Suv qabul qilgichlar qoniqarsiz ahvolda bo’lishining sabablari va ularni
bartaraf qilish.
Suv qabul qilgichlar qoniqarsiz ahvolda bo’lishining asosiy sabablaridan biri
sohillarni suv bosishi va qirg
,
oqlarni toshqin suvlar yuvib ketishi, daryo o’zanining egri
– bugriligi natijasida nishabining va oqim tezliklarining kamayishidir. O’zanni o’t
bosishi va unda mayda hamda yirik oqizindilar (loyqa, qum, tosh) o’tirib qolishi suv
qabul qilgichning g
,
adir – budirlik koeffitsiyentini oshiradi va uning ko’ndalang kesimini
kamaytiradi. O’zan ko’ndalang kesimlarining noto’g
,
ri shaklda bo’lishi, keng joylarning
birdaniga torayib va chuqur joylarning birdaniga sayozlanib qolishi qabul qilgichda
suvning notekis harakatlanishini keltirib chiqaradi.Suv qabul qilgichda gidrotexnika
inshoatlari qurilishi natijasida vujudga kelgan suv dimlanishi ham qabul qilgichning
holatini yomonlashtiradi.
Suv qabul qilgichlarning ahvolini yaxshilash asosan uning o’zanining suv
o’tkazish qobiliyatini oshirishdan iboratdir. Bunga erishish uchun o’zanni to’girlab daryo
nishabini oshirish; o’zanni begona o’simliklar va oqindilardan tozalab, o’zanni prizma
shakliga keltirish; sun’iy inshoat gabaritlarining kichikligi (ko’prik ravoqlarining, tirak
devorlari oralig
,
ining va hokazolarning kichikligi) tufayli vujudga kelgan dimlanishni
bartaraf qilish; atrofni yopiq qo’llar, xovuzlar va boshqa suv havzalaridagi suv sathini
kerakli miqdorda pasaytirish (ulardan suv oqib ketishini ta’minlash yoki vertikal zax
qochirish usulidan foydalanish yo’li bilan) kerak. Oqim tartibga solinsa, daryo
irmoqlarida va uning yuqori tomonida suv omborlari daryodagi suv sathi pasayadi.
Тoshqin suvlari o’zaniga sig
,
may qolgan paytlarda maxsus yon bag
,
ir kanallari quriladi
va shu yo’l bilan tabiiy suv qabul qilgich (daryo)ning suvi ma’lum uchastkada
kamaytiriladi.
Qabul qilgichdagi suv sathini pasaytirish va uning suv o’tkazish qobiliyatini
oshirishning eng oddiy tadbiri o’zanning g
,
adir – budirlik koeffitsiyentini kamaytirish –
daryo yoki irmoqlarni o’t bostirishga qarshi kurash hisoblanadi. Kanallar o’tlardan
odatda o’tlar pishib yetilishi va urug
,
boylashidan oldinroq, suv pasaygan vaqtlarda
yiliga ikki marta tozalanadi. Keyingi vaqtlarda suv qabul qilgichlarni o’t bosishiga
qarshi kurashda gerbitsidlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Gerbitsidlar bilan
dorilangandan keyin buta va o’simliklar qirilib ketadi va bir necha yilgacha qayta
paydo bo’lmaydi. O’rib va qirqib olingan o’simliklar esa bir – ikki yildan keyin
qaytadan o’sib chiqadi. Suv qabul qilgich o’zanlarini o’t – o’lan bosib ketmasligining
eng ma’qul usuli o’zanda suvning oqish tezligini oshirish (0,5 m/sek dan oshirish)
hisoblanadi.
A.A. Cherkasovning ma’lumotlariga ko’ra, o’zanidagi o’simliqlar yo’qotilgandan
keyin g
,
adir – budirlik koeffitsiyenti 0,040 dan 0,025 – 0,030 gacha pasayadi. Daryoning
suv o’tkazish qobiliyati taxminan 30 % ortishi yoki o’zandagi suv sathi shunga mos
ravishda pasayishi mumkin. Daryoga yiqilib tushgan daraxt qoldiqlari va kemalarga
o’rnatilgan chig
,
ir yordamida chiqarib tashlanadi. Qum to’plangan sayoz joylar
zemlesoslar yordamida chiqarib tashlanadi.
O’zanning ko’ndalang kesimini kattalashtirish bilan birga uni prizma shakliga
keltirish tadbiri suv qabul qilgichni rostlashning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, o’zanni kengaytiriga ko’ra unichuqurlashtirish
afzalroq, chunki u chuqurlashtirilgan undagi suv sathi ham pasayadi.
Prizma shaklida bo’lmagan keng o’zanlar oqim yo’naltirish dambalari yoki
bunalar qurish yo’li bilan rostlanadi. Oqim yo’naltirish dambalar (73 - rasm) keng o’zan
o’rtasida yoki qirg
,
oq yaqinida yangi o’zan vujudga keltiradi.
Kichik daryolardagi yo’naltirish dambalari ikkita paralel cheton devordan iborat
bo’ladi. Ularning oralig
,
i 1 m, balandligi esa daryodagi suv sathining suv kamaygan
davrdagi balandligidan 0,4 – 0,5 m yuqori bo’ladi. Chetanlarning qoziqlarini 1 m
chuqurlikda qoqib kirgiziladi. Chetanlar o’rtasida hosil bo’ladigan oraliq tosh yoki chim
bilan to’ldiriladi. Dambalar bo’ylab kamida 100 m masofada eni 2 m keladigan oraliqlar
qoldiriladi. Yo’naltirish dambalarining bir uchi ko’pincha qirg
,
oq bilan, ikkinchi uchi
esa o’z uzunligining ⅓ qismicha narida joylashgan ikkinchi dambaga travers yordamida
tutashib turadi. Тraverslar oralig
,
i suvdagi muallaq oqizindilar bilan asta – sekin to’la
boradi. 1931 yilda Isfara daryosida, Тojikistonning Konibodom rayonidagi Rovot
qishlog
,
i yaqinida ana shunday damba qurilgan edi.
Haddan tashqari kengayib ketgan o’zanni toraytirish va uni prizma shakliga
keltirish uchun o’zan tagida toshqin suvlar ko’mib ketadigan chetanli, fashinali yoki
toshli bunalar quriladi (74 - rasm).
Bunalarning eni 1 m chamasida, balandligi daryo suvining odatdagi
chuqurligidan 0,25 m baland bo’ladi. Ular suv oqimining o’qi bilan bunalar o’rtasida 95
- 105˚ burchak hosil bo’ladigan qilib o’rnatiladi. Bunaning boshi farvaterda diametri 2 m
keladigan silindrga o’xshash bo’ladi. Bunaning ikkinchi boshi qirg
,
oqqa tutashtirib
yuboriladi. Bunalar o’rtasida buna uzunligining 1 – 1,5 ga ko’paytmasiga teng masofa
a
qoldiriladi. Bunalar o’rtasiga kirgan suv harakat bilan sekin oqadi va muallaq hamda
tub oqizindilarning cho’kishiga imkon tug
,
diradi.
Suv qabul qilgich xizmatini o’tovchi daryolar va yirik kanallarning egri –
bugriliklarini to’g
,
irlash muhim ahamiyatga ega. Agar daryoninng burilish joylari ko’p
bo’lsa, uning nishabi kamayib ketadi, chunki daryoning uzunligi oshadi, A va D
nuqtalarining balandlik holati esa o’zanning serburilishligiga bog
,
liq emas. Burilish
joylarining to’g
,
irlanishi natijasida daryoning uzunligi qisqaradi, binobarin uning shu
uchastkadagi nishabi oshadi.
Ba’zan daryo o’zani bir uchastkaning to’g
,
irlanishi uning boshqa uchastkaga
noqulay ta’sir ko’rsatishi, ya’ni katta masofada rejimini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Shuning uchun o’zanni to’g
,
irlash usuli odatda oqim tezligi 0,3 – 0,4 m/sek dan
oshmaydigan va suvninng sathi uzoq vaqt baland bo’lib turganligi sababli zaxi
qochirilayotgan territoriyadan oqib keluvchi tashlama va zovur – suvlarini qabul qilib
olishga imkon bermayotgan botqoqlangan mayda daryolardagina qo’llaniladi.
Yo’naltirish ariqlari odatda ortiqcha namlangan sohil doirasi ichida olinadi, asosiy
qirgoqqa tegilmaydi va oqimning dinamik o’qi daryo o’zanidagi oqimning o’qi bilan
birlashtiriladi (75 – rasm ).
Ayrim burilish joylarini to’g
,
irlovchi kalta qisqa ariqlar
)
(
Do'stlaringiz bilan baham: |