Faoliyatning borishi: Assalomu alaykum aziz bolajonlar, xammamizni yaxshimi.
Bolalar: Xa yaxshi .
Tarbiyachi: Unday bo‘lsa bugun sizlar bilan kiyinish odobi xaqida suxbatlashamiz.
Shu vaqt xonaga Qimmatxon baqirib kirib keladi.
Tarbiyachi: xa, xa tinchlikmi Qimmatxon?
Qimmatxon: Sizni nima ishingiz bor, o‘zim adashib qoldim.
Tarbiyachi: Nima bu turish tinchlikmi? Salom yo‘q, alik yo‘q, ust boshinga qarab bo‘lmaydi.
Qimmatxon: Anovi sexrgar kampir Zumradga bir sandiq kiyim beribdi. Men xam o‘sha kiyimlarni olish uchun yo‘lga chiqqandim. Lekin adashib qoldim.
Tarbiyachi: Unday bo‘lsa kel Qimmatxon bizning bolalarga qo‘shib biz xozir kiyinish odobi xaqida suhbatlashmoqchi edik. Bolajonlar kiyim faqat yangi bo‘lishi shart emas, biz uni tartibli qilib kiya bilishimiz kerak. Xar kuni ertalab oyingiz sizni chiroyli, toza kiyimlar kiydirib bog‘chaga olib keladilar. Siz bu kiyimlarni kir qilmay , tugmalarini uzmay, ovqatlanayotganingizda ovqat to‘kmay, cho‘ntaklarni yertmay kiyinishingiz kerak. Bolajonlar qarang mana bu rasmga. Rasmda ikkita qiz bolaning rasmi tasvirlangan. Bu ikki qiz qanday kiyingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |