1. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari



Download 298,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.06.2021
Hajmi298,25 Kb.
#104609
  1   2   3
Bog'liq
Panjiev Axror Ekalogiya huquqidan oraliq nazorati



1. 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari 

tomonidan  atrof-muhitni  muhofaza qilish va tabiatdan  foydalanishni tashkil 

qilishda  namoyon  bo`ladi  va  jamiyatda  ijtimoiy  boshqaruvning  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi. 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  shakllantirish  orqali  davlat  o`zining 

ekologik  vakolatini  va  ekologik  siyosatini  amalga  oshiradi.  Ushbu  boshqarishni 

tashkil  etish  asosida  inson  atrof-muhitni  yaxshilash,  tabiatni  muhofaza  qilish  va 

tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanishni  ta'minlash  maqsadlari  turadi.Ekologiya 

sohasida  davlat  boshqaruvi  orqali  davlat  tabiiy  resurslar-ning  mulkdori  sifatida 

tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tashkil  etish  maqsadida  ularni  tassarruf  etish 

huquqini amalga oshiradi.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat 

organ-larining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish 

bo`yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi. 

Davlat  boshqaruv  organlarining  ijroiya  faoliyati  ushbu  organlarning  ijroiya 

hokimiyatiga  taalluqliligidan  kelib  chiqib,  qonun  va  vakillik  organlarining 

qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan. 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarining  farmoyish  beri-shi 

ularning  ijtimoiy  munosabatlarini  tartibga  solishda  vakolat  doirasidagi  yuridik  va 

jismoniy shaxslarga majburiy ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu 

majburiy  ko`rsatmalar  ko`p  marotaba  qo`llanadigan,  ya'ni  ular  tomonidan  qabul 

qilingan  me'yoriy  hujjatlarda  belgilanadi,  yoki  bir  marotaba  qo`llanadigan,  ya'ni 

ma'lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli, masalan, huquqbuzarlikni to`xtatish 

bo`yicha ko`rsatmalardan iborat bo`ladi. 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va farmoyish 

berish  faoliyati  tabiiy  resurslar  to`grisidagi  qonun  hujjatlarining  bajarilishini 

ta'minlashga qaratilgan. 

Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan: 

-  boshqarishning  qonuniylikka  asoslanishi,  ya'ni  davlat  boshqaruv 

organlarining  ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  faqat  qonun  hujjatlarida 

belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi

-  tarmoq  va  hududiy  boshqarishni  muvofiqlashtirishga,  ya'ni  ekologik 

munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  organlarining  faoliyati  ham  hududning 

rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni 

muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bun-dan tashqari, ekologiya sohasida 




davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo`ysunishda shakllantiriladi, 

masalan,  ushbu  organlarning  hududiy  bo`linmalari  respublika  tarmoq  organlari 

(Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Yer 

resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat  qo`mitasi)ga  hamda 

mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar; 

-  ekologiya  masalalarini  hal  qilishda har  tomonlama  yondoshishga,  ya'ni 

tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanish-ning oqilonaligi 

va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy 

resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash; 

-  ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  tashkil  etishda  tabiiy  resurslardan 

foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya soha-sida tabiiy resurslardan 

bevosita  foydalanuvchilar  nazorat  qilish  vakolatiga  ega  bo`lmasligida,  ekologiya 

sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarini  shakllantirish  hamda  ularni  faoliyatlarini 

tashkil  qilishda  foydalanish  va  nazorat  qilish  vakolatlarini  tartibga  solishda 

ifodalanadi. Masalan, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon xo`jaligi 

bosh  boshqarmasi  o`rmondan  foydalanishni  tashkil  qiluvchi  davlat  organidir  va 

uning 

kor-xona, 



tashkilotlari, 

o`rmon 


xo`jaliklari 

o`rmondan 

asosiy 

foydalanuvchilar  bo`lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ushbu  organ  o`rmondan 

foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas. 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  ma'lum  bir  shakllarda  va  uslublarda 

amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya 

va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi. Ijroiya organlari huquq ijod qilish 

yo`li  bilan  qabul  qilgan  me'yoriy  hujjatlarida  qonunlarda  belgilangan  qoidalarni 

yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosa-batlarni batafsil tartibga soluvchi me'yorlarni 

belgilaydilar.  Masalan,  Yer  kodeksining  va  «Davlat  yer  kadastri  to`grisida»gi 

qonunning qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasining 1998-yil 

31-dekabr-dagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish 

to`grisida”gi Nizom va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 27-mayda 736-son bilan 

davlat ro`yxatiga olingan “Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga 

olish tartibi to`grisida”gi Yiriqnoma bilan tartibga solinadi. 

Davlat  boshqaruv  organlarining  ijroiya  faoliyati  qonun  hujjatlarini  amalga 

oshirish  bo`yicha  amaliy  faoliyati  hisoblanadi.  Masalan,  yer  uchastkalarini  joyida 

ajratib  berish,  yer  uchastkasiga  bo`lgan  huquqni  davlat  ro`yxatiga  olish,  tabiiy 

resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish 

va hokazo. 



Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruv  organlari  huquqni  muhofaza  qilish 

faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari 

buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma'muriy va imto`zomiy javobgarlikka 

tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning 

ma'muriyati oldiga qiyiladi, agar ekologik nazorat organlari ma'muriy javobgarlikka 

tortish huquqiga  ega bo`lsalar, ushbu  masalani hal qiladilar, sud  organlarida  atrof 

tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirish bo`yicha davo aro`zalarini qo`zgatadilar, 

tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan 

chora tadbirlarni amalga oshiradilar. 

Ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  boshqaruv  organlari 

boshqarish  uslublarini,  ya'ni  ijtimoiy  munosabatlar  subyektlariga  davlat  ta'sir 

ko`rsatish  usullarini  qo`llaydilar.  Ular  tarkibiga  ruxsat  berish,  man  qilish,  rozilik 

berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi. 

Davlat  boshqaruvining  ruxsat  berish  uslubi  asosan  tabiiy  resurslardan 

foydalanishni  tashkil  etishda  qo`llaniladi. Tabiiy  resurslardan  maxsus  foydalanish 

faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi. 

Rozilik  berish  (sanksiyalash)  uslubi  deb  davlat  organlarining  foy-

dalanuvchilar tomonidan tayyorlagan me'yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa 

qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masa-lan, atmosferaga 

ifloslantiruvchi  moddalarni  tashlash  bo`yicha  yo`l  qo`yi-ladigan  doiradagi 

normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari tomoni-dan tasdiqlangandan so`ng, 

mazkur  zararli  moddalarni  atmosferaga  chi-qarib  tashlash  mumkin  (“Atmosfera 

havosini muhofaza qilish to`grisida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik 

korxonalari  tuman  hokimi  tomonidan  tasdiqlangan  ichki  yer  tuzilish  sxemalariga 

muvofiq yerdan foydalanishni amalga oshiradilar (Yer kodeksining 13-moddasi). 

Ekologiya  sohasida  boshqaruvni  taqiqlash  uslubi  atrof  muhitni  muhofaza 

qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy 

hududlarda  ma'lum  bir  faoliyatni  amalga  oshirishni  taqiqlash  orqali  man  etishda 

ifodalanadi.  Masalan,  suvdan  umumiy  foyda-lanishning  turi  bo`lgan  cho`milish 

aholini  xavfsizligini  ta'minlash  maqsa-dida  ma'lum  suv  obyektlarida  man  etilishi 

mumkin  yoki  suv  muhofaza  zonalarida  daraxt  va  butazorlarni  kesish,  yoqilgi va 

moy quyish shaxob-chalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni qo`llash, 

chorva-chilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi. 

Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruv  organlarining  vakolat  doirasida  qabul 

qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subyektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. 




Ammo majburiy ko`rsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida 

asosan  ekologik  nazoratni  amalga  oshirish  jarayonida  qo`llaniladi.  Masalan, 

ekologik nazoratni amalga oshiruvchi organlar ekologik huquqbuzarlik sodir etgan 

shaxslarga ushbu huquqbu-zarlik oqibatlarini, ularni sodir etish sabablarini va shart-

sharoitlarini bartaraf etish bo`yicha majburiy ko`rsatmalar berishga haqlidirlar. 

 

2. Tabiiy resurslardan foydalnish  qonuniyligi 



O'zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo'mitasi 

tabiatni  muhofaza  qilish  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  qayta  tiklash 

sohasida  davlat  nazorati  va  tarmoqlararo  boshqaruvini  amalga  oshiruvchi 

maxsus  vakolatli,  idoraviy  va  muvofiqlashtiruvchi  organ  hisoblanib,  uning 

asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi. 

Ekologik  xavfsizlik,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslardan 

oqilona  foydalanish  va  qayta  tiklash  sohasida  yagona  davlat  siyosatini 

ta'minlash; 

Vazirliklar,  davlat  qo'mitalari,  idoralari,  korxonalar  muassasalar  va 

tashkilotlar, shuningdek alohida shaxslar tomonidan yerlar, qazilma boyliklar, 

suv, o'rmonlar, hayvonot va o'simlik olami, atmosfera havosidan foydalanish 

va  muhofaza  qilish  sohasidagi  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  davlat 

nazoratini amalga oshirish

Tabiatni  muhofaza  qilish  faoliyatining  tarmoqlararo  kompleks 

boshqaruvini amalga oshirish; 

Atrof-muhitni  qulay  holatini  ta'minlash  va  ekologik  holatni 

sog'lomlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish. 

Mustaqillik yillarida respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish masalalarini boshqarib turadigan qariyb 30 

ta qonun va 350 dan ortiq me'yoriy huquqiy hujjat qabul qilindi. 

O'zbeksitonda  amal  qilinayotgan  tabiatni  muhofaza  qilish  qonunlari 

butun  mamlakat  hududida  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  tabiiy  resurslarni 

asrash, oqilona foydalanish va qayta tiklash kabi tadbirlarning to'liq hajmda 

bajarilishini ta'minlaydi. 

 


Download 298,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish