28-30-mavzu. F, V harflari va tutuq (’) belgisi. (3 soat, A1+: 5 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Talaffuz qilish: Ff, Vv harflari va tutuq belgisi (’) qatnashgan so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olish.
O‘qish: F,V harflari ifodalagan tovushlarni va tutuq belgisi (’)ni farqlay olish. Bu harflar va tutuq belgisi ishtirokidagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy olish.
Yozish: Ff, Vv bosh va kichik, bosma va yozma harflarini to‘g‘ri yoza olish. O‘rganilgan harflardan so‘zlar va so‘z birikmalari tuzib, yoza olish.
Tutuq (’) belgisini to‘g‘ri yoza olish. Harflarning yozma shaklini husnixat talablari asosida yoza olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |