Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy va san’at asarlarini tushunib, undan ta’sirlana oladi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay oladi;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asray oladi.
A2+
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va.h.k.) bilib, unga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladi;
o‘zgalarning dunyoqarashi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qib, undan foydalana oladi;
A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza oladi;
inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lib, undan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |