1. Imloviy xatolikka uchragan so’z qo’sh undoshli so’zdan oldin kelgan gapni toping.
A) To’rt narsa: badfe’llik, badqovoqlik, takabburlik va dilozorlik kishiga xor-u zorlik keltiradi.
B) Ularning o’xshash tomoni bitta.
U ham bo’lsa, barchaning pirovard maxsadi mukammallik
C) Izzattalablik o’z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u
ko’p hollarda qadr-qimmat manbayidir.
D) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma
2. Quyidagi gaplarning qaysi birida maqsad ma’nosini ifodalagan ravishdosh shakli qo’llangan?
a) Ona kelar yo’lda yugurib, Ko’ringandan qizini so’rab
b) Tarixiy jjoylarni tomosha qilish maqsadida SAmarqandga jo’nadik]
c) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim
d) Malika dunyodan o’tgach, unga atab shoh Tojmahal qurdi
3. Harakat nomi shaklini aniqlang?
a) Qaymoq b) Ko’maklash c) Yopish d) Qarg’ish
4. Sifatdosh to’g’ri yozilgan javobni aniqlang?
a) Turgan, ketgan b) o’qikan, yozkan c) boqgan, ekgan d) chiqgan, ko’rsatgan
5. Harakat nomi ishtirok etmagan gapni aniqlang?
a) G’iybatchilar davrasidan tezroq uzoqlash
b) Har qanday mahsulotni xarid qilayotganda yarog’lilik muddatiga e’tibor berish lozim
c) Qishloqning kiraverishida adl teraklar saf tortib turgan uzun ko’cha bor ekan
d) Qo’lida stakan, payola ushlagan bemorlar suv ichishga buloq tomonga ketayapti
6. Buni anglay olish uchun odamda mantiq qudrati bor. Berilgan gap tarkibidagi sodda yasama so‘zda qanday undosh ishtirok etmagan? A) jarangli undosh B) sirg‘aluvchi undosh C) ovozdor undosh D) lab undoshi
7. Oq // saroy, ot // quloq, dev // qomat, havo // rang, borib // kelmoq, sher // dil, yer // yong'oq, bay on // etmoq erk // sevar.
Ushbu juftliklardan qo„shma so’z hosil qilinganda nechtasi qo’shib yoziladi?
A) 5 tasi B) 8 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi
8. Quyidagi qaysi gapda imloviy xatolik chiziqcha bilan bog’liq?
A) Bobom bu yil askarlarimizga, kam deganda, uch vagon qovun-tarvuz jo’natmasam, do’ppimni osmonga otaman deb, kecha-kunduz polizdalar.
B) Mahallada katta tayyorgarlik bilan o’tqazilgan tadbirda keksa-yu yosh faol ishtirok etdi.
C) Buyuk ipak yo’li XVI-asrlarga kelib o‟z ahamiyatini yo’qotib bordi.
D) O’quvchilar 25-may sanasiga kelib maktabni tamomlaydilar, ularning 11 yil davomida olgan bilimlari kelajakda juda asqotadi.
9. Qaysi gap tarkibida sifatdosh mavjud?
a)Bilmaslik ayb emas
b) Taxtga chiqqach adolat bilan ish tutibdi
c) Xola, ukam qani olib ketgani keldim
d) Bilib qo’y, oqqan daryo oqaveradi
10. Mag’lubni tepib o’tmak, mardlik emas.
Ushbu gapda fe’lning nechta vazifa shakli qo’llangan
11. Otlashgan sifatdosh qatnashgan gapni aniqlang?
a) Guliston dugonasini ko’rgani kasalxonaga kelgan edi
b) Chol labini tishlagancha o’ylanib qoldi
c) Uning aytgani aytgan, degani degan edi
d) Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitib qoldi
12. RAvishdosh gaplarning qaysi birida payt ma’nosini ifodalagan?
a) Bahor kelib, ariqlarda suvlar oqa boshladi
b) Bola otasidan qo’rqib uyga kirmadi
c) Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak
d) Bola egilib salom berdi
13. Yasama holat ravishdoshi qaysi qatorda berilgan?
a) Yaqinlashgach aynimoq b) Egallagani qaytmoq c) Qarsillab urilmoq d) Yiqilib tushmoq
14. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz; 5) tonggi; 6) osmonga
A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6
15. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko‘ngil shod.
Ushbu she’riy parchada qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
B)Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok etgan.
C)Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
D)Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok etgan.
16. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladi?
A) rostgo‘y, mehnatsevar B) chiroy, suluv
C) ko‘nmoq, unamoq D) abzal, ortiq
17. Qozon turgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A)Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngidan o‘tdi.
B)Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.
C)Stol ustidagi kuldon bir chetga olib qo‘yildi.
D)Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
18. Qaysi qatorda paronim so'zlarni yanglish qo'llash bilan bog'liq xatolik mavjud?
A) Bizni holi qoldiring.
B) Qo'lga tushdim, bandi bo'ldim.
C) Go'sht olsang, lahm ol.
D) Umumiy qimmati 1000 dollarga teng ekan.
19. Fonetik o'zgarishlarga uchragan so'zlar berilgan qatorni belgilang. 1) yarmi; 2) do'stlik; 3) pasay;
4) saylov; 5) gapir; 6) shuncha.
A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6
C)2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5
20. Qaysi javobdagi so’zning asos qismida jarangli tovushlar soni ko’proq?
A) bo‘ydor B) tomizmoq C) oqimtir D) yumaloq
Do'stlaringiz bilan baham: |