Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish;
xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
A2+
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
o‘zgalarning dunyoqarashi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
A2+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish;
inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |