Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini so‘z tarkibida ona tilidagi tovushlardan farqlagan holda o‘qiy olish, o‘rganilgan so‘zlar, so‘z birikmalarini to‘g‘ri ko‘chirib yozish, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 4-6 ta sodda yig‘iq gapdan iborat matnni ko‘chirib yoza olish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash:
A1
o‘zlashtirilgan mavzularga oid so‘zlar, berilgan savollarnining ma’nosini tushuna oladi;
tasdiq yoki inkor so‘zlardan foydalanib, mavzuga oid dialogik suhbatlarda qatnasha oladi.
savollarga javob bera oladi va o‘zlashtirilgan mavzular va rasmlar asosida suhbatlasha oladi.
A1+
audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan gaplar ma’nosini tushuna oladi;
savollarga javob bera oladi va o‘zi ham savol bilan murojaat qila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |