«Vatanparvar» debmiz o’z-o’zimizni, Dengizlar quribdi, chiribdi baliq, «Insonsan, boshingni ko’tar», demabdi, Ko’ngling qolganmidi bizlardan, xoliq? O’zing berganding-ku, poklik, halollik, Iymonu ishonchlar — butun, beillat, Qilolmas edi-ku shayton dallollik, Ilmu hikmatlarga yor edi millat. ... Ey gumbazigardun, qoldimmi g’ofil, Ishonch, e’tiqodlar chiqdi puchlarga?! Suyanib najotlar kutgandik, nahot, Bizga choh qazigan qora kuchlarga?! Kim bilsin, savob deb urinishlar ham, Zamona soziga o’yinmi bari. Deydilar: yaratgan eng ulug’ hakam, Hech qachon adashmas tarozulari. Qay biri vazminroq savobmi — gunoh, Yashadim-ku riyo, haromdan nari. Kuyganman. Bosh-oyoq kuyuk jismimning — Nimasin yoqardi do’zax o’tlari... Bu dunyoda ko’rgan azob, ko’z yoshlar Savob posangisin xiyol bosarmi? Gumrohlik pallasin to’ldirsa toshlar, Eng baland doriga meni osarmi? Yoshim ketib-ketib, torday tarangman, Kapalak sharpasi tegsa, uzilur Chiday-chiday yupqa tortgan parangman, Cho’yan bo’lsa ham dil — qulfi buzilur. Lekin yashayapman, otam va onam Chayir arqoqlardan to’qishgan chog’i. Aytilmagan alam, yozilmagan she’r, Olinmagan qasos — yurak titrog’im. Boshim — portlovchi dud to’ldirilgan xum, Portlashin kutardim soniya sari. Sabrlar to’kildi naq kaftdagi qum — Yuzim ruhlarida qonli izlari... Bilmayman, savobmi yo koni gunoh, Zinhor shakkoklikka yo’ymang tilagim. Jasadim daryoga tashlang, ruhim pok, Obi rahmatlarda sovusin tanim... ... Yallig’lanib yotar keksa xotiram Ichida shu dardlar, tig’li siniqlar... ... Holbuki, nur ichra dala-yu daram, Holbuki, bog’imda bulbul chah-chahlar... Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding! Kelar yo’llaringda pinhona toldim. Mening ota-onam, jon Vatanimda, Elim taqdirida abadiy qolding... Kelding-yey, Istiqlol, istiqbol bo’lib, Qalbimga nasiming bilan yo’l solding. Sen shu hur nazmga ixtiyor berib, Men og’ir bulutdek bir yog’ib oldim... Hurriyat, kelding-yey, al-omon kelding, Seni qalbim, ko’zim, so’zlarim quchar. Vaqt yetsa shu xalqda qolar daftarim, Vaqt yetsa, bu yoqda qolar dardlarim... Ruhim u yoqlarga qush bo’lib uchar... 1995__ ZULFIYA… O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyuldagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida"gi PF-2326-sonli Farmonida barkamol avlodini voyaga yetkazish, ular orasidan iqtidorli qizlarning adabiyot, san'at, ta'lim fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, keng ko`lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtiroklarini rag`batlantirish ko`zda tutilgan. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |