KAZUSLAR:
1. Автоматлаштириш туфайли малака талаблари тез-тез ошиб боради.
Фойдаланувчи бундай ускуналар билан автоматик ва қўлда ишлай олиши
керак. Бундан ташқари, кўпинча автоматик режим фойдаланувчини қўлда
бошқариш амалиётидан маҳрум қилади. Бу профессионализмнинг йўқолиши
қўл усулидан фойдаланиш зарур бўлган вазиятларда қийинчиликларга олиб
келиши мумкин.
Савол: Бу қандай қийинчиликлар? Уларни тавсифланг ва ечимини беринг.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1. “Электрон ҳукумат тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни
асосида электрон ҳукуматнинг асосий вазифаларини шарҳлаб беринг.
2. Аноним ва тахаллус орасидаги фарқни изоҳланг. Тармоқ орқали мурожаат
ва сўровномаларда анонимлик қандай ечимларни беради?
1-Kazusga javob:
“Avtomatlashtirish” tushunchasi 1947-yildan keyin ommalasha boshladi.
Avtomatlashtirish- turli xil sohalarda energiya, sanoat, tog’-kon, axbototni qabul
qilish, uzatish, tibbiyot, yuridik va boshqa sohalarda insonlar ishtirokini
kamaytirish, balki qaysidir qismlarida butkul ozod qilish hisobiga samaradorlikni
oshiruvchi yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Avtomatlashtirish mehnat
unumdorligini oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, boshqaruv jarayonlarini
optimallashtirishga va sog’lik uchun xavfli bo’lgan sohalardan insonlarni
chetlashtirishga yordam beradi. Avtomatlashtirishning keng miqiyosda
ommalashishi nodir buyumlar, san’at asarlining kamiyashiga olib keladi. Buning
sababi shundaki, avtomatlishtirilgan dastgoh o’zining ma’lum bir yo’nalishidan
chiqib o’zgartirish qilib ish bajaraolmaydi, lekin u qo’l mehnadidan ko’ra ancha
tez ishlaydi ya’ni koproq sanoat maxsuloti yoki buyumlarni ishlab chiqaraoladi.
Avtomatlashtirish oqibatida haqiqiy professional darajadagi muhandi, injinerlar
kamayib bormoqda, chunki tayyor avtomatlashtirilgan dastgoh turganda
ko’pchilikning ishga bo’lgan laypqati so’nadi va o’z ustida ishlashga harakat qilish
ishtiyoqi kamayadi. Ammo o’z ishining ustalari tomonidan yaratilgan nodir
buyumlar bebaho hisoblanadi. Masalan, Leanardo da Vinchi yaratgan asarlarini
hech qaysi mashina yarataolmaydi. Bu kabi holatni hzirgi kun sanoatida ham
ko’rsak boladi. Masalan, Britaniyaning “Rolls Roys” kompaniyasidan mashina
xarid qilishni xohlovchi har bir shaxs mashina uchun to’liq pullarini to’lasa ham
to’qqiz oydan, o’n ikki oygacha kuitishga majbur. Chunki bu kompaniyada
mashinaning asosiy va juda ko’p ehtiyot qismlari mashinaga briktirish haqiqiy
professional muhandis va injinerlar tomonidan olib boriladi va bu ishning yuqori
darajadagi samaradorligini taminlaydi. Boshqa kompaniyalar o’z mijozlarini
“Rolls Roys” kompaniyasichalik kuttirmasada mashinasozlik sohasida “Rolls Roys
kompaniyasi birinchilardan hisoblanadi. Buning asosiy sababi esa qo’l mehnatiga
asoslangan yuqori sifat va samaradorlikdir. Avtomatlashtirish oqibatida kelib
chiqadigan kamchiliklarni kamaytirish yo’llaridan biri mashinalarning bajargan
ishi ustidan nazoratni frofessional xodimlar tomonidan olib borilishi deb
o’ylayman. Chunki professional xodimlar mashinalar bajarayotgan ishlarning
kishilar ehtiyojini qondiraolmay qolishini va qachon o’zgartirish kirish kerakligini
juda yaxshi biladilar.
Yuridik sohada olib borilayotgan avtomatlashtirish ishlari ham bu soha rivoji
uchun katta yordam bermoqda. Masalan malumotlarning yagona bazalari
shakklanishida, davlat organlari orasidagi axborotlar almashinuvida o’z samarasini
bermoqda. Lekin davlat ahamiyatiga molik bo’lgan hujjatlar va davlat sirlarini
elektron bazalarda saqlash va ular yordamida uzatish ular uchun ehtimoliy
xatarlarni tug’dirishi mumkin . Masalan bu bazaga xakerlar hujumi bo’lib bu
sirdan voqif bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib aytgandan avtomatik mashina bilan yaratilgan buyumlarga
qaraganda, qo’l mehnati bilan yaratilgan buyumlar sifatli va nodir hisoblanadi.
Ammo avtomatlashtirishning jamiyat uchun bo’lgan foyadasini ham inkor qila
olmaymiz.Ko’pgina olimlar fikricha avtomatlashtirish va robotlashtirish oqibatida
ishsizlik ortishini taxmin qilishgandi, lekin bu taxmin hozirgacha o’zini oqlamadi,
aksincha ko’plab ish o’rinlari yaratildi. Masalan, Spartanburgdagi BMW zavodida
ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan avval to’rt ming ikki yuz xodim ishlagan
bo’lsa. Avtomatlashtirish amalga oshirilgan so’ng xodimlar soni o’n mingga yetdi.
Bundan tashqari ko’pgina zararli bo’lgan elementlar qazib olishda, metallurgiya,
tog’-kon sohalarida inson sog’ligi uchun xavfli bo’lgan ishlardan ozod qilinishi
avtomatlashtirishning ahamiyatli jihatlaridan biridir.
1-Mantiqiy savolga javob:
O’zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat to’g’risida” gi qonun
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan, Senat
tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan. Bu qonunning asosiy maqsadi
elektron hukumat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Elektron
hukumat- bu davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxlar murojatlariga
axborot texnologiyalaridan foydalanib davlat xizmatlarini ko’rsatish va idoralararo
elektron hamkorlik qilishni taminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va texnik
vositalar tizimidir. Elektron hukumatning asosiy vazifalari “Elektron hukumat
to’g’risida” gi qonunning 4-moddasida berilgan. Elektron hukumatning asosiy
vazifalari quyidagilar:
davlat organlari faoliyati samaradorligini, texkorligini va shaffofligini
ta’minlash, ularning masuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish , aholi va
tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishini ta’minlashning qo’shimcha
mexanizmini yaratish;
Bunda elektron hukumat davlat organlarida korrupsiya holatlarini kamytirish
va davlat hokimiyatini to’liq va bekamiko’st bajarishga va tadbirkorlik yo’liga
g’ov bo’ladigan xatarlarni oldini olishga katta yordam beradi.
Elektron hukumatning asosiy vazifalaridan yana biri bu butun mamlakat
hududida ariza beruvchilar uchun davlat organlari bilan olib boriladigan
munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirishda imkoniyatlar
yaratishdir. Bundan tashqari davlat organlari malumotlarining bazalarini
yaratishdir. Elektron hukumatning xalqimiz uchun eng ko’p foydasi tegayotgan
vazifasi bu “bir darcha” prinspini joriy etishidir. Ya’ni aholi va tadbirkorlik
subyektlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjatlar
aylanishi, davlat organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi,
ularning ma’lumot bazalari o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayonlarining yo’lga
qo’yilishi ariza beruvchilar murojatining tezda hal qilinishiga yordam beradi.
Elektron davlar xizmatlarining axborot va interaktiv davlat xizmatlari kabi
turlari mavjud. Elektron axborot davlat xizmatlari ariza beruvchining axbototga
bo’lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi, interaktiv davlat xizmatlarida esa
ariza beruvchiga tegishli yordam ko’rsatuvchi davlat organi bilan elektron
hamkorlik olib borishga yordam beradi. O’zbekiston Respublikasida elektron
xizmat korsatish turlarining ikki turini yaxshi shakllantirish uchun ko’pgina amaliy
ishlar olib borilmoqda.
2-Mantiqiy savolga javob:
Anonimlik va taxallus bu ikki atama ham biror bir xabarninaytgan yoki birir
bir ishni qilgan kishining nomi maxfiy qolishi uchun yordam beradigan vosita
hisoblanadi. Anonim yunoncha “nomsiz” degan manoni anglatadi. Anonimlik so’zi
nomi umuman noma’lum bo’lgan shaxslarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Taxallus
sozi yunoncha “soxta” degan ma’noni beradi. Bu biror bir sababga ko’ra haqiqiy
nomning o’rnida qo’llanadigan soxta nom hisoblanadi. Anonimlik va taxallus
o’rtasidagi asosiy farq shundaki, anonimlikda nom va indifikator degan narsa
mutlaqo bolmaydi, taxallusda esa nom boladi faqatgina soxta bo’ladi.
Mening fikrimcha anonimlik bilan tarmoq orqali murojat qilish bilan har bir
shaxs eng avvalo o’zining xavfsizligini taminlaydi, Masalan, mansabdor
shaxlarning noto’g’ri ishlarini tanqid qilishda va jamiyatdagi dolzarb
muammolarni anonim bo’lib tanqid qilish ko’pgina muammolarga yechim berishda
ijobiy samara beradi. So’rovnomalarda anonim bo’lib ishtirok etish haqiqatdan
ham o’zi xohlaydigan va o’zi adolatli deb hisoblaydigan narsa uchun ovoz berishga
yordam beradi. Bu vaziyatda o’zining nomi bilan ishtirok etsa bo’lmaydimi? degan
savol tug’ulishi mumkin lekin hayotda har xil xolatlar bo’ladi. Masalan ish
joyingizda ma’lum bir o’zgarish amalga oshirishi uchun online so’rovnoma olib
borilayapti xo’jayiningiz sizga ishchilar manfaatini emas o’zining manfaatini
ko’zlab qo’yilgan qismiga ovoz berishni so’raganda siz anonim bo’lib o’zingiz
xohlagan qismiga ovoz bersangiz bo’ladi. Anonimlik yuridik sohalarda ham
ko’pgina yordam beradi masalan, jinoyatni fosh etishda jinoyatchilik guvohi
jinoyatchilarning kelajakda olinishi mumkin bo’lgan qasosidan qo’rqib, o’zining
xavfsizligi uchun anonim bayonot berishi va bu haqiqiy jinoyatchilarning
jazolanishi uchun yordam berishi mumkin sababi uning nomi sir tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |