Nutq namunalari: Onam bilan bozorga bordik. Bozorda turli sabzavotlar, ho‘l va quruq mevalar ko‘p. Bizga bir kilogramm nok va ikki kilogramm olma bering (1 soat).
Qanday? qanaqa? Nima qildi? (qilyapti?) so‘roqlari (2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash:
mavzuga oid savollar, matnlar mazmunini tushunib, savollarga javob bera oladi, rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish:
mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
berilgan she’r, hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qiy oladi va yoddan ayta oladi;
matn yuzasidan savollarga javoblarni xatosiz yoza oladi;
berilgan tayanch so‘zlar asosida matnni to‘ldirib yoki davom ettirib, yoza oladi;
mavzu yoki rasm asosida 6-8 ta gapdan iborat bog‘lanishli matn yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |