Nazorat ishi: (1 soat, A1+:1 soat)
31-mavzu: Eritmalar va ularning konsentratsiyasi haqida tushuncha. (1 soat, A1+: 2 soat)
Eritma holati - suyuq, qattiq, gazsimon. Erituvchi, erigan modda. Eritma, eritmaning konsentratsiyasi, uning xossalari.
32-mavzu: Eritmada erigan modda massa ulushi, foiz konsentratsiya, molyar konsentratsiya. Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati. (1 soat, A1+: 2 soat)
Amaliy mashg‘ulot. (1 soat, A1+:1 soat)
1.Eritmalar tayyorlash.
V BOB. ANORGANIK MODDALARNING ENG MUHIM SINFLARI
(21 soat, A1+: 32 soat)
33-mavzu: Moddalarni toifalanishi. Murakkab moddalarning toifalanishi. (1 soat, A1+:1 soat)
Metallar va metalmaslar. Ularning ba’zi xossalari.
Anorganik moddalarning tarkibiga ko‘ra bo‘linishi, metallar, metallmaslar. Murakkab moddalarni toifalanishi.
34-mavzu: Oksidlar. Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. (1 soat,A1+: 2 soat)
Oksidlarning tarkibi, binar birikmalar, umumiy formulasi, nomlanishi, emperik va grafik formulasi.
35-mavzu: Oksidlarning toifalanishi. (1 soat, A1+:1 soat)
Asosli, kislotali, amfoter va befarq oksidlar, ularning ba’zi xossalari.
Laboratoriya ishi. Oksidlarning namunalari bilan tanishish.
36-mavzu: Oksidlarning olinishi va xossalari. (1 soat, A1+: 2 soat)
Moddalarning kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashuvi - yonishi natijasidan hamda murakkab moddalarning parchalanishidan oksidlarning olinishi.
Laboratoriya tajribasi. Suvning oksidlar bilan o‘zaro ta’siri, hosil bo‘lgan eritmalarda indikatorlar rangini o‘zgarishi.
37-mavzu: Eng muhim oksidlarning ishlatilishi. (1 soat, A1+: 2 soat)
Karbonat angidrid, qum - kremniy oksid, kalsiy oksid, oltingugurt oksidlari, azot oksidlarining ishlatilish sohalari.
38-mavzu: Asoslar. Asoslarning tarkibi, tuzilishi, nomlanishi. (1 soat, A1+: 2 soat)
Asoslarning tarkibi. Umumiy formulasi, nomlanishi, gidroksiguruh. Ishqorlar, suvda erimaydigan asoslar, amfoter – ham kislotali, ham asos xossasiga ega asoslar.
39-mavzu: Asoslarning toifalanishi. (1 soat, A1+:1 soat)
Suvda erimaydigan asoslar, amfoter – ham kislotali, ham asos xossasiga ega asoslar.
40-mavzu: Asoslarning olinishi va xossalari. (1 soat, A1+: 2 soat)
Suvda erimaydigan asoslarning olinishi, suvda eriydigan asoslarning olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Ishqor eritmalarini indikatorlarga ta’siri.
Laboratoriya tajribalari. Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o‘zaro ta’siri, mis (II)-gidroksidning qizdirilganda parchalanishi.
41-mavzu: Eng muhim asoslarning ishlatilishi. (1 soat, A1+:1 soat)
O‘yuvchi natriy, o‘yuvchi kaliy, so‘ndirilgan ohak, ohakli suv. Ularning ishlatilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |