O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A2
inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yib, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi.
A2+
zaruriy holatlarda kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqidagi yozma ishlarni tushuna oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topib, ularni saralay oladi va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qiladi.
A2+
axborot almashish imkoniyatidan to‘g‘ri foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |