1. Faqat sonor undoshlar qatnashgan so'zlar qatorini toping. A mosh, mos, makon b shag'al, nog'ora, mog'or c malol, marom, marmar d jang, mo'g'ul



Download 23,19 Kb.
bet1/2
Sana30.03.2022
Hajmi23,19 Kb.
#517397
  1   2
Bog'liq
Onatli 45


1. Faqat sonor undoshlar qatnashgan so'zlar qatorini toping.
A) mosh, mos, makon B) shag'al, nog'ora, mog'or C) malol, marom, marmar D)jang, mo'g'ul, nov
2. Qaysi so'z tarkibida ikki jarangli undosh orasida yuqori tor unli kelgan yopiq bo'g'in bor?
A) suyuqlik B) quchoqlamoq C) ko'pburchak
D) besaranjom
3. Bo'g'inlarga ajratish bilan asos va qo'shimchalarga ajratish teng kelmaydigan qatorni toping.
A) fikrim, baxtim B) boshga, toshda C) shahri, kuchli D) faxri, aqldan
4. Qaysi so'zda urg'u ikkinchi bo'g'inga tushadi?
A) sakkizta B) o'quvchimiz (bizning o'quvchimiz) C) allakim D) ulama (soch)
5. Qaytar bo'lsam quruq qo'l ovdan, Qora qozon qolsa qaynovdan,Ham ayrilib o'lja, ulovdan, Qarzga botar bo'lsam birovdan, Taskin berib onam yig'laydir, Qolganlari yolg'on yig'laydir. (To'ra Sulaymon) Ushbu she’riy parchada fonetik o'zgarish asosida yozilgan so'zlar necha o'rinda qo'llangan?
A) 4 B )2 C )3 D) 5
6. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko'rma. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi B) tovush almashishi va tushishi C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi
D) tovush orttirilishi
7. Nisbat qo'shimchasi vositasida o'timsiz fe'lga aylanishi mumkin bo'lgan o'timli fe’llar berilgan qatomi aniqlang.
A) yuvmoq, yayramoq B) quvonmoq, jilmaymoq C) kiymoq, taramoq D) qochmoq, yonmoq
8. Aniq nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gapni toping. A) Osmonda xiragina kemtik oy ko'rindi.
B) Salim har yili ta’tilni ona qishlog'ida o'tkazadi. C) U do'stining dov-daragini surishtirib yuribdi.
D) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
9. Quyida berilgan qaysi maqolda ham o'tImli, ham o'timsiz fe’l qo'llangan?
A) Eksang, o'rasan. B) Do'st achitib gapirar, dushman - kuldirib. C) Yer - to'ydirar, o't - kuydirar. D) Qunt bilan o'rgan hunar, hunardan rizqing unar.
10. Ota o'g'lini o'zga yurtga safarga otlantirib, oq fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo'liga non tutqazgan. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe'ilar ishtirok etgan va ularning sonini toping.
A) 2 ta aniq, 2 ta orttirma nisbat B) 1 ta aniq, 3 ta orttirtna nisbat C) 1 ta aniq, 2 fa orttirma nisbat D )3 ta orttirma nisbat
31.Quyida berilgan gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan?
Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi.
A) 1 B) 2 C) 3 D) yasama fe’l ishtirok etmagan
32. Qaysi gapda otlashgan so‘zlar tarkibida ochiq bo‘g‘in uchramaydi?
A) Bermasning oshi pishmas. B) Kattalar hurmatda, kichiklar xizmatda. C) Benomusga kunda to‘y.
D) Uzoq-yaqindan kelgan mehmonlarni kutib olmoqdamiz.
33. Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi. Ushbu gapdagi orttirma nisbat qo‘shimchasi qatnashgan so‘z haqida berilgan hukmlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z gapda hol bo‘lib kelgan. B) Orttirma nisbat qo‘shimchasi sodda yasama so‘zga qo‘shilgan. C) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘zning yasalish asosi taqlid so’zdir D) Orttirma nisbat qo‘shimchasini olgan so‘z tarkibida faqat portlovchi, jarangli va til oldi undoshlari bor.
34. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad - milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlar qaysi turkumga tegishli?
A) ot, olmosh, fe’l B) ot, olmosh C) olmosh, fe’l
D) ot, fe’l
35. So‘z yasalish jarayonida so‘z yasash asosiga qaysi yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda asos qismning tovush tarkibida o‘zgarish ro‘y beradi?
A) -illa, -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la
B) -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la C) -a, -q, -qi, -ay, -chi
D) -illa, -im, -a, -q, -qi, -ar, -ay, -la
36. Qaysi gapda belgisiz qo‘llangan qaralmish bor? A) Ilm aqlning chirog‘i hisoblanadi. B) Daryo labida turib ko‘klam quchog‘ida tovlanayotgan olmazor chiroyiga suqlanardim. C) Bizning qishloq tog‘ bag‘rida. D) Qaralmish belgisiz qo‘llanmaydi. 37. Sezgir ota o‘g‘li keltirgan pulni o‘tga tashlaganda bola beparvo, loqayd turaverdi. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
38. Morfem tarkibi asos + so‘z yasovchi + lug‘aviyshakl yasovchi + sinataktik shakl yasovchi qolipidagi so‘zni toping.
A) tokzorlarda B) ipakchilikdan C) so‘zlamoq
D) turmushimizni
39. Axloqiy fazilatlaring yuqori estetik diding bilan uyg‘unlashgandagina husningga husn qo‘shiladi. Ushbu gapda ismning munosabat shakllari nechta? A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 8 ta
40. Birlik shaklda jamlik ma’nosi ifodalangan ot qaysi gapda qatnashgan?
A) Bolalarning shovqinidan boshim og‘rib ketdi.
B) Ariq to‘la suv, ichgani tashna, bolam.
C) Hamma ishning boshi to‘g‘rilik va halollikdir. D) Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi. 41. Illat izlaganga illatdir dunyo, G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo, Kim neni izlasa topgay begumon, Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo. (E.Vohidov) Ushbu she’riy parchada kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang.
A) 3 ta belgili, 3 ta belgisiz B) 4 ta belgili, 3 ta belgisiz C) 3 ta belgili, 4 ta belgisiz D) 4 ta belgili, 4 ta belgisiz
42. Qaysi gapda orttirma darajadagi yasama sifatqo‘llangan?
A) Hamma yoq top-toza. B) Insonning hayot yo‘li g‘oyat murakkab. C) Hozir ular uchun eng bexatar yo‘l Toshkent edi. D) Ko‘m-ko‘k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
43. O‘zbekiston Milliy bog'ining Alisher Navoiy haykali gumbazi ostiga kimning qaysi satrlari bitilgan?
A) A.Navoiyning «Mehr ko'p ko'r- guzdim, ammo...» deb boshlanuvchi satri B) A.Navoiyning «Olam ahli, bilingizkim...» deb boshlanuvchi satri C) A.Navoiyning «Ashraqat min...» deb boshlanuvchi satri D) A.Navoiyning «Orazin yopqoch ko'zimdin...» deb boshlanuvchi
44. Payg'ambarni emas, sahobalarni ko'rib, ular bilan suhbatda bo'lgan ro­ viylar qanday nomlanadi? A) sahobalar B) tobeinlar C) muhaddislar
D) roviylar

Download 23,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish