"Avesto" matnlarini o`qish imkoniyatiga egamiz. Uning ayrim qisimlarini frantsuz olimi A.Dyuperron tarjima qilishga muvaffaq bo`lgan. Tadqiqotchi olim Meri Boys ko`p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylik jamoalari hayoti va urf-odatlarini o`rgangandi. Bu haqida u o`zining "Zardushtiylar. E`tiqodlari va urf-odatlari" kitobida hikoya qilgan. Zardusht 40 yoshida yangi diniy ta`limot payg`ambari bo`ldi. "Payg`mbar" so`zi "savobli ishlar xabarchisi" ma`nosidir. Zardushtning g`oyalari, matnlari miloddan avvalgi IV asrda to`planib, 21 kitob qilingan. Ular "Avesto"ning asosini tashkil etgan. Matnlarga yozilgan tafsirlar "Zand" deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |