O'yin Mashg'ulotining Maqsadlari:
ta’limiy: bolalarni xushmuomala bo'lish ga o'rgatish, ularni ijtimoiy-xissiy rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi: bolalarga yaxshi odatlarni o'rgatish;
tarbiyaviy: boshqa larni tushuna olish kunikmasini shakllantirish. Kattalarning xissiy xdlatini (suyunish, gururlanish, tinch xolat, jaxl chiqishi) xis qilishni shakllantirish.
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum, mening mexribon tarbiyalanuvchilarim. Bugungi o'yin Mashg'ulotimiz «Xushmuomalalik alifbosi» deb nomlanadi. Bolajonlar, xozir men sizlarga xolatni aytaman, sizlar o'sha xolatga mos so'zlarni topishingiz kerak bo'ladi.
Men kimdandir yordam so'rasam, nima deyishim kerak? (Iltimos).
O'rtog'imdan kitobini olsam, nima deyishim kerak? (Raxmat).
Minnatdorchilik bildirishni istasam
(Minnatdorman).
Xayrli kun tilaganda (Xayrli kun).
Xayrli kech tilaganda (Xayrli kech).
Meni kimdir chakirsa (Labbay).
Xayrlashganda (Yaxshi boring).
Xursand bulganda (Mamnunman).
Tarbiyachi: - Bolajonlar, xozir bizning yonimizga «Zumrad va Qimmat» ertagidagi Zumradxon kelibdilar. Qani, Zumradxon xush kelibsan.
Zumradxon: - Assalomu alaykum, bolalar, men bugun biroz xafaman, yana o'gay onam meni xafa qildi.
Tarbiyachi: - Bolalar, biz Zumradxonga yaxshi tilaklar bildiramiz. Qani, boshladik.
bola: - Zumradxon, senga soglik tilayman.
bola: - Zumradoy, doim kulib yurgin, senga tabassum yarashadi.
bola: - Zumradoy, sen chiroylisan, kuning xam chiroyli ugsin.
bola: - Zumradxon, seni xdmmamiz yaxshi xafamiz, baxtimizga uzoq umr kurgin.
Tarbiyach i: -Bolalar, tasavvur qiling, do'stingizning tugilgan kuni, unga kanday tilak bildirasiz?
bola: - Xamma orzularingga erishib yurgin.
bola: - Uzing xoxlagandek eng zur futbolchi bulgin.
bola: - Doim sog va xozirgidek quvnoq bo'lib yurgin.
Tarbiyachi: - Endi kimnidir xafa kilib kuydingiz? U ni nima deb yupatish mumkin?
bola: - Meni kechir.
bola: - Bunday bo'lish ini istamagandim, mendan xafa bulma.
bola: - Sendan uzr so'rayman, ayb mendan utdi.
Tarbiyachi: - Bolalar, So'z misoli uk. U ogizdan
chiqdimi, endi uni ortga qaytarishning sirayam imkoni bo'lmaydi. Shunday ekan, xar bir So'z ni uylab gapirish, imkoni boricha yaxshi so'z lar topib aytib, odamlar ko'nglini olish kerak.
«BIZNING OILA»
Oila tushunchasiga izox. Oila muqaddas jamoa ekanligi, oilada katta-kichikning ahil yashashlari, oila boshliqlari buva-buvi, ota-ona ekanligi. Oilada ota-ona, aka-uka, opa-singillarning bo‘lishi. Ahil oilalarni rasmlar orqali izoxlash. Oilada bolalarning yashash tarzi, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga g‘amho‘r bo‘lish. Oilada hamjihatlik, ahillik, o‘zaro yordam oila baxtining asosi eqanini uqtirish. Bolalarga «Assalomu alaykum»-senga salomatlik tilayman, degan ma’noni anglatsa «Vaalaykum assalom» -―sizga ham salomatlik tilayman‖ ekanligini tushuntirish. O‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi: tabassum, ochiq chehra samimiy mehr bilan bir-biriga boqish, «Assalomu alaykum» deb salomlashganda ochiq chehralik va tabassum bilan salom beruvchi, alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitarli bo‘lishi kerakligi, agar bir qishiga ikkita qishi bir vaqtda salom bersalar, ularning har biriga alohida-alohida javob qaytarishi lozimligini tushuntirish. Salom-alikning mohiyatini chuqur tushunib yetishga, qadriga yeta olish, to‘g‘ri salomlashishga o‘rgatish. «Assalomu alaykum» iborasi haqidagi hikoyasidan o‘qib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |