b) "POWER CONSTRUCTION PLANET" mas`uliyati cheklangan jamiyatda boshqarish tizimining tashkiliy-vazifaviy tuzilmasi
Quyidaga 1-rasmda “POWER CONSTRUCTION PLANET” mas`uliyati cheklangan jamiyatning tashkiliy tuzilmasi keltirilgan.
Qurilish-montaj
bo`limi
1-rasm. “POWER CONSTRUCTION PLANET” mas`uliyati cheklangan jamiyatning tashkiliy tuzilmasi2
Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog`liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshoatlarni yaratilishi o`z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta`minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma`lum ishlardan tashkil topadi va o`zining pirovard natijasiga ega bo`ladi.
Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshoatlarni qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o`rganiladi, ularning aniq parametrlari va o`lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda, maxsus loyihalashtirish muassasalari tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan ob`ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo`lmasligi lozim. Shu bois ham yangi ob`ektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari O`zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo`mitasining joylardagi boshqarmalari va bo`limlari tomonidan ko`rib chiqiladi va ma`qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo`lib yangi quriladigan ob`ektning barcha texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. Qurish smetasida ob`ektni qurish bilan bog`liq barcha ishlarning hajmi, ularning belgilangan me`yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko`rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o`rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo`ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta`minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma`lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni bajarish bo`yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o`z aksini topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o`z zimmasiga qurish uchun kerakli bo`lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to`lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo`lmagan qismini) quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o`tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.
Ob`ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro`yxatida ko`rsatilgan ishlarni bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdan iborat bo`ladi. Qurilish ob`ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi.
Qurilgan ob`ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to`g`risida ma`lumotnoma – schyot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so`ng qurilgan ob`ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi.
Qurilish ishlari o`z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois birgalikda olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi.
Jihozlarni o`rnatish ishlari deganda jihozlar, uskunalar va boshqa konstruksiyalarni yig`ish, o`rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog`liq ishlar majmuasi tushuniladi. Chunonchi, bino va inshoatlarni qurishda bajariladigan jihozlarni o`rnatish ishlari tarkibiga ko`tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigiyena texnikasi qurilmalarini o`rnatish, yig`ish, o`tkazish, izolatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi.
Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko`ra buyurtmachilarning harakatdagi bino va inshoatlariga qo`shimcha ishlab chiqarish ob`ektlarini qurish, asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog`liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo`linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to`g`risida ma`lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so`ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko`ra buyurtmachilarning harakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ob`ektlarini dastlabki xolatini kengaytirmasdan qayta o`zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy maqsad bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida ko`tarish;
harakatdagi ishlab chiqarish ob`ektlari quvvatini oshirish;
ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat unumdorligini oshirish;
texnik bo`g`inlardagi disproporsiyalarni yo`qotish.
Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to`g`risida ma`lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so`ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi
Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko`ra buyurtmachilarga ularda foydalanishda bo`lgan yer maydonchalarining ko`rinishini yaxshilash, yer osti o`tkazmalarini qurish, transport vositalarini to`xtab turish joylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o`rash, yurish yo`lkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to`g`risida ma`lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so`ng obodonlashtirish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Ta`mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko`ra buyurtmachilarga asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan ob`ektlarni texnik-ishlab chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar bino va inshoatlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta`mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof muhit muhofazani yaxshilashga imkon beradi. Ta`mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnoma nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to`g`risida ma`lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so`ng ta`mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Shunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi juda ham turli-tumandir. Ularning asosiylariga3 quyidagilar kiradi:
qurilish titul ro`yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha ishlar, ular bilan bog`liq bo`lgan temir-beton metalllar, yog`och va boshqa qurilish konstruksiyalarini o`rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun kran osti yo`llari qurish va buzish ishlari;
gaz, suv, elektr energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash ta`minotiga doir ishlar;
neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari kabellarini yotqizish va o`tkazish ishlari;
ko`prik, yo`l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o`tqazish ishlari;
sanitariya-gigiyena texnikasi va jihozlarini o`rnatish ishlari;
bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini o`rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;
qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni kesish va olib tashlash, kovlash, yerni quritish va loyihada belgilangan ko`rinishga yetkazish ishlari;
shahar va qishloq joylari xududlarini ko`kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirishga doir qurilish ishlari;
suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o`rnatish ishlari;
eroziya, sel ko`chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish inshootlarini qurish, qirg`oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;
qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi boshqa geologik va gidrogeologik ishlar.
Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning xususiyatlariga ko`ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalash-tirilmaydigan turlarga bo`linadi. Masalan, mudofaa ob`ektlarini, ko`prik va tonnellarni, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda joylashgan ob`ektlarni loyihalashtirish, qurish va ta`mirlash ishlari litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan shug`ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus loyihalashtirishni talab qilmaydigan va litsenziya olish lozim bo`lmagan qurilish, qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, kapital va joriy ta`mirlash ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari shug`ullanishlari mumkin.
Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o`rtasida qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng tarqalgan. Chunonchi, davlat byudjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish ob`ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo`yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo`yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo`yilayotgan quyidagi talablarga mos kelishlari lozim:
ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo`lgan mehnat resurslari va mutaxassislarga ega bo`lishlari;
tanlovga qo`yilgan ob`ektga o`xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va ko`nikmalariga ega bo`lishlari;
shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va vakolatlarga, o`zaro ishonchga ega bo`lishlari;
tanlovga qo`yilgan ob`ekt qurilishini olib borish uchun markazlashtiriladigan mablag`lardan tashqari o`z mablag`lariga ega bo`lishlari;
byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo`lmasligi;
joriy majmuriyatlar bo`yicha to`lov qobiliyatiga ega bo`lishligi va boshqalar.
«Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro`yxatlariga muvofiq holda tuziladi.
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko`ra injiniring kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o`zlarining subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va subpudratchilar o`rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |