77-расм. Қайр ерларни сув босишдан сақлаш учун дарё ёкасига кўтарма марзалар
(иҳота дамбалар) қуриш
.
Ihota dambalari qurish va ulardan foydalanish.
Qishloq xo’jalik yerlarini toshqin suvlar bosishdan himoya qilish maqsadida daryo
yoqalab ihota dambalar quriladi. Masalan, Janubiy Хorazm va Qoraqalpog’iston
Respubliqasidagi madaniy yerlarni himoya qilish uchun Amudaryo yoqalariga 800 km
uzundikda ihota dambasi qurilgan. Sirdaryoning etak qismi ham ihotalangan. Chet
ellarda – Italiya, Niderlandiya, FRG, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham damba
ko’tarib ihotalash ususi keng rivojlangan. Odatda faqat yirik daryolargina emas, balki
ularning himoya qilinayotgan territoriyadan o’tuvchi irmoqlari ham ihotalanadi. Daryo
o’zanini to’g’irlash, tozalash va chuqurlashtirish tadbirlari vositasida suv oqimini
rostlash, yo’naltirish mumkin bo’lmagan hollarda ihota dambalari quriladi.
Damba ko’tarib ihotalashning bir qator kamchiliqlari bor. Damba ko’tarilgan
uchastka tarkibilda tabiiy o’g’itlar (kaliy, kalsiy, fosfor, azot) saqlovchi serunum daryo
oqizindilaridan mahrum bo’ladi. Ihotalangan uchastka cho’ka boshlaydi, damba esa
loyqa o’tirishi natijasida kengaya boradi va vaqti kelib sohildan suvni daryoga tushirib
yuborish qiyinlashib qoladi. Uni mashinalar yordamida tortib chiqarishga to’g’ri keladi.
Bir uchastkani ihotalash boshqa uchastkalarda daryo rejimini o’zgartiradi, garchi hozirgi
sharoitda yer qazish ishlari batamom mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsa – da, umuman
damba ko’tarish qimmatga tushadi. Shuning uchun A.N.Kostyakov sohil maydonining
eni 10 km dan ortiq bo’lgan taqdirdagina ihotalash iqtisodiy jihatdan foydali,
maydonning eni 2 km dan kam bo’lganda esa u iqtisodiy jihatdan foydali emas deb
hisoblaydi.
Baland dambalar qurish ayniqsa qimmatga tushadi. Shuning uchun damba
ko’tarishda daryo o’zani va oqimi kompleqs ravishda rostlanishi maqsadga muvofiqdir.
Bahorda sohillarga unumli loyqa oqizib keladigan va unda donador tuproq hosil
bo’lishiga yordam beradigan toshqin suvlarining kelib turishiga imkon beruvchi
dambalar qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday holda sohilda joylashgan
barcha qishloqlarning atrofiga baland dambalar qurilishi va mazkur dambalarda ortiqcha
suvlar tushirib yuboriladigan shlyuzlar qilinishi lozim.
Suv bosadigan sohillar toshqin suvning yoyilishiga qarab uch gruppaga bo’linadi:
(2 km dan oshmaydigan), keng, o’rtacha kenglikdagi (3 – 10 km). Suv bosish eni 2 km
dan kam bo’lganda daryoni to’g’irlash unda damba qurishga nisbatan foydaliroqdir
(arzonga tushadi), chunki xo’jalik oborotiga kiritilgan torgina yer maydoni ihotalash
uchun sarflangan chiqimlarni oqlamaydi. Ba’zan daryoni to’g’irlash o’rniga uning bir
qism suvini aylanma kanal o’zaniga oqizib yuborish foydaliroq bo’lishi mumkin. Bu
masala uch variantni – damba ko’tarish, to’g’irlash, yangi o’zan kovlashni texnika –
iqtisodiy jihatdan taqqoslab hal qilinishi kerak.
Keng sohilli yoyilma suv sarfi ancha katta bo’lgan va sohilga mayda zarrali
loyqalar kirib kelishiga imkon beradigan dambalar qurilgan taqdirda ihotalanishi
maqsadga muvofiqdir.
O’rtacha kenglikdagi suv bosadigan vodiyda daryoni to’g’irlash va ihotalash
usullarining ikkalasidan ham foydalanish foydalidir. Daryoning eng past joylari
ihotalanadi, burilmalari esa to’g’irlanadi. Bunday kombinatsiyalashtirilgan variantda
dambalarning umumiy uzunligi va balandligi qisqaradi, qurilish ishlari arzonroqqa
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |