Kutilayotgan natijalar:
Yolg‘onchilik yomon odat ekanligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: Mavzu asosida rasm.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, bugun yolg‘on gapirish yomon odat ekanligi haqida so‘zlab beraman.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolalar, yolg‘onchilik – yomon odat. Yolg‘onchining gapi odamlarni ranjitadi, ko‘nglini qoldiradi. Yolg‘onchining gapiga odamlar ishonmay qo‘yadilar, unga ishonmay qo‘yadilar. To‘g‘ri gapirgan odamlarga hamma ishonadi. To‘g‘ri gapirgan odamlarga hamma yordam berishga tayyor turadilar.
Men sizga bugun yolg‘on gapirib pushaymon yegan qush haqida ertak o‘qib beraman. Ertagimizning nomi ―Sher bilan Durroj‖. Sherni bilasiz, o‘rmonda yashovchi hayvon. Durroj esa qushning nomi.
(Tarbiyachi tustovuqqa o‘xshash qushning rasmini ko‘rsatadi).
Diqqat bilan eshiting, yolg‘on gapirgan qushcha qanday ahvolga tushibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |