4-6-mavzu. Ona yurt manzaralari. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: oltin kuz, kuz manzaralari, tabiat o‘zgarishlari, xazonrezgi vaqt, kuz ne’matlari, sahovatli fasl, mayin shabada, keng vodiylar kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’lning majhul nisbati (1 soat), uning qo‘llanishi va imlosi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, matnlar, she’rlar.
7-8-mavzu. Hosil bayrami. (2 soat, A2+: 3 soat)
Leksika: hosil bayrami, savdo rastalarida, mevalar va poliz ekinlari, narxlarda, mo‘l, arzon sotiladi, tashkil etiladi, sotiladi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’lning birgalik nisbati, uning yasalishi va qo‘llanishi (2 soat), -lar qo‘shimchasi bilan ma’nodoshligi (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, matnlar, maqollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |