O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
o‘qib-o‘rganganlari asosida, kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda o‘zini o‘zi bilimini oshirib boradi.
A2+
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalari asosida hayot davomidagi tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘ladi.
A2+
kundalik turmush mahsulotlaridan foydalanishda fuqarolik burchini bilib oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |