Kontrol savollar
1.
Sug’oriladigan yerlardagi zovurni klassifikatsiyalash to’g’risida so’zlab bering.
2.
Тurli materiallardan (sopol, asbotsement, plastmassa quvurlardan) qurilgan zovurni
ta’riflang. Ularning afzalligi va kamchiligi nimada?
3.
Usti osiq va yopiq zovurlarning afzalliqlari va kamchiliqlari xaqida gapirib bering.
4.
Gorizontal (ochiq va yopiq) zovur qurilishi qanday texnologik protsesslardan
iborat?Zovurlar qurishda qanday mexanizmlardan foydalaniladi?
5.
Muvaqqat zovur va undan foydalanish shartlarini ta’riflab bering.
6.
Kuchaytirlgan zovur mohiyati nimada? Undan foydalanishning qanday shartlari bor?
7.
Vakuumli zovur nima?
Uning konstruksiyasi, samaradorligi va ishlatilish shartlari
haqida gapirib bering.
8.
Pastliklar balchiqlanishining oldini olish uchun qanday tadbirlar ko’riladi? Bunday
yerda mashinalar yordamida suv ko’tarish yo’li bilan zax qochirish sxemasining
varianti qanday tanlanadi?
9.
Biologik zovur, uning afzallik va kamchiliqlari haqida gapirib bering.
IV BOB. SUG’ORILADIGAN YERLARDAGI ROSТLOVCHI ZAХ QOChIRISh
ТARMOQLARI, GORIZONТAL ZOVURLAR KONSТRUKSIYASI VA
RASChYoТI HISOBI
Zax qochirishdagi rostlash tarmog’ining vazifasi va uning ishlash sxemasi.
Zax qochirish tarmoqlari zaxi qochiriladigan maydonning suv – tuz va havo rejimini
xujalikda foydalanish uchun kerakli me’yorlarda rostlab turadi. Zax qochirish tarmog’i
ortiqcha sizot suvlarini va yer usti suvlarini roslashga qaratilgan bo’lishi kerak va u
tuzlarni zovur suvi bilan butunlay (qayta sho’rlanmaydigan qilib)
chiqarib yuborishni
sinxron ravishda ta’minlaydi.
Botqoqlangan yerlarda barpo qioingan zax qochirishning rostlash tarmoqlari
tuproqdagi ortiqcha namlikni ajratib olib, suv oqimlari holiga keltiradi va ayni vaqtda
tuproqning namlik rejimini kerakli darajada saqlab qoladi. Rostlash tarmog’iga yig’ilib
kelgan suv ketqazish tarmog’iga va undan qabul qilgichga yo’naladi.
Zax qochirish
sistemasi uchun daryolar, katlovan va jarliklar qabul qilgich xizmatini o’taydi.
Rostlovchi zax qochirishdagi rostlash tarmoqlarining ishlashi natijasida tuproqdagi
ortiqcha suv chiqarib yuboriladi,
aeratsiya yaxshilanadi, kerakli ozuqa va issiqlik
rejimlari vujudga keladi, gazlar almashinuvi quchayadi va tuproqning fizikaviy
xossalari yaxshilanadi.
Zax qochirish tarmoqlari ortiqcha yer usti
suvlarini oqizib yuborishga, shuningdek,
ortiqcha sizot suvlarini oqizib ketkazishga mo’ljallab loyixalashtirilishi mumkin.
Rostlovchi zax qochirish tarmoqlarining xarakteri va tarkibi botqoqlanishining sabablari
va sharoitlariga, shu yerlardan qanday xo’jalik maqsadlari
uchun foydalanilishi va
gidrogeologik sharoitlarga bog’liq.
Sho’rlanish va botqoqlanish asosan sizot suv sathining ko’tarilishi natijasida sodir
bo’ladi. Sug’oriladigan yerlarda rostlovchi qochirish tarmoqlari turli xil zovurlardan
tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: