Moniy ta’limoti zardushtiylikning yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida dunyo — ziyo (yorug‘lik) va zulmat (qorong‘ulik)ning aabadiy kurash maydonidan iborat, mana shu kurash maydonida insonning asosiy vazifasi yovuzlikni yo‘q qilish uchun yaxshilik, ezgulikka ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy-axloqiy ta’limot ilgari suriladi. SHUNDAY QILIB YANA BIR QANCHA TA’LIMOTLAR YUZAGA KELDI VA ULARNING HAMMASI AVESTOGA O`XSHAB INSON SOFLIGI VA YAXSHI AMAL HAQIDA G`OYASINI ILGARI SURGAN EDI.
Do'stlaringiz bilan baham: |