Зовурлаштирилган территориянининг сув – туз баланси



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/91
Sana01.03.2023
Hajmi9,77 Mb.
#915374
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
bQRQb0ycafFo826gLdD1hUHQ0UQTKWedemhaizKH

 
Asbotsement quvurlar
sopol va beton quvurlarga nisbatan bir qancha
afzalliqlarga ega. Ular har xil tuzlar ta’siriga yaxshi chidaydi, devorlari unchalik g’adir 
– budur bo’lmaydi. Ularning bo’yi ancha uzun (70 – 80 sm, kelajakda 3 - 4 m va undan
ham ortiq) bo’lganligi tufayli ayrim zvenolarning ishdan chiqib qolishi xavfi bartaraf
qilinadi (bunday xavf butun zovur liniyalari ishini buzishi mumkin). Asbotsement quvur
zvenolari bir – biriga rastrub (keng og’zi) yoki xalqa (mufta) lar yordamida ulanadi. 
Bunday quvurlarning ichiga sizot suvlar oraliq choklar orqali kiradi va ulardagi
diametri 5 – 6 mm bo’lgan yumaloq teshiklar yoki eni 2 – 3 mm keladigan tor
tirqishlar (yoriqlar) orqali quvurning pastki qismiga o’tadi. Asbotsement quvurlar faqat
fondga ajratiladigan materialdan tayyorlanadi, shuning uchun ham ular sopol va beton
quvurlardan ko’ra qimmatga tushadi. 
 
Plastmassa quvur – zovurlar
zovur qurilishi narxini 5 – 6 barobar arzonlashtirish,
mehnat unumini 20 barobar arzonlashtirish imkonini beradi. Polimer materialdan
viniplast shu maqsad uchun ayniqsa yaroqli bo’lib chiqdi. U mexanik jixatdan
yetarlicha mustaxkam, ximiyaviy jixatdan chidamli bo’lib, ancha arzon turadi.
Zavodlarda viniplastdan uzunligi 6 m gacha, diametri turlicha bo’lgan zovur – quvurlar
tayyorlanmoqda. Chuqur gorizontal zovur qurishda termoplastlardan (polietilen va qattiq
polivinixloriddan) tayyorlangan quvurlar kelajakda ko’proq ishlatiladi. Bunday quvurlar
korroziyaga chidamli va mustaxkamdir. Ular 50 – 100 yil chidaydi. Хozirgi vaqtda
diametri 300 mm gacha bo’lgan ana shunday quvurlar ishlab chiqarilmoqda. Etilen va
viniplast materiallar sortamentining kamligi va qimmatligi suv xo’jaligi qurilishida shu
xil quvurlarni joriy qilishga to’sqinlik qilmoqda. 
 
Plastorastvordan tayyorlangan g’ovak – quvur zovurlar. 
Sopol va asbotsement
quvurlarni tayyorlash sermehnat va murakkab protsess bo’lganligi sababli ular ishlab
chiqarish talablariga javob bermaydi. Bunda y quvurlardan qurilgan drenajga shag’al – 
qum aralash filtr joylashtirilishi zarur, shu tufayli bu xil drenajning qiymati ortib
ketadi. Filtr – qoplama ko’pincha quvurlarning o’zidan ikki – uch barobar qimmatga
tushadi. 
 
Agar bevosita transheyaning tagiga bir – biriga yopishtirilgan g’ovak quvurlar
yotqizilsa, filtr ishlatilmasa ham bo’ladi. Bu xil quvurlarning ichiga suv sopol drenaj
quvurlaridagi kabi ularning choklari orqali emas, balki devorlaridagi teshiklari orqali
kiradi. Biroq issiq iqlimli sharoitda qum – bitumdan tayyorlangan gidrofob quvur – 
filtrlardan foydalanib bo’lmaydi; yozgi kuchli temperaturalar ta’sirida ular yumshalib
ketadi. Ular unchalik mustaxkam emas (15 – 20 qgq/sm
2
). Ichki diametri 15 – 20 sm
bo’lgan quvurlar ustidan bostirilgan tuproqning bosimiga bardosh bera olmaydi. 
V.D.Jurin nomidagi O’rta Osiyo Irrigatsiya ilmiy tekshirish Institutida
(B.I.Minkevich, I.U.Usmonov yangi polimer material yaxshi filtrlash va mustaxkamlik
xossasiga ega bo’lgan plastorastvor ishlab chiqildi. Buning uchun bog’lovchi materialni
(50 % difenil smola chiqindisi va 50 % SFA monomeri chiqindisi) keramzit qum 
(to’ldiruvchi material vaznining 25 – 30 % miqdorida) bilan aralashtiriladi. G’ovak 


plastorastvor quvur – zovurlar (yopiq zovurlar) sopol quvur – zovurlarga nisbatan 25 – 
30 % arzonga tushadi. 
Zovur qurish praktikasida shisha quvurlardan ham foydalaniladi. Ular yomon
sharoitga chidamli va yetarli darajada mustaxkam bo’ladi. Shisha quvur – zovurlarning
zavod qiymati sopol quvurlarnikidan 35 % arzon, vazni esa to’rt barobar yengil. Shisha
qo’vurlar ham sopol quvurlar singari kalta (0,5 m gacha) zvenolar shaklida uchma – 
uch qilib, bir – biriga ulanmagan holda uchlari orasida tirqish qoldirilib yotqiziladi. 
Rossiya, Belorussiya, Boltiq bo’yidagi torfli tuproqlarda taxta, xoda va shoxcha
zovurlar quriladi. 
Тaxta quvur – zovurlar qalinligi 1 – 2 sm va eni 7 – 15 sm taxtalardan yasaladi.
Bunda quvurlarning ko’ndalang kesimini zovur bo’ylab boshdan ohiriga qadar
to’rtburchak shaklida bo’ladi. Тaxtalar quvur uzunligi bo’ylab bog’lab tutashtiriladi (8 - 
rasm). 
Quvurlar transheya tubiga yotqizilib, ustiga chim bostiriladi, uning ustiga tuproq
to’kib ko’miladi. Quvurlarda uzunasi bo’ylab choklar qoldiriladi, ustki taxta bilan yon
devorlar orasida esa tirqishlar tashlab ketiladi (quvur bo’ylab har 0,5 m oraliqqa
qistirma qo’yiladi). Ana shu tirqishlar orqali suv quvur ichiga oqib kiradi. 
Хoda – zovurlar. Qirqilgan daraxtlarning ingichka (6 - 8 sm) va uzun poyalari
shox – shabbalardan tozalanib, transheya tubiga bir yoki ikki qator qilib yotqiziladi. 
Har bir metr oraliqqa ko’ndalang chaspak qo’yiladi. Eng ustki poyalar to’shamasi
ustini filtr qatlam bilan yopiladi. Хoda – zovurlarning nishabi 0,003 – 0,008 bo’ladi.
Bunday zovurlar 20 yilga chidaydi (9 - rasm). 
8-расм 


Shoxcha – zovur. Yangi qirqilgan tol, zirq, qalin shoxlari bog’ – bog’ bog’lanib,
transheyalar tubiga yotqiziladi (10 - rasm).
Shoxcha (fashin) – zovurning og’ziga qvadrat kesimli 1,5 – 2 m uzunlikdagi
yog’och quvur o’rnatiladi. Shoxcha ana shu quvur ichiga joylashtiriladi. Shoxcha – 
zovurlar arzonga tushadi, tuproqning cho’kishi ularga ta’sir etmaydi. Biroq bunday
zovurlarning muhim kamchiliklari ham bor: ular loyqaga tez to’ladi, suv o’tkazish
qobiliyati kam bo’ladi. Ularning nishabi 0,005 dan kichik bo’lmasligi kerak; 
minerallashgan tuproqli yerlarda shoxcha 12 – 15 yildan ortiqqa chidamaydi, torfli
tuproqlarda 15 – 20 yil xizmat qiladi. Ular davriy qurib – xo’llanib tursa ancha tez 5 – 
6 yildayoq chirib ketadi.

Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish