqi – Konstitutsiyada belgilangan vakolatli
organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi
qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish yoxud uni bekor
qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim
etilishi va parlament
tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul
qilishdir. Mamlakatimiz Asosiy qonunida qonun chiqarish jarayonining alohida
bosqichi hisoblangan qonunchilik tashabbusi huquqi o‘zining yuridik ifodasini
topgan. E’tirof etish lozimki, qonunchilik tashabbusi Oliy Majlisda emas, balki faqat
Qonunchilik palatasida ro‘yobga chiqariladi. Amaldagi qonunchilikka binoan
qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat
hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik
tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi). Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti o‘zining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanib,
2006-yilning 8-noyabrida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga «Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish
hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi
konstitutsiyaviy qonun loyihasini kiritdi1. Ushbu qonun umumxalq muhokamasidan
so‘ng qabul qilindi va 2007-yil 11-aprelda imzolandi. Shuningdek, 2008-yil 12-
noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi kiritildi. U shu yilning 19-noyabrida
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. 2008-yil 4-dekabrda Senat tomonidan
ma’qullandi2.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi «Qonunchilik tashabbusi» deb nomlanib, unda
yuqoridagi konstitutsiyaviy norma quyidagi qoida bilan yanada aniq holga keltirilgan:
«Davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek
budjet moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari
faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy xulosasi bo‘lgan
taqdirda kiritilishi mumkin» (27-moddaning 2-qismi).Qonunchilik tashabbusi
huquqiga ega bo‘lgan subyektlarning qonun loyihasini parlamentga kiritishi va uni
ko‘rib chiqish tartibi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunda belgilab berilgan. Xususan, mazkur
Reglamentning 12-moddasida quyidagi qoidalar bayon etilgan: Qonun loyihasini
Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar
kiritadilar. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim
etilishi kerak:
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
2) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun
loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarning o‘z kuchini yo‘qotgan
deb topish
to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi
yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviyiqtisodiy
asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda
tutuvchi
qonun
loyihalari
yuzasidan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining xulosasi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul
qilinguniga qadar uni kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha
matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini qaytarib olish huquqiga
ega.Mamlakatimizda ikki palatali parlament tizimiga o‘tilgach, qonunchilik
tashabbusini amalga oshirishning puxta huquqiy bazasi yaratildi. 2006-yilning 11-
oktabrida O‘zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarini tayyorlash va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi