1-AMALIY MASHG‘ULOT.
F15, R668 mashinalari rogulkalarini mustahkamlikka hisoblash
Ishning maqsadi va mazmuni:
Rogulkani konstruktsiyasi bilan tanishish.
Balans shoxini mustaxkamlikka hisoblash.
Rogulkaga qoyilgan texnik talablarni o’rganish
Rogulkani konstruktsiyasi bilan tanishish.
Rogulka pishitish-o‘rash mexanizmi asosiy elementlaridan biri pilikni burash va uni g‘altakka o‘rash vazifalarini bajaradi. Harakatni uzatish bo‘yicha rogulkalar oddiy (urchuqdan bevosita harakat oladi) va osma konstruksiyali harakatni alohida uzatma orqali oladigan bo‘ladi.
Shoxlarining shakli bo‘yicha trubasimon va yaxlit metaldan yasalgan bo‘ladi. Paxta tolasini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan lapka bilan rogulka 1-shaklda ko‘rsatilgan.
1-shakldan ko‘rinib turibdiki rogulkaning asosiy qismlari:
1) ishchi shoxi;
2) ishchi shoxiga o‘rnatilgan liniya;
3) balans shoxi;
4) o‘tkaziladigan qismi;
Balans shoxi 3 qismdan iborat: vertikal, qiyalik va gorizontal. Bu shoxi yaxlit qirqilgan konus shaklida va ko‘ndalang kesimi ellips shaklida tayyorlangan.
Ishchi shoxi trubasimon shaklda piltani o‘tkazish uchun qiyali ariqchasimon tashqari qismda. Ishchi shoxida lapka o‘rnatilgan. Lapka tarkibida gorizontal va vertikal qismlari mavjud va lapka trubasimon shoxiga nisbatan aylanish imkoniyatiga ega.
Trubasimon shoxning tepa qismida ikkita do‘ngan bor. Bularni orasiga qayilgan plastinka o‘rnatilgan (tepa qismida).
Lapkani pastdagi qismida radius bo‘ylab qayiltirilgan plastinka o‘rnatilgan.
Rogulka 4 o‘tkazish qismi ichki konus shaklida tayyorlangan va urchuqni ariqchasida sterjen orqali biriktirilgan.
Rogulkani balans shoxini mustahkamlikka hisoblash.
Rogulkani shoxini markazdan qochuvchi kuch ta’siri ostida egilishga hisoblanadi. Eng katta kuchlanish shakli qiya joyida bo‘ladi. Shuning uchun bu shoxni qiya to‘sin usuli bilan hisoblanadi.
Bu yerda va – eng katta chо‘zish va siqilish kuchlanishlar;
N-kо‘rilayotgan kesimdagi normal kuch;
S-kо‘ndalang kesim maydonni neytral о‘qi bо‘yicha statik momenti;
- neytral о‘qni egilish radiusi;
h1 va h2 - neytral о‘qdan chetdagi tolagacha bо‘lgan masofalar;
- kesimning og‘irlik markazidan neytral о‘qqacha bо‘lgan masofa.
Shaklda ko‘rinib turibdiki
u holda:
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Balans shoxni mustahkamlikka hisoblash formulasini keltirib chiqaring?
2. Qaysi kuch ta’sirida rogulkani shoxlari egiladi?
3. Qaysi kuchlarni ta’siri kam bo‘ladi?
4. Rogulkani konstruktsiyasi tushintiring
5. Rogulkaga qanday texnik talablar qoyilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |