36-38-mavzu. Amir Temur. (3 soat, A2+ 4 soat)
Leksika: Buyuk sohibqiron, dovyurak, mustahkam irodali, otda yurish, yaxshi ko‘rgan, o‘sdi, ulg‘aydi, yurtga bosh bo‘ldi, barpo etdi, ulkan binolar qurdirdi, himoya qildi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Fe’l mayllari. Buyruq-istak maylidagi fe’llar (1soat), ularning tuslanishi va qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Amir Temur hayoti bilan bog‘liq adabiy matnlar, rivoyatlar, she’rlar. Temur tuzuklari.
Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash. (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2 soat)
40-41-mavzu. Suv – hayot manbai. (2 soat, A2+: 3 soat)
Leksika: zilol suvlar, suv zarralari, muzdek, suv – hayot manbai, suvning ahamiyati kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Shart maylidagi fe’llar, ularning qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |