Mashg‘ulotning borishi: Bolalar doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi bolalar bilan suhbat olib boradi.
Tarbiyachi: Bolalar hozir qaysi fasl?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: Janubdan bizga qanday qushlar uchib keladi?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolalar, o‘lkamizga qaldirg‘och, laylak, turna, bulbul kabi qushlar uchib keladilar. Bolalar nega ularni uchib kelib-ketuvchi qushlar deymiz?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolalar, ular kuzda issiq o‘lkalarga uchib ketadilar, bahorda esa qaytib keladilar. Bolalar, uchib kelib-ketuvchi qushlarning qaysilari to‘g‘risida eshitgansiz? Ularni ko‘rganmisiz?
Bolalar javobi
Javoblar berilgandan so‘ng tarbiyachi bolalarga stol atrofiga o‘tirishni va stoldagi rasmda tasvirlangan uchib ketayotgan qushlar galasini tomosha qilishni taklif qiladi.
Bolalar qaysi qushlar galasi uchib ketayapti. Hozir biz shu qushlar galasini gugurt cho‘plaridan yasaymiz. Uchib ketayotgan qushlar galasini yasash uchun bizga nechta gugurt cho‘p kerak bo‘ladi?
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bolalar, nechta qush uchib ketayotgan bo‘lsa shuncha.
Tarbiyachi bolalar ishlarini kuzatadi va baholaydi.
So‘ngra, yog‘ochdan yasalgan uychani tomosha qilib suhbatni davom ettiradi.
Bolalar, qushlar o‘z uylariga qaytib kelganlaridan so‘ng nima qiladilar?
Bolalar qaldirg‘ochlar nima uchun odamlarga yaqin joylarga uy quradi?
Bolalar, odamlar inchalarni qaysi qushlar uchun joylashtiradilar?
Tarbiyachi bolalarga «Baliq, qush vahayvonlar» o‘yinini o‘ynashni taklif qiladi.
Bolalar doira bo‘lib turadilar. Doira o‘rtasida tarbiyachi-boshlovchi qo‘lida to‘p. Boshlovchi ishtirokchilarning birortasiga to‘pni otib, «hayvon» deydi, to‘pni ilib olgan bola birorta hayvonning nomini aytib boshlovchiga qaytaradi. Boshlovchi to‘pni otib, «baliq» yoki «qush» desa to‘pni tutib olgan bola baliq yoki qushning nomini aytib boshlovchiga to‘pni qaytarishi kerak bo‘ladi. O‘yin o‘ynab bo‘lingach bolalar joylariga o‘tiradilar. Tarbiyachi bolalarga qushga incha yasashni taklif qiladi. Navbatchilar yordamida oldindan tayyorlangan yelim, mo‘yqalam, qog‘oz, turli geometrik shakllar. Geometrik shakllarning nomlarini bolalar bilan birgalikda takrorlab olinadi, so‘ngra qog‘ozga inchani qanday yopishtirish ko‘rsatib beriladi.
Bolalar mustaqil ishlayotganlarida tarbiyachi shakllarni to‘g‘ri joylashtirilayotganligini kuzatadi, zarur joylarda yordam beradi.
Mashg‘ulot yakunida bolalar ishlari tahlil qilinadi.
Yakuniy kism: Bolalarga uchib kelib-ketuvchi qushlar haqida tushuncha berish, ularning tashqi ko‘rinishi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda hayot tarzi bilan tanishtirish. Qushlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish hissini tarbiyalash, bolalarda kuzatuvchanlik va qiziquvchanliklarini oshirish, tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |