Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash: ( 1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A2+: 2soat)
24-26-mavzu. Ertaklar olamida. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: ertaklar, o‘zbek xalq ertaklari, bir bor ekan, bir yo‘q ekan, juda qadim zamonda, mard va jasur, bahodir, pahlavon, yaxshilik, yomonlik, to‘g‘rilik, dovyurak, qo‘rqmas, saxiy, xasis, mehnatkash kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Jo‘nalish kelishigi bilan qo‘llanadigan ot ko‘makchilar (2 soat).
Muomala odobi: Kechirim so‘rash.
Adabiy o‘qish: mavzuga oid suhbatlar, ertaklar. Yaxshilik va yomonlik haqidagi maqollar.
27-29-mavzu. Sport. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: sport turlari, jismoniy tarbiya, chiniqish, muntazam shug‘ullanish, baquvvat, sog‘lom bo‘lish, sport musobaqalari, sport zali, yugurish maydoni, bolalar sporti kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |