Nutq namunalari: Bu bizning kitobimiz, sening daftaring, mana qora qalam, bu yangi kundalik; Bu kimning kundaligi? – Bu mening kundaligim. – Bu sening daftaringmi? – Yo‘q, bu mening daftarim emas.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlarni va kimning nimasi? qanday nima? so‘roqlarini tushunib, savollarga javob bera olish, rasmlar asosida suhbatlasha olish; mavzuga oid tayanch so‘zlar, savollarni tushunib, aniq javob bera olish.
Nazorat ishi: diktant. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
38-40-mavzu. Ranglar. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: oq, qora, qizil, sariq, yashil, ko‘k, kulrang, havorang, jigarrang kabi rang bildiruvchi so‘zlar (1 soat)
Esa so‘zi, qaysi rang? qanday rangda? so‘roqlari (2 soat).
Nutq namunalari: Bu qaysi rang? Bu yashil rang. Osmon qanday rangda? Bu gullar qanday rangda? Bu qizil gul, ana u esa sariq gul.
Do'stlaringiz bilan baham: |